Elektrotexnika va elektronika




Download 407.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.02.2023
Hajmi407.5 Kb.
#42316
1   2   3   4   5
Bog'liq
1351-Текст статьи-3528-1-10-20221015
EE Yakuniy 2022 2023, MMMS401, 5 мавзу маъруза, Labaratoriya ardayev Akobir, mus 2
Ma’ruza 
turlari 
O‘ziga xos xususiyatlari 
Kirish 
ma’ruzasi 
Talabalarda o‘quv fani to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish 
Ma’lumotli 
ma’ruza 
Talabalarda muammoga doir ma’lumotlarni axborat-ko‘rinishida tarzda 
taqdim etish 
Anjuman-
ma’ruza 
Talabalar tomonidan o‘quv materialini izlanishli tarzda o‘zlashtirilishiga 
erishish 
Muammoli- 
ma’ruza 
Talabalarga muammoli savol, muammoli vaziyat va muammoli 
topshiriqlarni taqdim etish orqali mavzu rejasidagi masalalarni bayon etish 
Ma’ruza- 
munozara 
Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza qismlarini 
o‘zlashtirilishiga erishish 
Vizual-
ma’ruza 
Vizual-materiallarni taqdim etish orqali talabalar tomonidan materialning 
o‘zlashtirilishiga erishish 
Konspektli- 
ma’ruza 
Talabalar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirishga erishish maqsadida 
tushuntirish bilan birga eng asosiy qismlarini yozdirib borish 
Maslahatli- 
ma’ruza 
Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etish 
Binar-ma’ruza Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis-olim bilan birgalikda 
ma’ruzani tashkil etish 
Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika” fanidan 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘tiladigan ma’ruza 
darslariga ikki nuqnai nazardan yondashish mumkin:
1. O‘quv jarayonining tashkiliy shakli sifatida;
2. Bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish metodi sifatida.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan o‘tiladigan ma’ruza darslari boshqa 
og‘zaki, so‘z orqali ifodalanadigan metodlardan:
a) nisbatan qa’tiy belgilangan tarkibi;
b) o‘quv materialini mantiqiy izchillikda bayon qilish;
d) tasniflash, ta’rif berish, obrazli isbotlash;
e) beriladigan axborotning ko‘pbligi;
g) materialni yoritib berishning tizimliligi bilan ajralib turadi.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika” fanidan 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘tiladigan ma’ruza 
o‘quvchi-talabalar bilan muloqotda bo‘lishning alohida shakli va uni boshqa hech 
qanday o‘quv shakli bilan almashtirib bo‘lmaydi. “Elektrotexnika va elektronika” 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5)
ISSN 2181-1709 (P)
252
Education and innovative research 2022 y. №5
fanidan ma’ruzaning oldiga qo‘yiladigan maqsad har xil bo‘lib, bu maqsad maksimal 
darajada amalga oshishi uchun, uning funksiyalariga ahamiyat berish kerak. Bu 
fandan ma’ruza o‘qitishning quyidagi qator funksiyalarini bajaradi:
1. Professional ta’lim berish va dunyoqarashni shakllantirish;
2. Talabalar diqqatini asosiy maqsadga yo‘naltirish.
Bo‘lajak muhandislarga “Elektrotexnika va elektronika” fanidan o‘tiladigan 
ma’ruzada talabalarning diqqat-e’tibori o‘quv materialining asosiy mazmuni, qonun-
qoidalari, ularning nazariy va kelgusidagi amaliyotda, mutaxassislik faoliyatida 
qanday o‘rin tutishi va ahamiyatiga, uni o‘zlashtirish metodlariga qaratiladi.
Idrok, tafakkurni rivojlantimvchi – tinglovchilarda bilmaganini bilishga qiziqish 
uyg‘otadi. Mantiqiy flkrlash va o‘z fikrini asoslashga o‘rgatadi.
Bilim berish, o‘rganayotgan fan bo‘yicha axborot olish, olgan axboroti asosida 
xulosa chiqarish, umumlashtnrnshga o‘rgatish.
Metodologik – ma’ruza jarayonida tadqiqot metodlari taqqoslanadi, qiyoslanadi, 
ilmiy izlanish tamoyillari aniqlanadi.
Talabalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish. Ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol 
bo‘lishi, mehnatga munosabati, ijtimoiy-psixologik xislatlarini shakllantirish.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan ma’ruza darsida mavzuning asosiy 
savollari ketma-ketlik asosida yoritiladi. Albatta, ma’ruzaning metodik jihatdan 
yoritilishi, bayon etilishi qo‘yilgan maqsad, o‘rganilayotgan fanning, mavzuning 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida bulajak muhandislar “Elektrotexnika va 
elektronika” fanidan ma’ruza faqatgina elektrotexnika va elektronika sanoati 
rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib berish bilan cheklanishi kerak emas, 
fanning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda ilmning amaliyotda qanday 
ahamiyatga ega ekanligini, hayotda real muammolarni echishdagi ahamiyatini, echish 
yo‘llarini ham ko‘rsatishi kerak.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan ma’ruza ilmiy va innovatsion xarakterga 
ega bo‘lishi, turli nazariy yo‘nalishlar, ilmiy maktablarning asosiy g‘oyalarini 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida talabalar ongiga yetkazishi 
va olgan bilimini ishonchga aylantirishi kerak. Bu fandan o‘tiladigan ma’ruzaning eng 
zarur sharti auditoriya bilan muloqotga kirishishdir. “Elektrotexnika va elektronika” 
fanidan ma’ruza o‘qish, eng avvalo, unga tayyorlanishdan boshlanadi. Buning uchun 
birinchi navbatda, ma’ruza mavzusi bo‘yicha yangi avlod adabiyotlarini tanlash 
hamda ular bilan tanishib chiqish kerak.
Ikkinchidan, “Elektrotexnika va elektronika” fani bo‘yicha ishlab chiqilgan 
dasturga ko‘ra, ma’ruza rejasi va reja bo‘yicha matn tayyorlanishi hamda darsni 
o‘tkazishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida metodlarni 
tanlab chiqish, dars jarayonini texnologik tizim sifatida tarkibi, ketma-ketligini 
aniqlash lozim.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan bir tanlovli test topshiriqlari yagona 
javobni tanlash imkoniyati berilgan topshiriqlar hisoblanadi. Bir tanlovli savollar 
«asos» deb yuritiladigan tugatilmagan jumla yoki savollardan iborat bo‘lib, unga 
ketma-ket to‘rtta yoki beshta haqiqatga yaqin bo‘lgan javoblar tanlovi keltiriladi. 
Talaba ular orasidan bitta to‘g‘ri javobni tanlashi kerak. To‘g‘ri javob «kalit» deb, 
noto‘g‘ri javoblar «chalg‘ituvchi» javoblar deb ataladi.
Texnika oliy ta’lim muassasalrida “Elektrotexnika va elektronika” fanidan 
pedagog-xodimlarining ma’ruzaga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga 
tashlanadi – diagnostika, tashhislash, prognoz qilish, loyihalashtirish, rejalashtirish.



Download 407.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 407.5 Kb.
Pdf ko'rish