|
II. Elektr ta’minoti tizimi ishonchliligini amalga oshirish tadbirlari
|
bet | 6/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 220 Kb. | | #228553 |
Bog'liq Baxtiyor ETIII. Elektr ta’minoti tizimi ishonchliligini amalga oshirish tadbirlari.
Ishonchlilikni oshirish uchun amalga oshiriladigan tadbirlarga 2 xil yondashuv mavjud:
1. Nazarda tutilgan tadbirlar 9.7.-tenglamadagi xarajatlarning miqdori bo‘yicha muhimligiga qarab farqlanadi, maqsadli funksiyaning minimum shartiga javob beradigani tanlab olinadi. Ishonchlilikni oshirish vositalari kompleks ravishda qo‘llaniladi. Shuning uchun bu variantlarni reallashtirish yo‘llari ko‘p. 9.7.-tenglamadagi shart bajarilishi uchun murakkab ilmiy-texnik masalani еchish zarur.
Amaliyotda iste’molchilarni elektr bilan ta’minlashning har xil darajada zaxiralash nazarda tutgan bir-biriga zid bo‘lgan variantlarni mo‘ljallanadi.
Variantlardan biri, keltirilgan xarajatlari eng kam bo‘lgani, iste’molchilarga еtkazib berilmagan elektr energiyadan еtkazilgan ziyon xisoblangani tanlab olinadi. Odatda bu usul elektr ta’minoti sxemasini loyihalanayotganida qo‘llaniladi.
2. Ishonchlilikni oshirish tadbirlarining harajatlari bazaviy variantdan nisbiy kichik songa ΔZ (5% dan ko‘p bo‘lmagan) kattalashadigani tanlanadi va farqlanadi.
Variantlar soni juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Shunga qaramasdan masala birinchi xilga qaraganda osonroq еchiladi. ΔZ ni o‘zgartira borib kerakli ishonchlilikni ta’minlaydigan elektr ta’minot sxemasini tuzish mumkin. Bu uchun elektr ta’minotini ekspluatatsiya qilishda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Xar ikki yo‘l ham juda ko‘p variantlar ichidan ishonchlilikni sonli baholash zarurligini nazarda tutadi.
Masala Elektr energiya uzatish sistemasi kuchaytiruvchi transformatordan T1 elektr uzatgish liniyasi ikki zanjiridan L va ikki pasaytiruvchi transformatorlardan T2 tashkil topgan. Iste’molchi istalgan zanjirda o‘ziga zarur quvvatni olishi mumkin. Biroq pasaytiruvchi transformator quvvatning 50% ni o‘tkaza oladi. Transformator T1 ning shikastlanish ehtimoli =0,05 bir zanjirning L ql=0,03; pasaytiruvchi transformatordan biri =0,006. Barcha elementlar shikastlanishini bir–biriga aloqasi bo‘lmagan tasodifiy xodisalar deb xisoblash kerak.
Doimiy quvvat berilyapti deb faraz qilib, (100, 50, 0)% quvvat uzatish ehtimolini aniqlash talab qilinadi.
Yechim.
100% quvvatni uzatish ehtimoli sharti: T1 shikastlanmagan, aqalli bitta zanjir L ishda va ikki transformator T2 shikastlanmagan
50 % quvvatni uzatish ehtimoli sharti : T1 shikastlanmagan, aqalli bitta zanjir L ishda va bitta transformator T2 shikastlangan
0% da iste’molchining elektr ta’minotini to‘liq yo‘qotish ehtimoli transformator T1, ikkita zanjir L va ikki pasaytiruvchi transformatorlar T2 shikastlanishlar yig‘indisi ehtimoliga teng
|
| |