Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/195
Sana10.01.2024
Hajmi3,14 Mb.
#134246
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   195
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga 
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak
ya‘ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi 
marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir. 
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. 
Bu holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni 
tiklash zarurligini bildiradi, ya‘ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir. 
Talab o‗zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda sinxromarketing 
turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan 
barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab 
mavsumiy va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar 
taklifi talabga to‗g‗ri kelmaydi. SHuning uchun sinxromarketingning strategiyasi 
talab va taklif me‘yorini tekislashdan iborat. 
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda 
bo‗lishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo‘llab-quvvatlovchi marketing turidan 
foydalaniladi. 
Qo‗llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar 
assortimentini to‗ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo‗lgan 
talab va ehtiyoj darajasini saqlab qolishga imkon beradi. 
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu 
holatda demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingning maqsadi narxni 
ko‗tarish, servisni qisqartirish yo‗li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga 
pasaytirishdan iborat. 


43 
Nosog‗lom talab sog‗liq uchun zararli bo‗lgan tovarlarga nisbatan paydo 
bo‗ladi. Bunda qarama qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlarni 
qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‗lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo‗q 
qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi. 

Download 3,14 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   195




Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish