IMPROVEMENT OF TEACHING LECTURES ON THE SUBJECT




Download 407.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi407.5 Kb.
#42316
1   2   3   4   5
Bog'liq
1351-Текст статьи-3528-1-10-20221015
EE Yakuniy 2022 2023, MMMS401, 5 мавзу маъруза, Labaratoriya ardayev Akobir, mus 2
IMPROVEMENT OF TEACHING LECTURES ON THE SUBJECT 
“ELECTRICAL ENGINEERING AND ELECTRONICS” IN TECHNICAL 
HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS
Nematov Laziz Alisherovich,
Bukhara Institute of Engineering and Technology, trainee researcher
Abstract: The article describes the organization of lectures on the subject 
of “Electrical Engineering and Electronics” based on modern pedagogical and 
information technologies, classification features and types, indicators of their quality, 
stages of preparation for lectures, components, methodological approaches to 
teaching and shows a technological map of lectures.
Key words: Lectures, classification, signs, types, quality, defining indicators, 
stages, components, reading, methodical approach, organization, preparation, 
holding.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika” 
fanini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o‘qitishni 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5)
ISSN 2181-1709 (P)
250
Education and innovative research 2022 y. №5
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu – ma’ruzani sifatini oshirishning 
samaradorlik shartlari bo‘lib, ta’lim vositalari, pedagogik texnika va faol ta’lim 
usullarini qo‘llash hisoblanadi.
Avvalo ma’ruzaga ta’rif berilganda, ma’ruza – bu talabalarga, tinglovchilarga, 
malaka oshiruvchilarga, anjuman ishtirokchilariga axborot berish. Ma’ruza o‘quv 
jarayonining asosiy bo‘g‘ini, dars o‘tishning asosiy shakllaridan biridir. Ma’ruza 
bilimni so‘z bilan ifodalash, og‘zaki bayon qilish ko‘zda tutilgan, hajmining 
kattaligi, mantiqiy qurilishi, umumlashtirishning murakkabligi bilan ajralib turadi. 
Ma’ruza (arabcha, leksiya (lot. lectio) – o‘qish) o‘quv materiali, biror masala, mavzu 
kabilarning mantiqiy izchil, ma’lum bir tizimga solingan bayonidir.[6]
Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika” fanidan 
mavzular bo‘yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida 
ma’ruzalarni olib borish o‘qituvchining rahbarligi asosida aniq belgilangan vaqt 
davomida bo‘lg‘usi muhandis talabalarni, ularning har birining xususiyatlarini 
hisobga olish, hamma talabalar bevosita mashg‘ulot davomida o‘rganilayotgan fan 
asoslarini egallab olishlari, talabalarning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy 
sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratuvchi ish 
vositalari, metodlaridan foydalanishning tashkiliy shaklidir.
Oldindan ko‘zlangan xatoliklar bilan ma’ruzaning pedagogik vazifalari – bu 
yangi material mazmunini yoritib berish, talabalarni taklif etilayotgan ma’lumotni 
doimo nazorat qilishlariga qiziqtirishdir.[7]
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalari asosida tashkil etiladigan ma’ruza darslari – texnika oliy ta’lim 
muassasalarida ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni 
amalga oshirishga imkon beradi.
1. Yo‘naltiruvchi – talabalarni o‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor 
qaratishga imkon berish.
2. Axborot – professor-o‘qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan 
bog‘liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi.
3. Metodologik – ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari 
bayon etiladi.
4. Tarbiyalovchi – talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish 
madaniyatini shakllantirish.
5. Rivojlantiruvchi – talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish 
qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradi.
Ma’ruza darslari quyidagi turlar bilan farqlanadi:
– kirish ma’ruzasi;
– ma’lumotli ma’ruza;
– anjuman-ma’ruza;
– muammoli-ma’ruza;
– ma’ruza-munozara;
– vizual-ma’ruza;
– konspektli-ma’ruza;
– maslahatli-ma’ruza.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika” fanidan 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ma’ruza darslarni samarali 
o‘qitish shakllari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi:
– muammoli ma’ruza;
– videoma’ruza, vebinarlar;


Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
251
http://interscience.uz
– binar ma’ruza;
Binar ma’ruza – “Binar” so‘zi lotinchada olingan bo‘lib, “qo‘sh”, “ikki” degan 
ma’noda qo‘llaniladi. Bunday mashg‘ulotning olib borilishi ikki vakil: o‘qituvchi va 
metodist; o‘qituvchi va o‘quvchi; taklif etilgan mutaxassis va o‘qituvchi; o‘qituvchi 
va tyutor (maslahatchi) o‘rtasidagi interfaol suhbat, bahs-munozara va axborotlar 
almashinuvini namoyon qiladi.
Trening – trening zamonaviy ta’lim shakllaridan biri hisoblanib, u interfaol 
mashg‘ulotlarni amalga oshirishning o‘ziga xos ko‘rinishidir.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Elektrotexnika va elektronika” fanidan 
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ma’ruza darslarining 
asosiy qismini muammoli ma’ruzalar bilan tashkil etish maqsadga muvofiq. Ma’ruza 
darslarini o‘tadigan pedagog-xodimlar muammoli-ma’ruzalar olib borish bilan 
talabalarga muammoli savol, muammoli vaziyat va muammoli topshiriqlarni taqdim 
etish orqali mavzu rejasidagi masalalarni bayon etadilar. Ushbu jarayonda talabalar 
qo‘yilgan muammoga echim izlaydilar va ma’ruzani puxta o‘zlashtirgan holda 
muammoning echimini topadilar.
“Elektrotexnika va elektronika” fanidan zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalari asosida o‘tiladigan ma’ruzalarning sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlar:

Download 407.5 Kb.
1   2   3   4   5




Download 407.5 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IMPROVEMENT OF TEACHING LECTURES ON THE SUBJECT

Download 407.5 Kb.
Pdf ko'rish