44
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya‘ni ishlab chiqarish,
kadrlar, moddiy texnika ta‘minoti,
moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari
bilan birga amalga oshiriladi.
Marketingning funksiyalari xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning boshqa
funksiyalaridan
farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‗jalik yurituvchi
sub‘ektlar, uning iste‘molchilari, mijozlari o‗rtasida ayirboshlash jarayonini
amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir.
Shuning uchun ham marketing
funksiyalari doimo o‗zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi,
yaratilishi va rivojlanishiga ta‘sir etadi.
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini
baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va
taklifni muvofiqlashtirish
maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing
strategiyasini tanlashga imkon beradi. Bir necha talab
darajasini va unga mos
keluvchi bir qancha strategiyasini alohida ajratib ko‗rsatish mumkin. Ularga
konversion
marketing, rag‗batlantiruvchi marketing, rivojlanuvchi marketing,
sinxromarketing,
qo‗llab-quvvatlovchi,
demarketing,
qarama
qarshi
harakatlanuvchi marketing turlari kiradi.