Elektrotexnika va elektronika




Download 407.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.02.2023
Hajmi407.5 Kb.
#42316
1   2   3   4   5
Bog'liq
1351-Текст статьи-3528-1-10-20221015
EE Yakuniy 2022 2023, MMMS401, 5 мавзу маъруза, Labaratoriya ardayev Akobir, mus 2
Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
253
http://interscience.uz
Diagnostika – bu darsni tashkil etishning archa vaziyatlarini “oydinlashtirib” 
olishdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, 
motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv 
materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni 
o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini 
nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Prognoz qilish – bo‘lajak darsni o‘tkazishning turli varianlarini baholash va 
ulardan qabul qilingan mezonlar bo‘yicha eng ma’qulini tanlab olishga qaratiladi.
Loyihalashtirish, rejalashtirish darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichidir. 
Uning natijasi o‘quvchilar idrok etish faoliyatini boshqarish dasturining yaratilishi 
hisoblanadi. Boshqarish dasturi qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun 
boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari, kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni 
kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan 
qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirishni 
belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir.
Yuqorida ifodalangan “Elektrotexnika va elektronika” fanidan hamma 
ma’ruzalarning majburiy elementi tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi.
Tashkiliy bosqich maqsadlarni qo‘yish va ularni talabalar tomonidan qabul 
qilish sharoitlarini ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o‘quv faoliyati motivlarini 
dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish yuzasidan beriladigan 
ko‘rsatmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Ma’ruzaga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, ularga 
erishishda barcha yoki yakka o‘quvchilarning alohida ishtiroki belgilanadi, ishlari 
baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Shuningdek, “Elektrotexnika va elektronika” fanidan ma’ruza davomida 
pedagog-xodim zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ma’ruza vaqtini to‘g‘ri 
taqsimlay olishi lozim. Bu jarayonda ma’ruzaning kirish qismiga 5-10 daqiqa, asosiy 
qismining bayoniga 60-70 daqiqa, xulosa qismiga esa 5-10 daqiqa vaqt ajratilishi 
talabalarga samarali bilim berish kafolati sifatida qaraladi.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika” fanidan 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ma’ruza matnini tuzish 
qoidalari va talablariga asosan har bir ma’ruza quyidagi uchta asosiy maqsadga 
erishishga yo‘naltiriladi. 1. O‘qitish. 2. Tarbiyalash. 3. Rivojlantirish. Ana shularni 
hisobga olib ma’ruzaga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi 
talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq 
belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga 
olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini 
kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, 
dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan 
birga talabalar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, tezkor 
qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy 
mo‘ljal va darsni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalar asosida mahorat 
bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Ma’ruzaga tarbiyaviy talablar o‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini 
aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni 
shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari hamda mazmunidan tabiiy 
ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, talabalarni umuminsoniy 
qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlari, tirishqoqlik, tartiblilik, 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5)
ISSN 2181-1709 (P)
254
Education and innovative research 2022 y. №5
mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, 
halollik va boshqalarni shakllantirish.[9]
Hamma darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi 
talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy 
tashabbuskorlik va faollikni shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning 
idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish lozim. O‘quvchilarning 
intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra 
bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini 
operativ qayta ishlash kabilar kiradi.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan ma’ruzalar kursi – fanning o‘quv dasturi 
bo‘yicha ma’ruzalar kursining nomi shu fan nomi bilan atalgan, undagi barcha 
mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga 
qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, 
o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, mavzuga tegishli tayanch atama 
va iboralar keltirilgan oliy ta’lim muassasalarining Kengashi tavsiyasi asosida chop 
etiladigan nashr.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan ma’ruzalar to‘plami – ushbu fanning 
o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, 
birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha 
o‘quv adabiyotlar ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi, 
mavzuga tegishli tayanch atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda ilmiy-tadqiqot 
izlanishlar asosida yangilanib turiladigan, oliy ta’lim muassasalarining Uslubiy 
Kengashi tavsiyasi bo‘yicha chiqariladigan kichik adadda nashr qilingan tarqatma 
material.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan elektron ma’ruza – interaktiv elementlar 
va giperuzatishlarni qo‘llab, o‘quv fani ma’ruza materialini namoyish qiluvchi 
multimedik tizim.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish 
texnologiyasi
Vaqti - 2 soat 
Talabalar soni: 50-80 ta 
O‘quv mashg‘uloti shakli 
Kirish, vizual ma’ruza 
Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi: 
1. Ma’ruzalarning tasniflash belgilari va turlari 
2. Ma’ruzalarning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar 
3. Ma’ruzalarga tayyorlanish bosqichlari 
4. Ma’ruzaning tarkibiy qismlari 
5. Ma’ruzalarni o‘qishda uslubiy 
yondoshuvlar 
6. Ma’ruza matnini tuzish qoidalari va talablari 
7. Muammoli ma’ruza 
8. O‘quv 
mashg‘ulotining 
maqsadi: Talabalarga 
ma’ruzalarning tasniflash belgilari va turlari, 
ma’ruzalarning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar, 
ma’ruzalarga tayyorlanish bosqichlari, ma’ruzaning 
tarkibiy qismlari, ma’ruzalarni o‘qishda uslubiy 
yondoshuvlar, ma’ruza matnini tuzish qoidalari va 
talablari, muammoli ma’ruzani o‘rgatish mavzuning 
maqsadini tashkil etadi 
Pedagogik 
vazifalar: 
ma’ruzalarning tasniflash belgilari 
va turlari, ma’ruzalarning sifatini 
belgilovchi 
ko‘rsatkichlar, 
ma’ruzalarga 
tayyorlanish 
bosqichlari, ma’ruzaning tarkibiy 
qismlari, ma’ruzalarni o‘qishda 
uslubiy yondoshuvlar, ma’ruza 
matnini tuzish qoidalari va 
talablari, muammoli ma’ruza 
to‘g‘risida mukammal bilimlar 
berish 
O‘quv faoliyatining natijalari: 
Talaba: ma’ruzalarning tasniflash belgilari va turlari, 
ma’ruzalarning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar, 
ma’ruzalarga tayyorlanish bosqichlari, ma’ruzaning 
tarkibiy qismlari, ma’ruzalarni o‘qishda uslubiy 
yondoshuvlar, ma’ruza matnini tuzish qoidalari va 
talablari, muammoli ma’ruza haqidagi bilimlarni 
o‘rganish 
O‘qitish uslubi va texnikasi 
Vizual ma’ruza, bayon qilish 
O‘qitish vositalari 
Ma’ruza matni, proektor, tarqatma materiallar 
O‘qitish shakllari 
Ommaviy 
O‘qitish shart-sharoiti 
Proektor, komp’yuter bilan jixozlangan auditoriya 


Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)

Download 407.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 407.5 Kb.
Pdf ko'rish