37
Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo‗yicha asosiy vazifalarni
shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‗zaro bog‗liq marketingni
kompleks vazifalarini ajratib ko‗rsatadi:
1. Talabni tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lgan bozor faoliyatiga kiruvchi
vazifalar.
2. Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3. Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‗liq masalalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos
keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.
So‗nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari raqobatbardoshligini oshirish va
diversifikatsiyalash bo‗yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi, jahon
iqtisodiyotida hamon saqlanib turgan inqiroz holatlari va jahon bozoridagi
narxlarning 2016 yilda mamlakatimiz eksport salohiyatiga salbiy ta‘sirini sezilarli
darajada kamaytirish imkonini berdi.
YUrtimiz eksportyorlarining tashqi bozordagi o‗rnini saqlash, shuningdek
mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida, tashqi bozorga
mahsulotlar etkazish hajmini oshirish, eksportga yo‗naltiriladigan mahsulotlar
geografiyasi va nomenklaturasini diversifikatsiyalash, yangi korxonalar, eng
avvalo kichik biznes sub‘ektlarinieksport faoliyatiga keng jalb etish bo‗yicha ishlar
davom ettirildi. Natijada, so‗nggi 10 yilda kichik biznes korxonalari eksporti 4
barobardan ziyodga o‗sib, 2016 yilda mamlakat umumiy eksport hajmining 28%ini
tashkil etdi.
Mamlakat eksport salohiyati mustahkamlashining asosiy omillari bo‗lib
quyidagilar xizmat qiladi:
5