II.Bob. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim




Download 9.99 Mb.
bet5/19
Sana24.07.2021
Hajmi9.99 Mb.
#16033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

II.Bob. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim

etilayotgan “Elektron hukumat” xizmatlari va resurslariturlari, imkoniyatlari va afzalliklari

O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali – gov.uz


O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali www.gov.uzO‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Internet tarmog‘idagi rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining tashkil etilishi va qo‘llab-quvvatlanishi, O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari, kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari rejasiga muvofiq amalga oshirilamoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali davlat hokimiyati organlari faoliyatining funksional jarayon va tartibini qo‘llab-quvvatlovchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining elektron hamjihatlik infratuzilmasining tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining asosiy maqsadi:



  • Fuqarolar va xo‘jalik sub’ektlariga hokimiyat va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot resurslari va xizmatlarining hajmini oshirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot tizimini yaratish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali maqsadli auditoriyasini zarur muassasalar bilan o‘zaro aloqa qilish jarayonlari va imkoniyatlari to‘g‘risida, fuqarolarning majburiyatlari va huquqlarining kelib chiqishi to‘g‘risida, davlat hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotlardan to‘liq, tezkor va foydalanishda qulayligi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruvining rasmiy pozitsiyasini aks ettiruvchi keng ko‘lamdagi axborotlar bilan ta’minlash;

  • Cheklangan xizmatlanishga mo‘ljallangan axborotga kiritilgan ma’lumotlardan tashqari, tegishli axborot resurslarini joylashtirish va tashkil etish yo‘li bilan fuqaro va tashkilotlarni davlat ijro hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi rasmiy axborotga kirishini ta’minlash;

  • Davlatlararo axborotlar almashinuvining intensifikatsiyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini oshirish va milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaratish.

O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining asosiy funksiyalari:



  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot hamjihatligini ta’minlash;

  • ma’lumotlarni belgilangan formatdagi taqdimida davlat muassasalari o‘rtasida «hukumat» darajasida axborotlarni gorizontal almashinuvi;

  • ma’lumotlarning markazlashtirilgan bazasiga kirish asosida yagona axborot resurslaridan birgalikda foydalanish;

  • iqtisodiy, huquqiy, statistik, elektoral axborotlar bilan vertikal axbrot almashinuvi;

  • davlat-jamiyat hamjihatligini ta’minlash;

  • davlat-fuqaro;

  • davlat-iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari;

  • davlat-jamoat institutlari (siyosiy, diniy, milliy, madaniy, notijorat va hkz. tashkilotlar va birlashmalar);

  • tashqi auditoriyaga mo‘ljallangan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ko‘psonli axborot resurslariga, idoralarning «yoyilgan» serveriga kirishning yagona nuqtasini yaratish;

  • davlat institutlarining faoliyati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish;

  • huquqiy axborotga kirishni ta’minlash (respublika, mintaqaviy qonunchilik, vazirlik va idoralarning me’yoriy aktlari);

  • davlatda «Global axborotlashgan jamiyat»ga mos munosabatlarni bunyod etish va shakllantirishga ko‘maklashish;

  • davlat institutlarining ishlash samaradorligini oshirish;

  • idoraviy va byurokratik to‘siqlarni engib o‘tishga ko‘maklashish;

  • davlat xizmatining obro‘si va nufuzini shirish.






Download 9.99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 9.99 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.Bob. Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim

Download 9.99 Mb.