• Interaktiv texnоlоgiyalar
  • Virtual borliq texnologiyasi
  • Smart texnologiyalari tushunchasi
  • Elektron ta’limni tashkil qilish usullari. Smart texnologiyalari




    Download 2,01 Mb.
    bet27/59
    Sana31.05.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #258304
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
    Bog'liq
    jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2

    2.3. Elektron ta’limni tashkil qilish usullari. Smart texnologiyalari
    Masоfaviy o’qitish uslubi asоsida tinglоvchilarni o’qitish hоzirgi kunning eng rivоjlanib bоrayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan tinglоvchilar ma’lum bir masоfada jоylashgan hоlda ta’lim berish tizimidir. O’qituvchi va tinglоvchining ma’lum bir masоfada jоylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kоmpyuterlar, sputnik alоqasi, kabel televidenyasi kabi vоsitalar asоsida o’quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamоnaviy kоmpyuter texnоlоgiyalarining tez rivоjlanib bоrishi, ayniqsa, axbоrоtlarni uzatish kanallarining rivоjlanishi telekоmmunikatsiya sоhasiga o’ziga xоs tarixiy o’zgarishlar kiritmоqda.
    Masоfaviy o’qitish quyidagi texnоlоgiyalarni o’z ichiga оladi:
    Interaktiv texnоlоgiyalar:
    audiоkоnferentsiyalar;
    videоkоnferentsiyalar;
    ish stоlidagi videоkоnferensiyalar;
    elektrоn kоnferentsiyalar;
    оvоz kоmmunikatsiyalari;
    ikki tоmоnlama sputnik alоqa;
    virtual bоrliq.
    Nоinteraktiv texnоlоgiyalar:
    bоsib chiqarilgan materiallar;
    audiоkassetalar;
    videоkassetalar;
    bir tоmоnlama sputnik alоqa;
    televiziоn va radiо ko’rsatuvlari;
    disketa va CD-ROMlar.
    Virtual borliq texnologiyasi
    Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishida virtual tushunchasi keng ma’noda qo‘llanilmoqda. Masalan: virtual mashina, virtual xotira, virtual disk, virtual aloqa, virtual sayohat, virtual sinf va h.k.
    Birgina ushbu sohasida ham virtual tushunchasi turli shakl va ma’nolarda qo‘llanilib kelinmoqda va bir-biridan farqli ma’nolarni anglatadi. Masalan, multimedia tizimlarida virtual tushinchasi virtual borliq ma’nosini beradi.
    Virtual (lotincha Virtualis — mumkin bo‘lgan, ya’ni muayyan bir sharoitlarda sodir bo‘ladigan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan) tushunchasi narsalar va hodisalarning vaqt va makonda mavjud bo‘lmagan, lekin ob’yektiv narsalar yoki sub’yektiv obrazlarning amalga oshish ehtimoli mavjud bo‘lgan jarayonni anglatadi.
    «Virtual borliq» atamasi 1970 yillarning oxirida Massachuset texnologiya institutida Jaron Lanier tomonidan o‘ylab topilgan. U 1984 yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi g‘oyasini ifoda etadi. «Virtual borliq» atamasi muomalaga amerikalik kinematografchilar tomonidan kiritilgan. Ular muayyan sabablarga ko‘ra tabiiy yo‘l bilan amalga oshirib bo‘lmaydigan xayoliy imkoniyatlarni belgili-grafik shaklda sun’iy amalga oshirish mumkinligi haqidagi kinolentani shu nom bilan chiqarganlar.
    Virtual borliq — inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya. Bunda ob’yektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yo‘q narsa, uni qo‘l bilan tutish, uning ta’mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, u mavjud va inson bu xayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan kechiradi, balki unga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi, ushbu olamda mustaqil harakat qiladi, uni o‘zgartira oladi. Virtual olam — inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir.
    Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi, chunki bu borliq ta’sirida vujudga keluvchi his-tuyg‘ular ko‘p jihatdan uning o‘zi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz virtual dengizda cho‘milishimiz mumkin, ammo bunda paydo bo‘luvchi histuyg‘ularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bog‘liq bo‘ladi.
    Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas va h.k. Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois virtual borliqda mavjud barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong osti sohasi va fantaziya chig‘irig‘idan o‘tuvchi fizik borliqdan shakllanadi. Virtual borliq ob’yektiv tarzda, ya’ni inson miyasida emas, balki kompyuterda mavjud bo‘ladi. Ayni vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan yaratilganidan keyin u inson ongidan qat’iy nazar yashashda davom etadi, bu ongga har xil ta’sir ko‘rsatadi, mazkur ongning mazmuniga - bilimlar,emosiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok etiladi.
    Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli sohalarida qo‘llanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan sohada, fanda, jumladan fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda, kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya fanlarida foydalanilmoqda.
    Muhandislik sohasida, ayniqsa, xavfli sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng qo‘llanilmoqda.
    Kompyuter dizayni va uning ajralmas hamrohi - kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar, avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan o‘tkazishda yagona jarayonga birlashtirildi.
    Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng foydalanmoqdalar. Masalan, AQSH armiyasida harbiy xizmatchilarda merganlik ko‘nikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini shakllantirish uchun esa harbiy doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof muhitga katta zarar yetkazadigan harbiy mashqlar imitasiya qilinmoqda. Tank qismlarida tankdan o‘q uzishni hamda tank jangida askarlar va ofiserlarning shaxsiy ishtirokini imitasiya qiluvchi harbiy o‘yinlardan foydalanilmoqda.
    Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Harbiylar olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ularga baho berish uchun ham kompyuter imitasiyasidan foydalanmoqdalar. Ta’lim sohasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual borliq texnologiyasidan foydalanilmoqda. Yaqinda virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil etish konsepsiyasi taklif qilindi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi kompyuter yordamida kitob javonlarining vizual tasviri bo‘ylab harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib ko‘zdan kechirishi, zarur holda esa ulardan nusxa ko‘chirishi mumkin. Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch o‘lchovli ko‘rinishida ko‘rish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy yechish qobiliyati ancha yuqori bo‘lgan displeylarni taqozo etadi. Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot vositalari va telekommunikasiyalar ajralmas qismi bo‘lgan hozirgi zamon madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
    Virtual borliq – bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo‘lib, u atrof-muhitni odatiy usulda tasavvurni turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish boshqa texnik vositalar yordamida erishib bo‘lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin.
    Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bog‘liq.
    Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o‘zini faraz qilishini tushunish lozim.
    Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi ob’yektlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib ularga ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi.
    Virtual borliq turlari:

