38
eksportga
yo„naltiriladigan
mahsulotlar
geografiyasi
va
nomenklaturasini diversifikatsiyalash, jumladan mahalliy mahsulotlarni chetga
etkazish geografiyasi 60ta yangi bozorga ko‗yishi. Xususan, Birlashgan Arab
Amirliklari, Livan, Iordaniya,
Iroqga engil avtomobillar, Buyuk Britaniyaga
kuchlanish agregatlari va dvigatel komponentlari, Latviyaga g‗ildirak disklari,
Janubiy
Koreyaga avtogeneratorlar,Turkmanistonga qishloq xo‗jaligi texnikalari,
Polshaga qattiq uglevodorod aralashmalari, XXR, Turkiya, Janubiy Koreya va
Latviyaga polietilen
hamda polipropilenlar, SHvetsiya, Ruminiya, Bolgariya va
Ozarbayjonga mineral o‗g‗itlar, Belarus Respublikasiga
va Ozarbayjonga sport
poyabzallari, Polsha va Janubiy Koreyaga charm buyumlar eksport qilindi.
meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tizimini isloh qilish.
―O‗zagroeksport‖ maxsus tashqi savdo kompaniyasi tashkil etildi. O‗zbekistonda
etishtiriladigan, noyob iste‘molbop xususiyatlarga ega sabzavot, meva , uzum va
poliz mahsulotlari bilan xorijiy hamkorlarni keng ko‗lamda tanishtirish, zamonaviy
bozor mexanizmlari vositasida meva-sabzovot mahsulotlari etishtiruvchilar,
qayta
ishlovchilar va etkazib beruvchilar o‗rtasida uzoq muddatli barqaror kooperatsion
aloqalar o‗rnatish va shuning asosida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot
mahsulotlarining hajmini oshirish hamda eksporga etkazib beriladigan turlarini
kengaytirish, yangi bozorlarni o‗zlashtirish maqsadida
har yili Xalqaro meva-
sabzavot yarmarkasi o‗tkazish yo‗lga qo‗yildi. Meva-sabzavot mahsulotlari
eksportini rag‗batlantirish bo‗yicha qabul qilingan chora-tadbirlar tufayli 2016 yil
davomida to‗g‗ridan to‗g‗ri mahsulot etkazish hajmi Rossiya Federatsiyasiga 2,5
barobar ko‗paydi.
Polietilen, mis sim, molibden mahsulotlari, yuk avtomobillari, meva-sabzavot
mahsulotlari, trikotaj polotnolar, paxtadan tayyorlangan matolar va boshqa
mahsulotlarni eksportga etkazib berish hajmi ortdi. Surgil
koni negizida Ustyurt
gaz-kimyo majmuasini ishga tushurilishi tufayli, asosan plastmassa buyumlari
eksporti o‗sishi hisobiga 2016 yilda kimyo va kimyo mahsulotlari eksporti sezilarli
o‗sdi.
39
Xulosa o‗rnida bugungi kunda marketingni o‗rni nafaqat ichki bozorda, balki
tashqi bozorda ham benihoya kattadir.