• 3.2-rasm. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi
  • Marketing tadqiqoti quyi tizimi




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    4. Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to‗plangan 
    ko‗rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati xususida 
    tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig‗indisini tashkil etadi. Ushbu 
    quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun 
    maxsus ishlangan, zaruriy ko‗rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko‗pgina 
    yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi 
    miqdorida mablag‗ sarflanadi.
    Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo‗nalish bo‗yicha amalga oshiriladi: 
    1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari. 


    55 
    2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli 
    bashoratlar o‗tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‗zgarishlar va korxona 
    natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, 
    eksport bozori kuzatuvlari va h.k.) 
    3. Tashkilot mas‘uliyati bo‗yicha izlanishlar. 
    4. Bozor tahlili. 
    5.Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni 
    aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‗zgarishlari tahlili, sinov marketingi 
    o‗tkazish, sotishni rag‗batlantirish tadbirlarini o‗rganish bo‗yicha va h.k.) 
    3.2-rasm. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi 
    tizimning tarkibiy tuzilishi 
    Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik 
    uslublar bilan boyitilishini va tegishli axborotni qayta ishlash jarayonida 
    mukammallashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi 
    ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ularning ko‗lami 
    juda keng bo‗lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashkil etilishi darajasi, 
    zarurati va salohiyatiga qarab ko‗p yoki kam qo‗llanilishi mumkin. Hozirgi paytda, 
    ko‗plab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni 
    kompyuter dasturlari sifatida sotmokdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy 
    kengayib borish xususiyatiga ega bo‗lib bormokda. 
    Qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizim
    Statistik taxliliy
    uslublar banki
    Regression tahlil 
    Korrelyatsion tahlil
    Omillar tahlil 
    Diskriminant tahlil 
    ―Uyalar tahlili‖ 
    ―Konjayt Mesurment‖ 
    Modellar banki 
    Tovarlar shakli modeli 
    Narxni aniklash modeli 
    Manzilni tanlash modeli 
    Mediya-miks modeli 
    Reklama byudjeti 
    modeli 
    Natija va 
    qarorlar 
    Marketing 
    axboroti 


    56 
    Har qanday boshqaruv qarorlari (shu jumladan marketing) uchta asosiy 
    jihatlarga (dolzarb, haqqoniy va to‗liq) ega bo‗lgan, axborotlarga asoslangan 
    bo‗lishi kerak.
    Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga bo‗lgan 
    zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot ko‗lami va 
    miqdorning nihoyat ko‗pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash 
    muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va 
    qaror qabul qilishda nisbatan kam xatoga yo‗l qo‗yiladi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish