69
3.1-jadval
Marketing tadqiqotlarining yo„nalishlarini turkumlash belgilari
Tadqiqotlarni turkumlash belgilari
Tadqiqotlarning
yo‗nalishlari
va ularni
amalga oshirish xususiyatlari
Tadqiqot maqsadlariga ko‗ra
Axtarish, tavsiflash, eksperiment o‗tkazish
yuzasidan tadqiqotlar
Marketing elementlari bo‗yicha
Tovar, narx, distribyusiya,
kommunikatsiya
yo‗nalishidagi tadqiqotlar
Bozordagi tadqiqotlarni amalga oshirish
ko‗lamiga ko‗ra
Mahalliy, milliy, xalqaro miqyosida
Tadqiqotlarni amalga oshiruvchi sub‘ektlar
ishtirokiga ko‗ra
Bevosita
firma
ishtirokida,
marketing
vositachisi ishtirokida,
tanlangan maxsus
ishtirokchilar vositasida
Tadqiqotlarni o‗tkazish davriyligiga ko‗ra
Bir marotabali, mavsumiy,
favqulodda va
boshqa jihatdagi tadqiqotlar
Shu sababdan marketing tadqiqotlarini uyushtirish bozorning rivojlanish
holati, raqobat jadalligi, firmalarning ushbu bozorlarda faoliyat yuritish maqsadlari
va vazifalar inobatga olinishi zaruriy ahamiyat kasb etadi.
Marketing tadqiqotlari yo‗nalishlarini belgilashda tegishli firmaning bozorda
faoliyat yuritish o‗rni, vazifalarini inobatga olish lozim. Marketing tadqiqotini
amalga oshirishda izlanish muammosi bilan uning maqsadlari o‗rtasida tafovut –
farqlanish mavjudligiga etarlicha e‘tibor berilmaydi.
Buning oqibatida keyingi
bosqichlarda sezilarli xatolarga yo‗l quyiladi. Shu sababdan to‗g‗ri va aniq
belgilangan muammo, tayinli maqsadga erishish uchun puxta zamin yaratadi.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri bo‗lib bu –
tadqiqot rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur bo‗lgan
ma‘lumotlar va axborotlarni to‗plash manbalari,
uslublari, qurollari, tanlov
o‗tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma‘lumotlar va
manbalardan bir necha marotaba
tegishli sohalarda foydalanish, ularni qayta
ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so‗rov, guruhli bahs eng qo‗p
qullaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning tegishli
70
bosqichlarida samarali axborot to‗plash,
uni qayta ishlash, texnik vositalaridan
samarali foydalanishni nazarda tutadi.