Operatsion kuchaytirgich asosiy parametrlari.
OKlarda DK kirish kaskadi hisoblanadi. Shuning uchun OKlar DKlar para-metrlari bilan xarakterlanadi. Ularga: kuchaytirish koeffitsienti КU, sinfaz xalaqit-larni so‘ndirish koeffitsienti KSFS0’N, siljitish kuchlanishi USIL va uning temperatura-ga sezgirligi εU , o'rtacha kirish toki IKIR0’RT, siljitish toklari IKIR kiradi. Bundan tashqari, manba kuchlanishi EM, iste’mol toki IIST va quvvati RIST maksimal kirish va chiqish kuchlanishlari, maksimal chiqish toki va boshqalar ko'rsatiladi. Kirish va chiqish qarshiliklari har doim ham asosiy parametrlar tarkibiga kiritilmaydi, ularni kirish va chiqish toklari qiymatlaridan aniqlash mumkin.
OK tezkorligi chiqish kuchlanishining o'sish tezligi ϑUCHIQ yoki birlik kuchay-tirish chastotasi f1 bilan xarakterlanadi. Bu yerda f1 kuchlanish bo'yicha kuchayti-rish koeffitsienti birga teng bo'Iadigan chastota qiymati (KU(f1)=1).
14.7-rasm. OKning amplituda xarakteristikasi.
OKning asosiy xarakteristikalaridan biri bo'lib uning amplituda xarakteristika-si (AX) hisoblanadi. U berilgan chastotada chiqish kuchlanishining kirish kuchla-nishiga bog‘liqligi UCHIQ=f(UKIR) ni ifodalaydi (14.7-rasm). Inverslamaydigan ki-rishga signal berilsa, AX 1-egri chiziq ko‘rinishiga, inverslaydigan kirishga berilsa 2 - egri chiziq ko‘rinishiga ega boladi. UKIR=0 bolganda ideal OK AXsi koordinata boshidan o'tadi. Amaliyotda OK kirishlariga siljitish kuchlanishi USIL beriladi. AX qiya va gorizontal sohalarga ega. Xarakteristikaning qiya sohalari ishchi sohalar bo‘lib, uning og‘ish burchagi qiymati bilan belgilanadi. UKIR (UCHIQmax/KU)+USIL bo‘lganda chiqish kuchlanishi o‘zgarishsiz qoladi. UCHIQmax qiymati doim kuchla-nish manbayi EM qiymatidan kichik bo‘ladi. AX chiziqli sohalari kengligi kirish kaskadi dinamik diapazoni bilan aniqlanadi va ± kT/q dan oshmaydi.
Kuchaytirish koeffitsienti KU kirish signali chastotasiga bog‘liq. Ma’lumotno-malarda keltiriladigan OK kuchaytirish koeffitsientlari kirishga oraliqda yotadigan o‘rtacha chastotadagi sinusoidal tebranishlar berilganda haqi-qiydir. Past fp va yuqori fB chegaraviy chastotalarda kuchaytirish ma'lum darajaga-cha kamayadi. Agar bu darajalar alohida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, u holda odatda fp va fYu qiymatlarida kuchaytirish 1.41 martaga (3 dB ga) kamayadi deb hisoblanadi. OK chastota xususiyatlarini aniqlash uchun uning kuchaytirish koeffitsienti kom-pleks kattalik ko'rinishida ifodalanadi
Bu yerda modul kuchaytirgich chiqish signali amplitudasini kirish signali amplitudasiga nisbatini, argument esa – kuchaytirgich chiqishidagi tebra-nishlar fazasini kirishdagi tebranishlar fazasiga nisbatan siljishini xarakterlaydi. ning chastotaga bog‘liqligi amplituda – chastota xarakteristikasi (AChX), argumentning chastotaga bog‘liqligi esa – faza — chastota xarakteristikasi (FChX) deb ataladi. Tok va kuchlanish uchun kompleks kattalikni kiritilishi barcha hisoblarni j'uda soddalashtiradi.
14.8-rasm. OKning ekvivalent sxemasi.
Chastota xususiyatlarini tahlil qilishda OKning barcha kuchaytirish kaskadlari uning ekvivalent RC – zanjiri bilan almashtiriladi (7.8-rasm). Ekvivalent z anjirlar deb, kirishlariga bir xil EYK ta’sir ettirilganda chiqishlarida bir xil kuchlanishlar hosil bo‘ladigan zanjirlarga aytiladi.
|