    • Passiv virtual borliq (passive virtual reality) - inson tomonidan boshqarilmaydigan avtonom grafik tasvirni tovush bilan kuzatilishi;

    • Tekshiriluvchi virtual borliq chegaralangan miqdorda foydalanuvchiga taqdim qilinadigan ssenariy, tasvir, tovushni tanlash imkonining borligi;

    • Interfaol virtual borliq treking vazifasini bajara oladigan maxsus qurilma yordamida yaratilgan dunyo qonunlari asosida virtual muhitni foydalanuvchi o‘zi boshqara olishidir;

    Treking virtual muhitdagi real ob’yektning joylashishi koordinatalarini (x, y, z) va uni fazoda joylashishi burchaklarini (a, b, g) berishga mo‘ljallangan.
    Virtual borliq tizimi deganda – biz imitasion dasturiy va texnik vositalarni qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar ko‘pmodallikga, ya’ni ko‘z bilan ko‘radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo‘lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta hajmli tovush va videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o‘rnatiladigan shlem va ko‘zoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qo‘lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi.
    Vitual borliqning insoniyat uchun ta’siri:
    - inson hayotini tashkil qilishda va tartibga solishda;
    - insonlar o‘rtasidagi aloqaning yangi shakli;
    - hayotning asosiy sohalari siyosat, iqtisod, san’at va turizm sohalariga ijobiy ta’siri borligi;
    - virtual olam bilan inson o‘zining tartib qoidalari va o‘z muhitini yaratish mumkinligi;
    - hayot va virtual borliq o‘rtasidagi aldanish mavjudligi.
    Vitual borliqning rivojlanishida uch o‘lchovli muhit va internet texnologiyalarining imkoniyatlarining rivojlanganligi katta ta’sir o‘tkazdi. Natijada, turli sohalarda virtual reallik ishlatila boshladi.
    Masalan:
    - kino olamida 1982 yil yaratilgan TRON nomli rasmli film, bu sohadagi katta qadam bo‘ldi. Hozirgi vaqtda virtual realliksiz bu sohani tasavvvur qilish qiyin.
    - 2009 yil BBS radiosi tomonidan yaratilgan virtual drama bu sohada ham kelajagi bor ekanligini anglatmoqda;
    - san’at sohasida 1970 yil David Em o‘zining birinchi virtual ko‘rgazmasi bilan ushbu atamani imkoniyatlarini ochib bergan;
    - musiqa sohasida ham elektron musiqa asboblari virtual reallik imkoniyatlaring mahsulidir.
    Virtual reallikning yaratishda axborot texnologiyalarining kompyuter grafikasi, real vaqt rejimi va dasturlash texnologiyalarisiz shakllantirib bo‘lmaydi. Bunda hozirda kompyuter grafikasining OpenGL, Direct3D, Java3D, va VRML kutubxonalaridan, dasturlashdan esa, C++, Perl, Java va Python tillaridan foydalanilmoqda.
    Hozirgi kunda turizm sohasida virtual reallikning qo‘llanilishi natijasija virtual sayohat tushunchasi paydo bo‘ldi. Virtual sayohat – multimedia ilovalari asosida simulyasilangan sayohat turidir. Bunda multimedia ilovalari sifatida matn, rasm, tovush, panorama, animasiya va video vositalari ishtirok etishi mumkin. Birinchi virtual sayohat 1994 yil Dublay qasrida qirolicha Yelizabeta 2 tomonidan tashkillashtirilgan.
    Virtual borliqni hozirda internet texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Internet – XX asr moʻjizasi. Kim orqada qolib ketsa, keyin virtual dunyo taraqqiyotiga yetolmaydi. Internet – insoniyat qabul qilishining yangi o‘lchami. Uni egallash bir tomondan oson, ikkinchi tomondan murakkab. Uning osonligi shundaki, dasturlarning eng osoni oddiy brauzerdan (hammma kompyuterda mavjud bo‘lgan “Internet Explorer” brauzerdan) foydalanishni bilsangiz kifoya. Internetni barcha xizmatlaridan foydalanish uchun bu dastur yetarli. Buning uchun, birinchidan, Internet xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va malaka talab qilinadi, ikkinchidan, tarmoqdagi xizmat va ma’lumotlar asosan xorijiy tillarda berilgan. O‘zbek tilida joriy qilingan xizmatlar, nashr qilingan ma’lumotlar hozircha ko‘p emas.
    Mavjud hayotdagi bor narsalar Internetda – umumjahon kompyuter tarmog‘ida ham mujassam.
    Uni mukammal egallasangiz:

