Teskari aloqa tarifi,turlari va aniqlanish tarixi




Download 2,98 Mb.
bet6/36
Sana12.06.2024
Hajmi2,98 Mb.
#262836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Elektronika javob

8. Teskari aloqa tarifi,turlari va aniqlanish tarixi.
Teskari bogʻlanish deyilganda qurilmaning chiqish va kirish zanjirlari boʻlanishi tushuniladi. Kuchaytirgichlarda kirish signali va teskari boʻlanish tufayli chiqishdan kirishga kelgan signallar paydo boʻlishi faza farqiga qarab, teskari bogʻlanish musbat yoki manfiy boʻlishi mumkin. Bu signallar fazasi mos kelsa, kuchaytirgichning koeffitsientlari ortadi va bogʻlanish musbat deb, teskari bogʻlanish natijasida kuchaytirish koeffitsienti bogʻlanish manfiy deb hisoblanadi. Teskari bogʻlanish ayrim hollarda samarali, ayrim hollarda esa zararli taʼsir koʻrsatadi. Teskari bogʻlanish kuchlanish boʻyicha, tok boʻyicha va aralash boʻlishi mumkin, amalga oshirilish usuliga koʻra parallel va ketma-ket boʻladi. Tok boʻyicha teskari bogʻlanishda kirishga berilgan vaqt chiqish tokiga proporsional boʻladi. Past chastotali kuchaytirgichlarda asosan kuchlanish buyicha manfiy teskari bogʻlanish qoʻllaniladi. Teskari boʻlanishning tok yoki kuchlanish boʻyicha ekanligi quyidagicha aniqlanadi. Kuchaytirgichda nagruzka uzatilganda teskari bogʻlanish yoʻqolsa, bogʻlanish tok boʻyicha boʻladi. Agar nagruzka qisqa tutashtirilganda yoʻqolsa, bogʻlanish kuchlanish boʻyicha boʻladi. Bogʻlanishning parallel yoki ketma-ketligini quyidagicha aniqlash mumkin. Signal manbai uzilganda bogʻlanish yoʻqolsa — ketma-ket, qisqa tutashtirilganda yoʻqolsa parallel boʻladi. Signallar manbaining chiqish qarshiligi Zc juda kichik boʻlganda (z→0), teskari bogʻlanish zanjiri shuntlanib qolanadigan boʻlganligidan parallel teskari bogʻlanishni amalga oshirib boʻlmaydi. Signallar manbaining qarshiligi juda katta boʻlganda (Z→∞ ) ketma-ket bogʻlanishni amalga oshirib boʻlmaydi. Kiritilgan teskari bogʻlanish toʻrt qutblilarning koʻpgina xususiyatlarini oʻzgartiradi. Jumladan, kuchaytirglarda: kirish qarshiligini tuzatishi va chiqish qarshiligini oshirishi, xususiy shovqinlar va buzilishlarni kamaytirishi, elementlar parametrlarining oʻzgarishi natijasida kuchaytirgich parametrining oʻzgarishiga sezgirligini kamaytirishi hamda chastota oʻtkazish polosasini kengaytirishi mumkin. Bularning amalga oshirilishi teskari bogʻlanishning qaysi biridan foydalanishga bogliq. Ketma-ket manfiy teskari bogʻlanishda kuchaytirgichning tok boʻyicha koeffitsiyenti oʻzgarmaydi


Download 2,98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Download 2,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Teskari aloqa tarifi,turlari va aniqlanish tarixi

Download 2,98 Mb.