|
Elektron pedagogika
|
bet | 30/59 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #258304 |
Bog'liq jejRqTw8mmwRceCoUoGZmp3Q5LxiI5HckWnGafj2Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir.
Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim.
1996 yilning noyabr oyida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar» movzusida milliy o’quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu bo’yicha mintaqaviy anjuman tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO, YuNISEF (BMTning bolalar jamg’armasi), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar notijosida 2001 yilda O’zbekiston Xolq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o’quv seminarlari o’tkazildi va qator dasturlar amalga oshirib kelinmoqda.
2004 yilning iyun oyida «Sen yolg’iz emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi tashabbusi asosida Toshkent shahrida «Yetim bolalarning ijtimoiy muhofozasi» mavzusida ilk bor xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu anjuman doirasida nogiron bolalar uchun talim dasturlari ham muhokama etildi.
2005 yilning may oyida Toshkent shahrida Respublika bolalar mjtimoiy moslashuvi markazi va «Sen yolg’iz emassan» respublika jomoatchilik bolalar jamg’armasi tomonidan «Ijtimoiy nochor bo’lgan bolalarga ko’mak berishning samarali shakl va usullari» nomli xalqaro forum o’tkazilgan edi. Ushbu forum tavsiyanomalari asosida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda YuNESKO tashkiloti rahnamoligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi madaniy markaziga (Tokio, Yaponiya) maxsus loyiqa taqdim etilgan edi. Ushbu YuNESKO markazi tomonidan «O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha bog’cha va o’rta maktablarda tajribaviy guruhlar ochish» nomli loyiha qo’llab-quvvatlandi va yaqin kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarda turfa xil malakalarni oshirish va ularning qobiliyatlorini barqaror rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
Ta’lim tibbiy va ijtimoiy xizmat bilan birgalikda olib boriladi. Oila va maqallada ota-onalar uchun profilaktika hamda reabilitasiya ishlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tashkil etiladi. Ota-onalar nogiron bolalarini tarbiyalash va ularning aqliy rivojlanishlarini rag’batlantirish bo’yicha pedagogik usullar, shuningdek ularning mustaqil bo’lishlari uchun tengdosh sog’lom bolalar bilan muloqot qilishlari bo’yicha o’qitiladilar.
Loyiha to’qqiz bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich quyidagi faoliyatlarni qamrab oladi:
1-bosqich: Respublika ta’lim markazi qoshidagi Maxsus talim bo’yicha manba markazida ko’chma ta’lim guruhi tashkil etiladi. Ko’chma ta’lim guruhiga texnik yordam ko’rsatish.
2-bosqich: «Barqaror toraqqiyot uchun inklyuziv ta’lim» mavzusida milliy anjuman tashkil etish.
3-bosqich: Xalq ta’limi vazirligining viloyat boshqormalori bilan hamkorlikda nuqson bilan rivojlanoyotgan bolalarni aniqlash bo’yicha tibbiy-psixologik-pedogogik komissiyani tashkil etish. Qo’shma guruh va sinflarda o’qitish moqsadida nuqson dorajosi me’yordon og’ishgon (3-7 yoshdagi) bolalarni aniqlash.
4-bosqich: Uslubiy tavsiyanomalar, qo’llanmalar va dasturlarni nashr qilish.
5-bosqich: Pedagog-tarbiyachilar, o’qituvchilar, psixologlarning qo’shma guruhlari va sinflarda bolalardagi nuqsonlarni tuzatish va rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish.
6-bosqich: Mavjud bolalar ta’limi muassasalarida, 2 ta bog’cha va 2 ta o’rta maktabda maxsus tajribaviy guruh tashkil etish, Texnik yordam ko’rsatish.
7-bosqich: Maktabgacha inklyuziv ta’lim Ixtisoslashgan ishlab chiqilgan tajribalarni targ’ib qilish bo’yicha ilmiy-uslubiy, amaliy-mintaqaviy anjumanni tashkil etish.
8-bosqich: Monitoring va baholash.
9-bosqich: Moliyaviy hisobot.
Loyiha yordamga muhtoj bolalar, ularning ota-onalari, bog’cha pedagog-tarbiyachilariga qaratilgan.
Loyiha Respublika ta’lim markazi qoshidagi Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi tomonidan Toshkent Davlat pedagogika universitetining Boshlang’ich ta’lim va defektologiya fakulteti, YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi va YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, shuningdek boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan.
Tashkilotning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish;
- nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish;
- nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish;
- bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish;
- pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish;
- uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron bolalar bilan ishlash rejasini yaratish;
- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy axborot vasitalarida yoritib borish;
- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi tajribalarni tatbiq etish.
Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi.
BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi»gi Konvensiyasi hamma bolalarni, shu qatori maxsus ehtiyojli bolalar huquqlarini ham himoya qiladi va qo’llab-quvvatlaydi. Aynan 2, 23, 28, 29 - moddalarda maxsus ehtiyojli bolalari huquqlari belgilangan.
Bolalar huquqlari To’g’risidagi Konvensiyaning 2-moddasi maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun asosiy modda hisoblanadi. Unda mazkur Konvensiyadagi har bir modda irqi, dini, millati, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha bolalaga tegishliligi haqida ta’kidlanib, “Barcha huquqlar har bir bola uchun tegishli. Kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’minlash uchun zarur choralarni ko’rish ishtirokchi davlatlar majburiyatlariga kiradi” deb bayon qilingan.
