|
Operetsion kuchaytirgichning tuzilishi
|
bet | 24/36 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 2,98 Mb. | | #262836 |
Bog'liq Elektronika javob35. Operetsion kuchaytirgichning tuzilishi
OKlarda kirish kaskadi sifatida differensial kuchaytirgich (DK) qo'llaniladi. Ma’lumki, DK chiqishdagi nol dreyfini maksimal kamaytirishga, yuqori kuchayti-rish koeffitsientiga, maksimal yuqori kirish qarshiligiga va sinfaz tashkil etuvchi-larni maksimal so'ndirishga imkon beradi. Muvofiqlashtiruvchi kaskad talab qilin-gan kuchaytirishni ta’minlaydi va DK chiqishidagi o'zgarmas kuchlanish sathi silji-shini chiqish kaskadi uchun talab etilgan qiymatgacha kamaytiradi. Muvofiqlashti-ruvchi kaskad differensial yoki bir taktli kuchaytirgich bo'lishi mumkin. Chiqish kaskadlari OKning kichik chiqish qarshiligini va lozim bo'lgan chiqish quvvatini ta’minlashi kerak. Chiqish bosqichlari sifatida, odatda AB sinfga mansub komp- lementar tranzistorlar asosida hosil qilingan ikki taktli kuchaytirgich sxemalari qo‘llaniladi.
34. Ideal kuchaytirgich
Ideal kuchaytirgich – cheksiz katta kuchaytirish koeffitsientiga; cheksiz katta kirish qarshiligi; nolga teng bo‘lgan chiqish qarshiligiga; inverslaydigan va invers-lamaydigan kirishlarga, bir xil signal berilganda nolga teng bo‘lgan chiqish kuchla-nishiga, cheksiz katta keng o‘tkazish polosasiga ega.
OKlarning rivojlanishi uch bosqichidan iboratdir.
Birinchi bosqichda universal OKlar ishlab chiqilgan.
Ikkinchi bosqich OKlarida bu kamchiliklar yo‘qotilgan, chunki ular ikki kas-kadli sxemalardan tuzilgan.
Uchinchi bosqich OKlari bir vaqtning o‘zida yuqori kirish qarshiligi, katta ku-chaytirish koeffitsienti va yuqori tezkorlikka ega.
33. Operatsion kuchaytirgich
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni baja-rishga mo’ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchla-nish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsientiga ega bo‘lgan (KU=104 – 106) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko'paytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqaror-lashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (ТА) zanjirlari kiritiladi. ТА zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etil-gan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi.
|
| |