-REFARAT Elektr taminoti tizimining ishonchliligini hisoblash usullari




Download 220 Kb.
bet5/11
Sana13.05.2024
Hajmi220 Kb.
#228553
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Baxtiyor ETI

5-REFARAT
Elektr taminoti tizimining ishonchliligini hisoblash usullari
I. Elektr ta’minoti tizimi ishonchliligini amalga oshirish vositasi.
Ishonchlilik (texnik ob’ektning berilgan vazifani berilgan hajmda aniq sharoitda bajara olish qobiliyati), juda ko‘p tasodifiy yoki tasodifan sodir bo‘lmaydigan hodisalarga bog‘liq. Elektr ta’minoti tizimining bu qobiliyati ko‘rsatgichlarini o‘zgartirish vositalari va usullari xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Elektr tarmoqlarini texnik tizim sifatida ekspluatatsiya qilish davomida ishonchlilik ko‘rsatkichlarini ko‘tarish vazifasi qo‘yiladi.
Elektr tarmoqlari va ta’minoti tizimi ishonchliligini oshirishning asosiy usuli – bu elektr energiyani uzatish va taqsimlash tizimini eng ishonchli bo‘lmagan («tor») qismlarini aniqlash va ishonchlilik darajasini har xil formada ortig‘i bilan kiritilgan:
- zaxiralash;
- material va konstruksiyalarni mukammallash;
- texnik xizmat ko‘rsatish;
- jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish;
- himoyalash va avtomatlashtirish;
- kuchlanish sifatini oshiruvchi kompensatsiyalovchi hamda rostlash uskunalarini o‘rnatish va h.k. kabilar bilan ko‘tarish.
Elektr ta’minoti tizimi va taqsimlovchi tarmoqlar ishonchliligini ko‘tarish quyidagilarni tuzishga qaratilgan:
- elektr ulatish sxemalarini ratsionallashtirish (podstansiyalarning taqsimlovchi qurilmalari va stansiyalarning sxemalari);
- tarmoqni avtomatik qurilmalar bilan optimal ravishda ta’minlash;
- avariyadan keyingi holatlarda kuchlanish tushishini oldini oladigan reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi va rostlovchi uskunalarni iste’molchilar yaqiniga o‘rnatish;
- podstansiyalarni teleulovchi va telemexanizatsiyalovchi qurilmalar bilan uskunalash;
- murakkab tarmoqlarni uzib-yoqishni avtomatlashtirish;
- releli himoya va avtomatikani mukammallashtirish (sezgir bo‘lmagan zonani kamaytirish);
- mikroprotsessorli texnika qo‘llash yordamida avtomatika va releli himoyaning mantiqiy imkoniyatini oshirish;
Havo va kabel liniyalarda ishonchlilik quyidagi vositalar bilan amalga oshiriladi:
- shikastlanishni qidiruvchi qurilmalarni qo‘llash bilan;
- avariyaviy ta’mirlash vaqtini qisqartirish bilan;
- kuchlanish ostida ta’mirlash bilan;
- ta’mirlovchi bazalarni elektr qurilmalarining ehtiyot qismlari va transport bilan ta’minlash;
- profilaktik ta’mirlash, ko‘rik va eskirgan qismlarni almashtirishni optimallashtirish;
- neytral nuqtasi izolyatsiyalangan tarmoqlarda (6-35 kV) bir fazali qisqa tutashuv toklarini kompensatsiyalovchi qurilmalarni avtomatlashtirish;
Elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishda releli himoya va avtomatikani mukammallashtirishdan tashqari qo‘llaniladigan boshqa barcha tadbir va vositalar uchun katta mablag‘ hamda mehnat sarflanadi. Shuning uchun elektr ta’minoti tizimi taqsimlovchi qurilmalarini mukammallashtirish katta axamiyatga ega.
Elektr ta’minoti tizimining tarmoqlarini ratsional va ishonchli tizimda, elektr energiyani transformatsiyasini kamaytirish, ishdan chiqqan elemantning vazifasini bittaga emas, balki bir necha elemantga, shu jumladan kichik kuchlanishli tarmoqlarga taqsimlash, tarmoqda xaddan tashqari ko‘p avtomatik kommutatsiyalovchi qurilmalarni ishlatmaslik kerak, chunki shu apparatlarning o‘zlari avariya holatiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sanoat korxonalarining elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlash ishlab chiqarish texnologik sxemasi bilan birgalikda elektr energiya iste’molchilari orasidagi texnologik bog‘liqlik va texnologik zaxiralashlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Bunda barcha barcha ma’suliyatli motorlarni tarmoqdagi kommutatsion o‘zgarishlardan so‘ng o‘z-o‘zidan ishga tushishi holatlari hisobga olinishi kerak. Iloji boricha bir necha kabel liniyalar bir trassada joylashtirilmasligi, bir necha havo liniyalari esa bir tayanchga o‘rnatilmasligi kerak.

Download 220 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 220 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-REFARAT Elektr taminoti tizimining ishonchliligini hisoblash usullari

Download 220 Kb.