Shuningdeq Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiyaning 23-bandida maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limi xususida quyidagicha ta’kidlangan “Nogiron bolani maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uni ijtimoiy hayotga qo’shishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vasita hisoblanadigan ta’lim olishga har tomonlama yordam berishi lozim. Ishtirokchi davlatlar aqliy va jismoniy jihatdan yaxshi rivojlanmagan bola o’zining qadr-qimmatini ta’minlaydigan, o’ziga ishonch tug’diradigan va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan sharoitlarda yashashlarini ta’minlaydilar”.
Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish ularning haq-huqularni ta’minlaydi. Shuning uchun Bolalar huquqlari to’g’risidagi Konvensiya maxsus ehtiyojli bolalarni huquqlarni ta’minlaydigan asosiy huquqiy me’yoriy hujjatdir.
Nogironlarni umumta’lim tizimida o’qitish masalalariga e’tibor berish Respublikamizda 1996 yilda O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi, Respublika ta’lim markazi va YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda respublika seminari o’tkazilishi bilan islohotlar amalga oshirila boshladi. Shu davrdan boshlab olimlar, maxsus ta’lim tizimidagi rahbar xodimlari, pedagoglar, umumta’lim mussasalarining rahbarlari va nodavlat jamoa tashkilotlarining nogironlar ta’limi ehtiyojini qondirishga qaratilgan munosabatlari o’zgara boshladi.
Respublika Ta’lim Markazining maxsus ta’lim bo’limi hodimlari imkoniyati cheklangan bolalarni integrasiyalashgan ta’lim jarayonida ta’lim olish strategiyasini keng joriy qilish maqsadida YuNESKO tashkiloti bilan 1996 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. O’zbekistonda integrasiyalashgan inklyuziv ta’lim tizimini amaliyotga tadbiq qilish maqsadida YuNESKO xalqaro tashkiloti loyihasi asosida bir necha Respublika seminar-treninglari va xalqaro konferensiyalar o’tkazishga muyassar bo’lindi. Konferensiyalarda ko’tarilgan dolzarb muammolar, masalalar, tavsiyalar va ishtirokchilarning ma’ruzalari xalqaro toplamda chop etildi va ommaga tarqatildi. Hozirgi kunda Respublikamizda inklyuziv ta’lim konsepsiyasini joriy qilishda asosiy dasturamal bo’lib kelmoqda.
1998 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Buxoro shahrida yirik Konferensiya o’tkazildi. Konferensiyaning maqsadi alohida yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo’llash, reabilitasiya qilish, ta’limga jalb qilish, moddiy, texnikaviy yordamlarni tashkil qilish va ularni to’laqonli jamiyatga moslashtirishga oid turli tashkiliy uslubiy ishlarni amalga oshirishda Markaziy Osiyoda ko’p tarmoqli aloqalar o’rnatish edi.
Imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilgan dasturlar
Ko'pgina nogironlar uchun zarur bo'lgan texnik jihozlardan tashqari, ish stoli kompyuter yoki noutbukda to'liq yoki hech bo'lmaganda qisman ishlash uchun jismoniy imkoniyati cheklangan odamlar uchun moslashtirilgan maxsus dasturiy ta'minot ham talab qilinadi. Bunday dasturlarni kompyuter texnologiyalari imkoniyatlari bilan ifodalanadigan ko'pchilik qo'llash sohalarini qamrab oluvchi bir qancha toifalarga bo'lish mumkin:
lupalar yoki ekranni kattalashtirish tizimlari;
o'qish dasturlari;
Skanerlash va matnni aniqlash uchun dasturiy ta'minot;
dasturiy manipulyatorlar va kiritish qurilmalari;
navigatsiya dasturlari;
aloqa vositalari.
Ko'pgina hollarda, kompyuter bilan ishlashda sezilarli muammolar ko'rish muammolari bilan og'rigan foydalanuvchilar tomonidan uchraydi. Aynan shu fuqarolar uchun bir qator rivojlanish kompaniyalari maxsus ilovalar va dasturlarni yaratdilar va yangilashda davom etmoqdalar, ammo ularning narxi ko'p hollarda mahalliy iste'molchilar uchun chidab bo'lmas bo'lib qolmoqda. Bozordagi bepul yoki arzon analoglar juda eskirgan va zamonaviy operatsion tizimlarda ishlashga moslashtirilmagan, nogiron foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar doirasini sezilarli darajada toraytiradi.
Ko‘zi ojiz yoki zaif ko‘ruvchi foydalanuvchi uchun avtomatlashtirilgan ish joyining dasturiy-apparat kompleksi:
Nutq sintezi bilan ekranni o'qish dasturi;
Nutqni qo'llab-quvvatlaydigan ekran kattalashtirish dasturi;
Brayl klaviaturasi;
Brayl display;
Akustik tizim;
hujjat kamerasi;
elektron lupa;
Masofadan ko'rish uchun video kattalashtiruvchi.
Eshitish qobiliyati buzilgan foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan ish joyining apparat-dasturiy kompleksi:
Akustik tizim;
radio sinfi;
Portativ induksion tizimi;
Tayanch-harakat tizimi buzilgan foydalanuvchilar uchun avtomatlashtirilgan ish joyining dasturiy-apparat kompleksi:
Katta dasturlashtiriladigan Clavinta klaviaturasi;
Moslashtirilgan sichqoncha;
Rolikli kompyuter;
Simsiz qabul qiluvchi (bir nechta simsiz qurilmalarni ulash uchun);
|
| |