    • xat yozib, javobini soniyalarda olasiz;

    • tanishib, davra suhbatlar qurasiz, seminar, konferensiyalarda qatnashasiz;

    • sirtqi o‘quv yurtlarda ta’lim olasiz;til o‘rganib, xorijiy matnlarni tarjima qilasiz, lug‘atlardan foydalanasiz; ajoyib umumjahon ensiklopediyalaridan foydalanasiz;

    • kitob, gazeta va boshqalarni o‘qiysiz, uyingizda dunyo kutubxonasi bo‘ladi;

    • uyingizda o‘tirib biznes va ijod bilan shug‘ullanasiz;

    • pulli va pulsiz amallar bajarasiz;

    • dunyoga sayohat qilasiz;

    • virtual (xayoliy) hayotga kirasiz va hokazo.

    Xullas, Internetda ham hayotdagidek barcha voqea va hodisalarda real va virtual ishtirok etishingiz mumkin.
    Vitual borliq deb real dunyoni kompyuter simulyasiyasi orqali yaratilgan muhitiga aytiladi. Vitual borliqning asosiy 3 ta xususiyati mavjud. Ular:
    - ta’sir doirasining kengligi;
    - yuqori vizuallashganligi;
    - uch o‘lchovli muhit.
    Smart texnologiyalari tushunchasi
    SMART-ta’limning keng tarqalishi birinchi navbatda Internet-texnologiyalarni takomillashtirish bilan, ikkinchidan, Wi-Fi, 3G, 4G kabi simsiz texnologiyalarning rivojlanishi va uchinchidan, Internetda onlayn ta’lim resurslarining keng tarqalganligi bilan bog’liq.
    SMART ta’limning asoslarini shakllanishida, shuningdek, Facebook, YouTube, Twitter va turli bloglar kabi, odamlarning o’z Internet-kontentini yaratishga imkon beradigan Web 2.0 texnologiyalarining rivojlanishi xizmat qildi.
    Ta’lim dasturlarida Web 2.0 texnologiyalarining imkoniyatlarini qanday qo’llash mumkin?
    Ushbu savolga bir qator javoblar mavjud:
    o’quv materiallarini bepul tarqatish uchun tarmoqli jamoalardan foydalanish;
    mustaqil o’quv materiallarini yaratish;
    informatika sohasida maxsus bilim va ko’nikmalarsiz faoliyatning yangi shakllariga qatnashish.
    O’qituvchilar ushbu texnologiyalarni bir-biri bilan va o’quvchilarining ota-onalari bilan muloqotda bo’lishlari, kasbiy tajriba almashishlari, mashg’ulotlarning mazmunini yangi materiallar bilan boyitish, o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirish, kasbiy rivojlanish uchun foydalanishlari mumkin. O’qituvchi va o’quvchilar ta’lim jarayonida teng ishtirokchilarga aylanishadi: ularning har biri zarur ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’lishadi, umumiy tadqiqotning xulosasini har biri o’z ishi natijalari bilan to’ldiradi.
    Microsoft Power Point yoki Macromedia Flash singari dasturiy ta’minot paketlaridagi multimediya prezentatsiyalaridan foydalangan holda o’quv mashg’ulotlarini o’tkazish me’yoriga aylandi. Ammo odatiy taqdimot texnologiyalari (Microsoft Power Point, Macromedia Flash) bilan bir qatorda taqdimotning slayd-shou ko’rinishidan voz kechish imkonini beradigan interfaol texnologiyalar deb nomlangan vositalar paydo bo’ldi.
    Interaktiv jihoz, masalan SMART Boards interaktiv doskasi yordamida axborotlarni uzatishda ma’ruzachiga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: maxsus rangli markerlar bilan yozish, o’quv materialini namoyish qilish, ekrandagi tasvir ustiga yozma sharh berish mumkin. Shu bilan birga, SMART Boards interaktiv doskasida yozilgan hamma narsalarni o’quvchilarga berilishi, ma’lumotlarni saqlashning turli vositalarda saqlanishi, chop etilishi, darsda qatnashmagan o’quvchilar elektron pochtasiga yuborilishi mumkin. SMART Boards interaktiv doskasida ma’ruza davomida yaratilgan o’quv materiallari doska ichida o’rnatilgan video yozuvchi moslama yordamida yozib olinishi, saqlanishi va qayta-qayta namoyish etilishi mumkin.
