• 5. Narxni tashkil etish funksiyasi
  • 6. Marketing-menejment funksiyasi
  • 2.3. Marketingning asosiy vazifalari
  •  Tovarni siljitish funksiyasi




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    4. Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag‗batlantirish va reklama 
    siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag‗batlantirishni samarali vositalarini asoslash; 
    tovarni siljitish to‗g‗risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma 
    reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag‗batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil 
    qilish va boshqalar to‗liq o‗rganiladi. 
    5. Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va 
    taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun 
    yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o‗zgarishi 
    mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx 
    belgilash kabilar hal etiladi. 
    6. Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil 
    etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, 
    marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, 
    marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‗rganadi.
    Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya‘ni ishlab chiqarish
    kadrlar, moddiy texnika ta‘minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari 
    bilan birga amalga oshiriladi. 
    Marketingning funksiyalari xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning boshqa 
    funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‗jalik yurituvchi 
    sub‘ektlar, uning iste‘molchilari, mijozlari o‗rtasida ayirboshlash jarayonini 
    amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. SHuning uchun ham marketing 
    funksiyalari doimo o‗zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi
    yaratilishi va rivojlanishiga ta‘sir etadi. 
    2.3. Marketingning asosiy vazifalari 
    Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni 
    faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini 


    35 
    yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‗zgarishlarga tezda 
    moslashish, iste‘molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni 
    vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon‘yunkturani 
    o‗rganish va bashorat qilish hamda ta‘sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini 
    o‗rganishni o‗z oldiga maqsad qilib qo‗ygandir. 
    Marketingni vazifalari quyidagi 2.1 – rasmda berilgandir. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish