• III. Xonadonlarda elektrdan jaroxatlanishni oldini olish.
  • II. Tajriba xonalarida talabalarga qo’yiladigan talablar




    Download 483,61 Kb.
    bet3/11
    Sana30.09.2024
    Hajmi483,61 Kb.
    #273008
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    «elektrotexnika va elektronika asoslari»

    II. Tajriba xonalarida talabalarga qo’yiladigan talablar.
    1.Talabalar tajriba xonalariga o’qituvchi borligidagina qo’yilishi lozim.
    2. Quyidagilar taqiqlanadi.
    a) kuchlanish ta’sirida bo’lgan g’iloflar, jixozlar va asboblarni o’tkazuvchi qismiga tegish;
    b) o’kituvchi ruxsatisiz tajriba o’tkaziladigan zanjirni tarmoqqa ulash;
    v) yuqori kuchlanishli manbaani ulab – o’chirish.
    3.Mabodo qo’qqisdan tajriba o’tkaziladigan paytda tormoqdagi kuchlanish yo’qolib qolsa, darrov o’qituvchiga aytish lozim. O’qituvchi ruxsatisiz tajriba stendini tarmoqqa qayta ulash tavsiya etilmaydi.
    4.Nazariy jixatdan yetarli tayyorlangan, texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishgan va birinchi yordam ko’rsatishni biladigan talabalargina tajriba o’tkazishga qo’yiladilar.
    5.Baxtsiz xodisa yuz bersa yoki yongin chiqsa, xar bir talaba o’qituvchi yoki boshqa kafedra a’zosi ko’rsatmasiga binoan xarakat qilishlari kerak.
    III. Xonadonlarda elektrdan jaroxatlanishni oldini olish.
    Ba’zi bir texnika xavfsizligi talablarini bajarmaslik xonadonlarda elektr qurilmalaridan foydalanishda yongin chiqishiga xamda elektrdan jaroxatlanishga sabab bo’lishi mumkin.
    Ko’pincha yongin chiqishiga quyidagilar sabab bo’ladi.

    1. Simlarni ochilib qolishi sababli qisqa tutashuv tufayli yongin chiqishi. Bunga mexanik va ximik, xamda simlarni izolyatsiyalovchi materiallarning eskirishi sabab bo’ladi.

    2. Xonadan elektr tarmogini ortiqcha yuklanishi. Bitta rozetkaga tushadigan yuklanish, ku chlanishi 220 B bo’lganda 1700 Bt dan ortiq, 127 B bo’lganda 800 Bt dan ortiq bo’lmasli gi kerak. YUklamaning ortiqchaligidan simlar qiziydi va natijada simlarni ximoyalovchi moddasi (izolyatsiya) kuyib yongin chiqadi.

    3. Buyumlar xamda rozetkalarda tutashtirgich qismlarning kontaktlarini yomon bo’lishi xam yongin chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

    4. Elektr isitkichlarni tez alangalanadigan (parda, qog’oz, yogoch qurilmalar va sh.o’) narsalarga yaqin joylashtirilishi.

    5. Elektr qurilmalarini qarovsiz tarmoqdan uzilmay qoldirilishi.

    6. Suv isitkichlarni, choynaklarni va sh. o’. larni suvsiz tarmoqqa ulanishi.

    7. Uy ruzg’or buyumlaridan foydalanishda kerakli talablarga amal qilmaslik yongingagina emas, balki elektrdan jaroxatlanishga, xatto o’limga xam sabab bo’lishi mumkin. Odam tanasidan 0,05 A tok o’tishi ogir jaroxatga olib keladi. 0,1 A esa inson xayoti uchun xavfli. Odam tanasining qarshiligi katta chegarada o’zgarib turadi, 50 Om ga tushib qolishi mumkin, demak uning 100 B kuchlanish ta’siriga tushishi xayoti uchun o’ta xavfli xisoblanadi. SHuning uchun 220 B yoki 380 B kuchlanishni xavfsiz deb bo’lmaydi.


    Download 483,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 483,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Tajriba xonalarida talabalarga qo’yiladigan talablar

    Download 483,61 Kb.