    Doskaning interaktivligini ta’minlaydigan bir nechta texnologiyalar mavjud. Bu texnologiyalardan biri sensorli rezistorli, boshqasi - SMART Technologies kompaniyasining DVIT texnologiyasidir. Ularda ekranning burchaklarida shinatiladigan maxsus raqamli video kameralardan foydalaniladi. Bundan tashqari, maxsus moslama yordamida har qanday plazmali panellarni interaktiv doskaga aylantirish mumkin.
    SynchronEyes dasturiy paketi yordamida, o’qituvchi o’quvchilarning nima bilan shug’ullanishini kuzatishi, o’quvchilar ishlayotgan barcha monitorlarni ko’rsatishi, o’quvchilar monitorlarini bloklashi, interfaol doskadan barcha kompyuterlarga ma’lumotlarni, masalan, test materiallarini jo’natishi mumkin.
    Interaktiv doskalarda ishlashda o’quvchilar diqqatini yig’ish yaxshilanadi, o’quv materiallari tez o’zlashtiriladi va natijada har bir talabaning fanlardan o’zlashtirishi oshadi.
    Smart Classroom Suite - interaktiv o’rganish uchun mo’ljallangan dastur. Smart Classroom Suite interaktiv o’quv dasturi kompyuterlashtirilgan sinflarda o’qituvchilar va o’quvchilar uchun mo’ljallangan maxsus dasturiy paket hisoblanadi. Ushbu paket
    Smart Notebook™ hamkorlikda ta’lim olish dasturiy ta’minoti;
    Smart Notebook™ CE o’quvchilar uchun dasturiy ta’minot,
    Smart Sync™ sinfni boshqarish dasturiy ta’minoti;
    Smart Response™ interaktik so’rovlarni amalga oshirish dasturiy ta’minotlarini o’z ichiga oladi.
    Smart Classroom Suite dasturi bilan o’qituvchilar sinfda o’rganish jarayonini samarali boshqarishlari va darslarni o’tkazishlari mumkin. Foydalanish oson bo’lgan vositalar o’qituvchilarga qiziqarli multimedia darslarini tayyorlashga yordam beradi. Asboblar panelini ishlatish orqali o’qituvchilar bir tegish bilan Smart Exchange™ veb-saytiga boshqa o’qituvchilar tomonidan yaratilgan darslarni topishlari yoki o’z tajribalarini boshqalar bilan baham ko’rishlari mumkin.
    Zamonaviy ta’limga yangi yondashuvlarni turli kichik dasturiy ta’minotlar (gadjetlar) siz tasavvur qilish qiyin. Gadjetdan SMART o’rganish vositasini yaratish uchun qo’shimcha dasturiy ta’minotni o’rnatishingiz kerak. Smartfon yoki planshetga qanday dasturiy ta’minotni o’rnatish kerak? Buni qanday qilish kerak?
    Ushbu masalalarni hal qilish uchun Google tizimi mobil qurilmaga SMART ilovasini o’rnatadigan «Play Market» ilovasini taklif qiladi.
    «Play Market» mobil operatsion tizimi Android smartfonlari va planshetlarining standart vositalarida o’rnatilgan ilovadir. Ushbu ilovadan foydalanish uchun Google da ro’yxatdan o’tishingiz va hisobingizni (akkauntingizni) rasmiylashtirishingiz kerak. Ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar Google tizimining barcha tarmoq dasturlariga kirish huquqiga ega bo’ladilar. Dastur foydalanuvchi uchun hordiq va mashg’ulot uchun juda ko’p toifadagi ilovalarni taqdim qiladi.
    Har bir o’quv fani uchun juda ko’p sonli ilovalar mavjud. Misol uchun, Google Play Market ga bitta o’vuv fani qidiruvi nomini kiritishning o’zi kifoya va monitorga ingliz tili va rus tili mobil ilovalari, adabiyot, matematika, algebra, geometriya, fizika, kimyo, biologiya, jismoniy tarbiya fanlari bo’yicha topilgan ilovalar ro’yxati chiqadi.
    Fanlarni o’rganish uchun kerak bo’ladigan ba’zi mobil ilovalardan namunalarini ko’rib chiqamiz.
    “Matematik topqirlik” og’zaki hisob-kitob qobiliyatini o’stirish ilovasi. Ilova tez hisoblash uchun mavjud algoritmlarni aks ettiradi. Har bir o’quvchi ularni o’rganishi mumkin, so’ngra nazariy bilimlarni amaliy mashqlarda mustahkamlashi, shu tariqa og’zaki hisoblash amaliy tajribalarini boyitishi mumkin. Bu ilovani yaratuvchilari og’zaki hisobda tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilar bilan raqobat qilish imkonini ham hisobga olishgan.
    «GeoGebra» dasturi barcha darajalarda matematikani o’rganish uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Unda geometriya, algebra, statistika va boshqa ko’plab qo’llanmalarni topishingiz mumkin.
    «Chemist» (“Kimyochi”) dasturi kimyo darslariga qo’shimchalar. Dastur virtual laboratoriya sifatida amalga oshiriladi. Bu erda har bir kishi “professor” sifatida eng ajoyib tajribalarni o’tkazishi mumkin. Dastur yuqori sifatli 3D va detallar bilan ta’minlangan. “Laboratoriya” omborxonasida ikki yuzga yaqin kimyoviy elementlar mavjud.
    «Molecules» (“Molekulyar”) dasturi bilan o’quvchilar turli moddalar bo’yicha yangi bilimlarga ega bo’lishlari mumkin. Ilovada ko’plab molekulyar modellar mavjud. Har bir molekula va molekulyar tuzilmalar va moddalar haqida to’liq ma’lumot topish mumkin.
    «Anatomy 3D Pro» (“Anatomiya 3D”) ilovasi. Ushbu dastur bilan o’quvchilar inson tanasining ichiga kiradilar. Dastur 3D formatdagi barcha nozikliklarning noyob detallari bilan tavsiflanadi. Dastur tezkor qidiruv funktsiyasi bilan ta’minlangan. O’z bilimingizni tekshirish uchun qiziqarli viktorina taklif etiladi.
    «Star Walk 2» ilovasi yulduz osmonni o’rganish uchun mo’ljallangan. Unda o’quvchilar barcha yulduzlar va galaktikalar nomini va manzilini ko’rishlari, shuningdek, ular haqida ma’lumot olishlari mumkin. Shuningdek, yulduzlar turkumi va ularning tarixi ham bor.
    «Edmodo» (“Edmodo”) ilovasi - o’qituvchilar va o’quvchilar uchun ta’lim jarayoniga yordam beradi uchrashuv joyi. Dasturning maqsadi - o’qituvchilar va ta’lim olayotganlarga vaqt va manzilidan qat’iy nazar doimiy ravishda o’zaro aloqa qilish, bog’lanish imkoniyatini ta’minlash.
    «Plickers» (“Plickers2) dasturi sizga mobil telefondan foydalanib, o’quvchilar bilan so’rovlarni o’tkazishga imkon beradi. Uning asosini mobil ilovalar, sayt va QR (Quick Response, ya’ni tezkor javob) - kodlari bilan bosilgan kartachalari tashkil qiladi. «Plickers» dasturi bolalarning bilimlarini muntazam monitoringini amalga oshirishga imkon beradi, bu darsdan bir necha daqiqadan ko’proq vaqt talab qiladi.

    Download 2,01 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron ta’limni tashkil qilish usullari. Smart texnologiyalari

    Download 2,01 Mb.