• Professional ta’lim muassasasi quyidagi huquqlarga ega
  • Professional ta’lim muassasasining vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari




    Download 2,01 Mb.
    bet17/59
    Sana31.05.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #258304
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
    Bog'liq
    jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2

    Professional ta’lim muassasasining vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari
    Professional ta’lim muassasasi vazifalari:

    • tashkilot bilan birgalikda o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin dual ta’lim bo‘yicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;

    • tashkilot bilan birgalikda kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlangan ta’lim dasturlari asosida dual ta’lim bo‘yicha o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

    • tashkilot bilan dual ta’lim muddati hamda o‘quvchilarning ro‘yxatini tasdiqlaydi;

    • o‘quvchi va tashkilot o‘rtasida dual ta’lim bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatga oladi;

    • qonun hujjatlariga muvofiq shartnomasi mavjud o‘quvchilarni dual ta’lim bo‘yicha guruhlarga qabul qilishni tashkil etadi;

    • dual ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarni tashkilotga yuborish, o‘quvchilarning har bir guruhiga ishlab chiqarish ta’limi ustasi yoki o‘qituvchini buyruq asosida biriktiradi;

    • dual ta’lim dasturini amalga oshirishni ta’minlaydi;

    • tashkilot bilan o‘quvchilarni baholashni va yakuniy davlat attestatsiyasini belgilangan tartibda tashkil etadi;

    • tashkilot bilan kelishgan holda dual ta’lim yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi va tegishli vazirliklar va idoralar hamda Kasbiy ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga taqdim etadi;

    • dual ta’lim bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajaradi.

    Professional ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
    Professional ta’lim muassasasi quyidagi huquqlarga ega:

    • dual ta’limning amaliy qismi o‘tilishi bo‘yicha tashkilotga murojaat qilish;

    • dual ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tashkilotga takliflar berish;

    • dual ta’lim jarayonini tashkil etish uchun tuzilgan shartnomalarga tomonlar bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritish;

    • O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z nomidan yuridik shaxslar bilan vakolati doirasida dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha shartnomalar va boshqa hujjatlar tuzish;

    • dual ta’lim bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablag‘larni professional ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy o‘quv-texnik vositalar, mebellar bilan ta’minlashga, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari, xodimlarni ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyati samaradorligini oshirishni rag‘batlantirishga sarflash huquqiga ega.

    Professional ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Professional ta’lim muassasasining vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari

    Download 2,01 Mb.