|
-REFARAT
Ishonchlilikning texnik iqtisodiy tahlili
|
bet | 10/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 220 Kb. | | #228553 |
Bog'liq Baxtiyor ETI10-REFARAT
Ishonchlilikning texnik iqtisodiy tahlili
Energetika sohasida ishonchlilikni texnik-iqtisodiy tahlili. Berilgan iste’molchini manba bilan bog‘lash liniyalarigina hisobga olinadi. Manbalar cheksiz quvvatli hisoblanib bir tugunga yig‘iladi. 35-220 kVli ikki zanjirli liniyalar uchta blok bilan almashtiriladi. Ikkita paralel blok alohida liniyalarning ishdan chiqishini hisobga oladi va Tреж.i, Tмаж.i, ωмаж.i va ωреж.i. ko‘rsatkichlar bilan beriladi. Ketma-ket blok 2 ta liniyani birdan ishdan chiqishini hisobga oladi va ωмаж.i Т маж.i . ko‘rsatkichlar bilan beriladi. Hisoblash sxemalarni soddalashtirish ketma-ket va paralel ulangan bloklarni ekvivalentlash asosida amalga oshiriladi. Soddalashtirish natijaviy blok hosil bo‘lguncha davom etadi. Natijaviy blokning chidamlilik va rejaviy ta’minlash ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sxemaning ko‘rsatkichlariga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkichlar zararni aniqlash uchun ishlatiladi. Paralel ulangan elementlar yuqori darajali ishonchlilikni ta’minlaydi, shuning uchun ko‘pincha energiya uzilishi bilan bog‘liq zararni aniqlashda hisobga olinmaydi. Loyihalash va ekspluatatsiya jarayonida tanlangan optimal texnik yechim minimal xarajatlar yordamida amalga oshadi deb hisoblanadi. Bir necha variantlardan eng optimalini aniqlash uchun qurilish va ekspluatatsiya qilishga sarflanadigan xarajatlarni hisoblash zarur. Qurilishning davomiyligiga qarab keltirilgan xarajatlar har xil hisoblanadi. Agar qurilish va ishga tushirish 1 yil davomida amalga oshirilsa:
Х = Еn ·К+ Ix
bu yerda, X- keltirilgan xarajatlar; K- kapital xarajatlar; En- kapital xarajatlarning effektivligini hisobga oluvchi koeffitsient; Ix- ishlab chiqarishdagi xarajatlar; Agar ob’ekt T yil davomida qurilsa:
bu yerda, EH - har xil vaqtdagi xarajatlarni hisobga oluvchi koeffitsient, u davlatning moliyaviy siyosati bilan bog‘liq bo‘lib, energetika sohasi uchun EH 0,08 ga teng deb qabul qilingan; Kt- t- chi yildagi kapital xarajatlar; τ – keltirilgan xarajatlar hisoblanadigan yil (ko‘pincha qurilishning birinchi yili); Qaysi variantning keltirilgan xarajatlari kam bo‘lsa, o‘sha variant optimal deb hisoblanadi. Solishtirilayotgan variantlar bir qator sabablarga asosan ishonchlilik bo‘yicha har xil darajali bo‘lishi mumkin. Bu esa asosiy talabning ishlab chiqarish va xalq xo‘jaligi effektini har xilligiga olib keladi. Ishonchliligi har xil variantlar solishtirilayotganda uskunalarning ishdan chiqishi bilan bog‘liq bo‘ladigan zarar va ishochlilikni yetarli darajaga ko‘tarish uchun sarflanadigan xarajatlarni hisobga olish kerak. Avariyaviy (va rejali) elektr ta’minotidagi tanaffusni ob’ekt qurilishiga sarflanadigan qo‘shimcha o‘rtacha xarajatlar sifatida qabul qilinadi. Iqtisodiy zarardan tashqari pul bilan ifodalanmaydigan sotsial va ekalogik zararlar ham bor. Iqtisodiy zarar iste’molchilarning va energiya bilan ta’minlovchi tashkilotning zararidan tashkil topadi. Iqtisodiy zarar sabablari: to‘xtash, to‘liq ishlatilmaslik, resurslardan to‘liq foydalanmaslik yoki resurslarni tugatish, mahsulot sifatini tushirish, ishlab chiqarish elementlarini noto‘g‘ri sarflash. Iqtisodiy zararning tarkibi: - uskunaning avariya natijasida ta’mirlanishi yoki uni oldinroq likvidatsiya qilinganligidan kelib chiqadigan sarf; - elektrik rejimning optimal darajadan og‘ishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha sarf narxi; - avariya holatida o‘chirilgan elektr stansiyadagi agregatlarning qaytadan ishga tushirish uchun sarflanadigan yoqilg‘ining narxi; - ta’mirlanadigan uskunalarni demontaji va transportirofkasi bilan bog‘langan xarajatlar; - o‘rin bosuvchi agregatlarda elektr energiya ishlab chiqarish uchun sarflanadigan qo‘shimcha xarajatlar; - iste’molchilarni avariya natijasida o‘chirishdan kelib chiqadigan uskunalarning to‘xtab turishi va ishchilarning ishsiz qolishi; - iste’molchilarni maksimum vaqtida elektr energiya bilan ta’minlolmaslikdan kelib chiqadigan zarar; - elektr energiyasini tiklash vaqtida iste’molchilarni to‘satdan o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan zarar;
|
| |