|
Elektron pedagogika
|
bet | 29/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadi — ta’lim olish uchun teng imkoniyatni ta’minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta’lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat’iy nazar ta’limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bо‘lishlari uchun oilada yashashlari va о‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, о‘zlashtirishda qiynalayotgan bо‘lsa, о‘qish va yozishga о‘rganish uchun maxsus yordamga ega bо‘lishi, darslarga qatnamay qо‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam kо‘rsatilishini kafolatlaydi.
Inklyuziv ta'limning sakkiz tamoyili:
1. Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va yutuqlariga bog'liq emas;
2. Har bir inson his qilish va fikrlash qobiliyatiga ega;
3. Har bir inson muloqot qilish va uni eshitish huquqiga ega;
4. Hamma odamlar bir-biriga muhtoj;
5. Haqiqiy tarbiya faqat haqiqiy munosabatlar sharoitida amalga oshishi mumkin;
6. Hamma odamlar tengdoshlarining yordami va dо‘stligiga muhtoj;
7. Barcha о‘quvchilar uchun taraqqiyot, ular qila olmaydigan narsadan kо‘ra, qila oladigan narsada bо‘ladi;
8. Xilma-xillik inson hayotining barcha jabhalarini oshiradi.
O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish masalalari
O’zbekiston Respublikasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966 yilda boshlangan.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko’rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim. Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralashmaxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bog’chalari mavjud.
O’zbekistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini yaratish;
- mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish;
- yordamga muhtoj bolalarga yoshlikdan toshhis qo’yish va kasalpiklarni aniqlash uchun sharoit yaratish;
- milliy ta’lim standartlari asosida yordamga muhtoj bolalarga mo’ljallangon o’quv qo’llanmalar sifatini yaxshilash;
- ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bozasini mustahkamlash;
- nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish;
- ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan turli kitoblar, metodologik
adabiyotlarni chop ztish;
- nogiron bolalarni maxsus aravachalar, eshitish moslamalari, ko’zoynaklar, sport anjomlari, ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus mebellar va tibbiy uskunalar bilan ta’minlash;
- maxsus talim sohasida kadrlar tayyorlash.
Hozirgi kunda qator ekologiq ijtimoiy va boshqa sabablarga ko’ra, shuningdek homiladorlikdan keyingi patologik asoratlar natijasida bola rivojlanishi va birinchi navbatda, uning ongi, atrof-muhit tahlili holda faoliyatini nazorat qilish va boshqarish funksiyalarining rivojlanish masalasini o’rganish muhimdir.
Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning go’dakligidan ulorning nuqsonlarini aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning malakasi talab darajasida emas.
Tarbiyachilar, psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus guruhlardagi faoliyatlari davomida aniq tashhis qo’yish va sifatli davalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
|
| |