|
Elektron pedagogika
|
bet | 14/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Elektron o'quv kursi - axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlarini amalga oshirish va umumiy, maxsus muassasalarda, shu jumladan uzluksiz ta'limga yo'naltirilgan ta'lim jarayonini ta'minlash uchun kompleks maqsadlarga mo'ljallangan o'quv elektron nashri yoki axborot tizimi. Elektron ta'lim kursi elektron ta'limning bir qismidir.
Elektron ta’lim yoki masofaviy ta’lim - ingliz – tilida “E-Learning” (Electronic Learning) – Elektron ta’lim bu shunday ta’limki, Internet yoki Multimediya vositalari yordamida o’quv mashg’ulot jarayonlarini tashkillashtirish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Elektron ta’lim kursi ya’ni Virtual axborot maydonidagi ta’limning asosiy vazifasini bajaruvchi kontent hisoblanadi. Shu bilan birga Virtual ta’limni boshqaruvchi tizimlarda elektron ta’lim kurslari bosqichlarini yaratishga keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Elektron o’quv kurslarni ishlab chiqishda bir nechta bosqichlarni nazarda tutadi:
1. Pedagogik dizayn prinsiplari asosida o’quv materiallarni tayyorlash va bu materiallarni onlayn rejimda o’qishilishiga moslashtirish lozim. Bunda albatta amaliy jarayonlarni tadbiq etilishini va o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilinilishini unutmaslik lozim.
2. Biron muayyan o’quv darslikka qaraganda ishlab chiqilayotgan masofaviy o’quv kurs egallanilishi lozim bo’lgan bilimlar bilan bir qatorda, biron bir amaliy o’quv mashg’ulot jarayonida interfaol metodikalar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
3. Elektron o’quv kursi yaratilishidan maqsadni aniq tahlil qilib, qanday o’quv materiallardan foydalangan holda bilim axborot ma’lumotlarini qanday usulda yetkazilishiga e’tibor qaratlishi lozim. Shuningdek, avval o’quv kurs senariysini yaratilishi, grafigi va kurs yakunida esa test sinovlarini qanday tartibda o’tkazilishini inobatga olish lozim.
4. Elektron ta’lim yo’nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassis bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan elektron o’quv kursi pedagogik dizayn tamoyillarga tayangan holda yaratilishi kerak.
5. Elektron kurs yaratilishi maqsadiga qarab turli pedagogik o’quv dasturlari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda LMS (Learning Management System) – Virtual ta’limni boshqaruvchi tizimlarda biror bir fan o’quv kursi uchun inerfaol slaydlarlar yaratish, montaj qilish jarayonlarini amalga oshirish, hamda egallangan bilimlarni nazorat qilish maqsadida elektron testlar yordamida test savollarini ishlab chiqish vositalari mavjudir.
6. Elektron kursni yaratuvchi har bir ma’sul shaxs eng avvalo, kursning pedagogik dizayn tamoyillariga asoslanganligi muhimligini hisobga olishi o’rinlidir.
7. Shuni doim esda tutish lozimki, hattoki, yaratilgan oddiy o’quv kurs ham kurs ishtrokchilarini ta’lim axborot maydonida shakllantirilgan elektron o’quv kurslariga diqqatini tortadi, qachonki, elektron kurslarda interfaollik mavjud bo’lsagina yaratilgan o’quv kurs o’z auditoriyasini kengaytirish imkoniga ega bo’ladi.
8. Kurs sodda tilda aytganda, oddiy o’quv darslik emas, balki, axborot ma’lumotni kurs tinglovchilariga qiziqarli va interfaol tarzda yetkazilishi lozim. Kurs yaratilishi jarayonida kurs tinglovchilarining hayotiy misollar bilan bog’lash imkonini beruvchi faktlar asosida elektron o’quv kontent tayyorlansa, kurs o’z ahamiyatini yo’qotmagan hisoblanadi.
9. Nazorat testlar – bu kabi vazifalarda kurs tinglovchining bilimini o’quv kursdagi mavjud bilimlarni qay tarzda yaxshi o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash maqsadida elektron testlar yordamida kurs so’nggida tekshirilib egallangan bilimlarni baholash imkonini beradi. Elektron kursda tayyorlangan test topshiriqlar yechim topilishi lozim bo’lgan biron vaziyat, holat yuzasidan amaliy vazifalar bilan qamrab olinishi kerak.
10. Biron elektron o’quv kursni boshlashdan avval, kurs tinglovchisi qanday maqsadda bilim olishi lozim, mavjud ta’lim axborotlar kelajakdagi faoliyati davomida qo’llay oladimi kabi masalalarni aniqlashtirib, o’quv kurs boslanadi va aynan shu kurs sizga maqsadingizga yetishish uchun xizmat qiladi.
Ijodiy yondashuvchanlik bu masofaviy kurslarni yaratilishida kurs ishtrokchilarni kursga jalb qilishda muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Kurs ilmiy asoslangan bilimlarga tayangan holda tashkillashtirilsa, elektron ta’lim kursning ko’lami kengayishi tobora ortib, uning auditoriyasi ortib boradi:
Elektron ta’limda test savol turlari elektron ta’lim texnologiyalari o’quv kurslarining sifat jihatdan yaratilgan o’quv kontent natijadorligini muayyan oshib borilishiga e’tibor qaratadi. Professor V.S Avanesov va boshqa tadqiqotchi va mualliflar elektron ta’lim kurslarda testdan foydalanish to’g’risida egallangan bilim darajalarni nazorat qilish maqsadida yakuniy test savollardan foydalanadi. Shuni yodda tutish lozimki, mavjud bo’lgan nazorat va mustaqil ta’lim shakllarida qo’llanilib kelinayotgan test savollari emas balki, test shaklidagi topshiriqlar bilan elektron ta’lim jarayonlarni tashkillashtirish orqali amalga oshiriladi:
1. Avvalo, kursning ranglar dizayniga doimo uyg'unligiga e'tibor qaratish lozm. Kurs yaratishdan avval qanday ranglardan foydaalanish kerakligi to'g'risida qaror qabul qilish zarur.
2. Elektron kurs yaratishdagrafiklar yoki rasmlardan foydalanish me'yori bir xil bo'lishi zarur. Shu bilan birga, kurs uchun tanlangan grafiklar, rasmlar kurs tinglovchilariga o'qilishi uchun qulaylik yaratilishi maqsadga muvofiq. Agarda biror bir sxema yoki rasmni o'rganib o'zlashtirilishi talab etilsa, u holda sxema rasm hajmini kengaytirilishi bilan kurs tinglovchilariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan hisoblanadi.
3. Kontentdagi mavjud sahifalar yoki slaydlar hamda obyektlar teng ya'ni bir-biria ulangan bo'lishi lozim.
4. Kursning yaratilishida eng muhim tomoni bu kursga kiritilayotgan matnlardir. Ya'ni kurs tinglovchilari yaratilgn elektron o'quv kontentdagi mavjud matnlarning shrift hamda hajmi jihatidan bir xillikni talab etadi.
5. Kurs tinglovchilariga tez sura'tlarda yetkazilishini ta'minlash maqsadida o'rganilishi qulay hamda lozim bo'lgan grafiklar va sxemalar hattoki, rasmli matnlardan iborat barcha turdagi axborotlarni kattalashtirilgan holda yetkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |