|
Elektron pedagogika
|
bet | 28/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Nazorat savollari
Interaktiv texnologiyalar va Nointeraktiv texnologiyalar haqida so’zlab bering.
Virtual borliq texnologiyasi tushunchasini izohlang.
Virtual borliq turlarini izohlang.
Virtual borliq tizimi deganda nimani tushunasiz?
Vitual borliqning insoniyat uchun ta’siri.
Smart texnologiyalari tushunchasini izohlang.
2.4. Imkoniyati cheklanganlar ta’limi uchun elektron pedagogika
Xalq ta’limi tizimida turli ehtiyojga ega bо‘lgan bolalarga qaratilgan muassasalar — о‘qitish darajasi ta’lim standartlaridan yuqori bо‘lgan muassasalar (ixtisoslashtirilgan muassasalar) va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi. (О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son)
Imkoniyati cheklangan bolalarga kо‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash:
imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qо‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
imkoniyati cheklangan bolalar о‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qо‘llanmalar, turli kasblarga о‘qitish uchun bо‘ladigan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
imkoniyati cheklangan bolalarni о‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (kо‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (pedagog-defektolog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bо‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash;
jamoatchilik о‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv о‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini keng joriy etish;
о‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish;
imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash;
imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bо‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.
Inklyuziv sо‘zi - fransuzcha inclusif "о‘z ichiga olmoq" lotinchadan includo "о‘z ichiga oladi" kabi ma'nolarni anglatadi.
|
| |