66
3.5. To„plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma‘lumotlar
qayta ishlanishi,
umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:
tartibga solish;
masshtablashtirish;
umumlashtirish va tahlil qilish.
Ma‘lumotlarni tartibga solish ma‘lumotlarni kategoriya bo‗yicha, ularni
tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat.
Kategoriya bo‗yicha ma‘lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf
yoki zonalar bo‗yicha amalga oshiriladi.
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko‗rinishga ega bo‗lgan ma‘lumotlarni
ko‗rib chiqish tushuniladi. Ko‗rib chiqilgan materiallar ma‘lumotlarini jadval
ko‗rinishida ko‗rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi.
Shkalalashtirish aniq o‗lchamlari orqali aniqlash asosida ma‘lumotlarni
klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala,
tartibli shkala va son
shkalalari qo‗llaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi.
Marketingda tahliliy uslublar ichida ko‗proq: trend tizimi, regressiya va
korrelyasiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar
qo‗llaniladi.
Axborotni
qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina
texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va
operativligiga qo‗yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga
ko‗ra hisoblash jadvallari va monogrammalar,
hisoblash asboblari, hisoblash
mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.
3.6. Marketing tadqiqotlarining yo„nalishlari va uslublari
Marketing tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng
o‗rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish,
67
ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va
tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda
muayyan yo‗nalishga va maqsadga bo‗lgan marketing tadqiqotlari muhim o‗rin
egallaydi.
Har
bir tashkilot, firma o‗z bozori va xaridori ko‗lamini saqlash, ular
salmog‗ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing
tadqiqotlarini amalga oshirmog‗i lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf xarajatlarni talab etadi. Asosan
yirik firmalar o‗z tarkibiy tuzilmalari miqyosida marketing tadqiqotlarini
o‗tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo‗yicha tadqiqotlarni o‗tkazishga imkoniyat va
muayyan zaruratlar doimiy bo‗lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida
ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli,
ayrim muammolarni
ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda
axborot olib turadilar.
AQSHda eng yirik va mashhur firmalar o‗z marketing tadqiqotlarini asosan
besh sohada amalga oshiradilar:
1. Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar.
2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar.
3. Tashkilotning ichki va tashqi ma‘suliyatini baholashga oid tadqiqotlar.
4. Bozordagi holat tahlili.
5. Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar.
Mavzu jihatdan marketing tadqiqotlari bir-birini to‗ldiruvchi bo‗lishi bilan
birga, bir - biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga
qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor
imkoniyatlarini
izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar
mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv
shahobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hokazolar.
Ushbu mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qo‗llanishi,
axborot ko‗lamining qayta ishlanishi, boshqa ko‗rsatkichlarning inobatga olinishi,
bir necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu
68
mavzular bo‗yicha so‗nggi paytlarda ishlab chiqarilgan
umumiy va maxsus
kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin. Umuman olganda, marketing
dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta‘sir qiluvchi
ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:
demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;
aholi va korxonalarning daromadi, harajati, iste‘mol jamg‗armalarining
tarkibi;
baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;
soliqlar tizimi;
raqobatchilar faoliyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ham ana shunday
axborotlar jumlasiga kiradi.
Marketing tadqiqotlarining yo‗nalishlari, albatta bozorning rivojlangan
darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashg‗ul
bo‗lgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma
tizimlarining shakllanish sur‘ati va boshqa omillarga bevosita bog‗liq bo‗ladi. SHu,
jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlardagi firmalarning
marketing tadqiqotlari
yo‗nalishlari, uyushtirish tartibi va shakllari bizning mamlakatimiz korxona va
tashkilotlari uchun o‗zgarishsiz qabul qilinishi xususida fikrlash birmuncha noo‗rin
bo‗ladi.
Zamonaviy marketing nazariyasining rivoj topishi va amaliy faoliyatda
uning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi, firmalarning marketing tadqiqotlarini
uyushtirishda ham sezilarli tarzda o‗z aksini topmoqda. Hususan, firmalarning
raqobatbardosh
quvvati,
bozordagi
o‗rni,
lozim strategik maqsadlari,
diversifikatsiya sari yo‗l tutish taktikasi ko‗pgina hollarda tadqiqotlarning
yo‗nalishi va ko‗lamini belgilaydi.
Hozirgi kunda Yaponiyaning Toyota, Nissan, Mitsibushi, Xonda, Janubiy
Koreyaning Xunday, Deu kabi kompaniyalari ayrim davlatlar bozorlarida
peshqadamlikka erishish strategiyalarini amalga ashirishga harakat qilmoqdalar.