33
mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
sotish va taqsimot funksiyasi;
tovarni siljitish;
narxni tashkil etish funksiyasi;
marketing-menejment funksiyasi.
1. Marketing tadqiqotlari funksiyasida:
xalqaro bozorni tahlil etish;
sotish bozorini tadqiq etish;
iste‘molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
marketing operatsiyalarini o‗rganish;
axborot to‗plash va qayta ishlash;
marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;
raqobatlarni o‗rganish;
benchmarking;
talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o‗rganiladi.
Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati,
iste‘molchilar,
bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi,
shuningdek firmaning
ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan
omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va
boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste‘molchilar, raqobat hukumat,
iqtisodiyot,
texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan
omillar kiradi.
2. Mahsulot yaratish funksiyasi orqali marketing faoliyatida yangi
mahsulotlarni
yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish,
ishlab
chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish,
shuningdek tovar
siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.
3. Sotish funksiyasi orqali tovarni taqsimlash
va sotish siyosatini ishlab
chiqish, savdo-taqsimot tarmog‗i orqali sotuvni tashkil etish,
yuk tashishni va
34
omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini
fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‗rganiladi.