• Adabiyotlar ro„yxati
  • 4-BOB. MARKETING TIZIMI VA SOHASI 4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari
  • Nazorat va mulohaza uchun savollar




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    Nazorat va mulohaza uchun savollar 
    1. Marketing tadqiqotlari tizimi deganda nimani tushunasiz? 
    2. Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday? 
    3. Marketing axborotini asosini nimalar tashkil etadi? 
    4. Amaliyotda axborot to‗plashni qanday uslublari qo‗llaniladi? 
    5. Axborot to‗plashni imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz? 
    6. Axborotlarni tahlil qilish qanday olib boriladi? 
    7. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan 
    foydalaniladi? 
    8. Axborot manbalari nimalardan iborat? 
    9. Marketing tadqiqotlarining qanday uslublarini bilasiz? 
    10. Dala tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz? 
    Adabiyotlar ro„yxati 
    1. Икрамов М.А., Абдухалилова Л.Т. Маркетинг тадқиқотларида 
    статистик таҳлил. Ўқув қўлланма. – Т.: ―Иқтисодиѐт‖, 2017 й. 382 б. 
    2. Икрамов М.А., Абдухалилова Л.Т. Набиева Н.М. Маркетинг 
    тадқиқотлари. Ўқув қўлланма. – Т.: ―Иқтисодиѐт‖, 2017 й. 179 б. 
    3. Котлер Ф., Келлер К.Л. Маркетинг. Менежмент. 14-с издание. -СПБ.: 
    2015. 800 с. 
    4. Малхотга Н.К. Маркетинговые исследования. Практ.Ру.во. – М.: ИД 
    «Вильямс», 2016.-33 с. 


    72 
    5. Котлер Ф. Маркетинг от А до Я: 80 конценций, которые должен
    знать каждый менеджер. –М.: АЛЬПИНА ПАЛИШЕР, 2013.-211 с. 
    6. Эргашходжаева Ш.Дж., Самадов А.Н., Шарипов И.Б. Маркетинг. 
    Дарслик. - Т.: Иқтисодиѐт, 2013. -346 б. 
    7. Қосимова М.С., Абдухалилова Л.Т. Маркетинг тадқиқотлари. Ўқув 
    қўлланма. – Т.: ―Иқтисодиѐт‖, 2012 й. 159 б. 
    8. Юсупов М.А., Абдурахмонова М.М. Маркетинг. – Т.: Иқтисодиѐт, 
    2012.-190 б. 


    73 
    4-BOB. MARKETING TIZIMI VA SOHASI 
    4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketinglari 
    Marketing tizimi - bu qo‗yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor 
    talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o‗zida 
    to‗rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va siljitishlarni 
    birlashtiradi. 
    Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat darajasi, 
    sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o‗lchovning holati, alohida 
    shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud mahsulotni sotishni to‗xtatish 
    paytini aniqlab olish kerak. 
    Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub‘ektlar yig‗indisidan 
    iboratdir. Marketing tizimi o‗z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: 
     ta‘minotchilar; 
     raqobatchilar; 
    vositachilar
     iste‘molchilar (bozor); 
     firma (kompaniya). 
    Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‗rab turgan muhit 
    ta‘sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik 
    va ekologik omillar kiradi. 
    Ta‘minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar yig‗indisidan 
    tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari bilan ta‘minlaydi. 
    Raqobatchilar – hohishi bo‗yicha, safdosh tovar bo‗yicha, tovar turi bo‗yicha, 
    tovar markasi bo‗yicha turkumlanadi. 
    Marketing bo‗yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini 
    mijozlarga etkazish, sotish, aloqa o‗rnatish bo‗yicha yordam ko‗rsatuvchilardir. 
    Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga 
    bo‗linadi. 


    74 
    Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. 
    Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim holatlarini 
    transportirovka qilish bilan shug‗ullanish. 
    Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‗urta va boshqa moliyaviy 
    xizmatlarni amalga oshiradi. 
    Iste‘molchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruhi 
    bo‗lib, ular bozorda mavjud bo‗lgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. 
    Iste‘molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste‘molchini xulq-
    atvorini o‗rganish, uni ehtiyojini firma mahsulotiga bo‗lgan munosabatini 
    o‗rganish, tahlil qilishdan iborat. 
    Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‗zaro ta‘sir o‗tkazib, 
    dialektik bog‗liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik jarayonlarni 
    egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar 
    sabab bo‗ladi. 
    Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi, 
    maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta‘minlovchi barcha omillarning o‗zaro 
    aloqasidir. 
    Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‗oyat serqirradir. Uning tarkibi yoki 
    faoliyat sohalarida quyidagicha: 
    - ishlab chiqarish vositalari marketingi; 
    - iste‘mol tovarlari marketingi, 
    - xizmat ko‗rsatish marketingi singari turlarini ko‗rsatish mumkin.
    Buning har birining faoliyatida umumiy tamoyillar va vazifalar saqlanib 
    qoladi, ammo bu yo‗nalishlarning har biri o‗ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. 
    Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish 
    talablarini hisobga olishga asoslanadi. SHu sababli maqsadga muvofiqlik 
    maqbullik qat‘iy uyg‗unlik eng birinchi o‗rinda turadi. 
    Iste‘mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo‗lgan 
    iste‘molchilarning keng doiralari bilan bog‗liq. 


    75 
    Bu sohada iste‘molchi fe‘l - atvorining tub mohiyatini o‗rganishga katta 
    e‘tibor beriladi. Xususan, iste‘molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot sotishni 
    uyushtirish, bularning barchasi iste‘mol tovarlari bozorida marketing faoliyatining 
    asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do‗konlarda o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish 
    tamoyillari iste‘mol tovarlari marketingi samarasi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish