|
Elektron pedagogika
|
bet | 8/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj21. Аktiv metod. Bu metod ni dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga-muloxaza yuritishga undaydi.
2. Passiv metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda oʼrganilayotgan mavzu boʼyicha bir tomonlama tushuncha hosil boʼlishiga olib keladi.
3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida oʼqituvchi va talabalarni birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi.
Dars shaklidagi innovatsiyani quyidagi shaklda koʼrishimiz mumkin.
a) Standart dars – dars ichidagi struktura oʼzgarmaydi.
b) Nostandart dars – dars ichidagi struktura oʼzgaradi.
v) Virtual dars – yani masofadan oʼqitish. Pedagogik innovatsiyada "Yangi" tushunchasi markaziy oʼrin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va subʼektiv yangilikka qiziqish uygʼotadi.
Xususiy yangilik V.А.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni koʼzda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi maʼlum unsurlarning yigʼindisi shartli yangilik hisoblanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I.Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga taʼrif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina gʼoya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari boʼlib, oʼzgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda taʼlim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilgʼor boshlanmalarini oʼzida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka oʼqitish va tarbiya berishda avval maʼlum boʼlmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning oʼzgarib turishi mumkin boʼlgan mazmuni sifatida qaraydi.
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini oʼrganish oliy oʼquv yurti oʼquv oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
|
| |