|
Elektron jadvallardan maqsadli foydalanish
|
bet | 1/9 | Sana | 04.06.2024 | Hajmi | 0,91 Mb. | | #259992 |
Bog'liq Yuldoshev Hasan
7-sinfda “Elektron jadvallardan maqsadli foydalanish” mavzusini o‘qitish uchun elektron o‘quv va didaktik materiallar yaratishni modellashtirish metodikasi
Reja:
Kirish
Excel elektron jadvali haqida umumiy ma‘lumotlar
Excel dasturini yuklash va unda ishni tugatish
Excel dasturida formula va funktsiyalar bilan ishlash.
Arifmetik ifodalarni Excel elektron jadvalida matematik funksiyalaridan foydalanib hisoblash.
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv kurslarini o’tkazish vositalari ishlab chiqilmoqda. Kadrlar tayyorlashning deyarli barcha yo’nalishlari va barcha o’quv fanlari bo’yicha elektron darsliklar va o’quv qo’llanmalar yaratilmoqda. Biroq, kompyuter o’quv materiallari sanoati faol rivojlanmoqda va tobora ko’proq rivojlanish va joriy etish yo’nalishlarini oladi. Shu munosabat bilan zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga mos keladigan elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish vazifasi tobora dolzarb bo’lib bormoqda. Elektron ta’lim resurslaridan foydalangan holda, ayniqsa, internet texnologiyalariga asoslangan o’quv kurslarini yaratish va tashkil etish murakkab uslubiy vazifa bo’lib qolmoqda.
Maqolada maktab informatika kursining "Axborot texnologiyalari" mazmunini o’rganishda, xususan, elektron jadvallarni o’rganishda foydalanish uchun elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish bilan bog’liq masalalar muhokama qilinadi. Elektron jadvallarda ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasini o’zlashtirish uchun "Axborot texnologiyalari" o’quv yo’nalishiga mos keladigan vazifalarni taqdim etish nuqtai nazaridan maktab kursi va yagona davlat imtihonining mazmuni tahlili ham amalga oshirildi. va diagrammalar va grafiklar yordamida ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish usullari.
Kalit so’zlar: axborot texnologiyalari, elektron jadvallar, elektron ta’lim resurslari
Kupchilik hollarda qayta ishlanadiga ma’lumotlarni jadvallar ko’rinishida tasvirlaymiz. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang’ich ma’lumotlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadagan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi. Masalan: o’quvchilarning kunlik tergan paxtasi uchun mexnat haqini hisoblash talab qilinsin, u holda terilgan paxta miqdori –A, bir birlik (1 kg) paxta uchun to’lanadigan ish haqi bahosi (sumda) –B, boshlang’ich ma’lumot sifatida va har bir o’quvchining bir kunlik jami tergan paxtasi uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy ma’lumot bo’lib hisoblanadi.
Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko’rinishida tasvirlash maqsadiga muvofiqdir. Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash ularni taxlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun kupchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.
Jadval ko’rinishida tasvirlanadigan masalalarni echish uchun maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqilgan bo’lib ular elektron jadvallar yoki jadval protsissori deb ataladi.
Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni echish uchun mo’ljallangan, lekin uning yordamida injenerlikka doir masalalarni bajarishda ham, masalan, formulalar bo’yicha hisob-kitoblar muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Elektron jadvallar qo’llanilayotgan sohalar juda ko’p, masalan: moliyaviy, buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy-texnik hisoblar, kundalik ho’jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va xokazolar.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi programma bo’lib, u Windows operatsion sistemasi boshkaruvida ishlovchi hamda ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga muljallangan.
Excel da tayyorlangan har bir xujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .XLS kengmaytmadan iborat fayl buladi. Excel da odatda bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi.
Microsoft Excel ning asosiy ish soxasi - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlardan iborat. Ish varagida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan buladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farki barcha hisob ishlarini uning uzi bajaradi, lekin ma‘lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
|
| |