53
Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat:
yillik statistik
ma‘lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari;
tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma‘lumotlar to‗plamlari;
sud qarorlari; korxona ma‘lumotlari; e‘lonlar, prospektlar,
kataloglar; tanlov
natijalari; aksiya kurslari jadvallari; axborot-tahliliy byulletenlari;
radio hamda
televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari;
maxsus kitob
va jurnallar; lug‗atlar, ensiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar.
Yaxshi axborot marketologga yordam beradi: raqobatda ustunlikka erishish
imkonini beradi; xavfni va moliyaviy qaltislikni kamaytiradi; iste‘molchilar
munosabatini belgilaydi;
tashqi muhitni kuzatadi; strategiyani tartibga soladi;
faoliyatni baholaydi; reklamaga bo‗lgan ishonchni oshiradi;
qaror qabul qilishga
yordam beradi; fikrni yaxshilaydi; samaradorlikni yaxshilaydi
Axborotni to‗plash va undan foydalanish jihatlariga ko‗ra axborot tizimini
to‗rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot
tizimi, 2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3)
qaror qabul qilishni
quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning
shakllanishida axborotga bo‗lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni
taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi. Ular haqida quyida
alohida to‗xtalib o‗tamiz.