Shaxsga yo’naltirilganlik tamoyili




Download 2,01 Mb.
bet11/59
Sana31.05.2024
Hajmi2,01 Mb.
#258304
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2

Shaxsga yo’naltirilganlik tamoyili
Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni xar tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muxim o’rin tutadi. Bugungi tezkor davr talabalarni xam qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o’zlashtirilishi uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko’ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilishi talab qilinmosda. O’zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim - talabaning fikrlash va xarakat strategiyasini inobatga olgan xolda uning shaxsi, o’ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim.
Bu ta’lim o’qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko’ra ta’lim muxiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim xamda tarbiya jarayonini to’laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning o’ziga xos jixati ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muxitni yaratishdan iborat. Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat siladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini xurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. qolaversa, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog -talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o’zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat:
- har bir talabani alohida, o’ziga xos shaxs sifatida ko’ra olishi;
- talabani hurmat qilishi;
- talabaning ruxiy holatini to'g'ri baholay olishi;
- talabaning hoxish-istaklarini inobatga olishi;
- har bir talabaga tolerant munosabatda bo’lishi;
- talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;
- har bir talaba uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi;
- talabalarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;
- talabalarni o'z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo'l qo'yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilishni o'rgatish;
- ta’lim jarayonida hech bir talabaga tazyiq o'tkazmaslik;
- alohida talabaning kamchiliklarini burttirib ko'rsatmaslik;
- bordi-yu, talaba tomonidan bilimlarni o’zlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida o’zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;
- aniqlangan sabablar asosida talabaning sha’ni, g'ururiga ziyon etkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o’zlashtira olmaslik, o’zini odobsiz tutish kabi holatlarni bartaraf etish;
- ta’lim jarayonida har bir talaba uchun “muvaffaqiyat muhiti”ni yarata olish;
- har bir talabaga ta’lim olishda muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;
- talabaning qobiliyatini o’stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim talabani ta’lim tizimiga pedagog sifatida har bir talabaning hurmati va ishonchini qozona olishi moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.
Bu turdagi ta’lim talabalarni o’z-o’zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o’zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to’la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Talabalar shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonida O’quv materialini o’zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yonashishni, yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o'z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko'nikma, malakalarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Download 2,01 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Download 2,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shaxsga yo’naltirilganlik tamoyili

Download 2,01 Mb.