28
Marketing korxonalarning bozorda ishlash uslubi,
bozor metodologiyasi
bo‗lib, iste‘molchilar va ularning talab istaklarini o‗rganish, ularga mos tovarlar
yaratish, narx belgilash,
tovarlarni etkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat
ko‗rsatishni
uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi.
Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o‗zaro
muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Marketing konsepsiyasi (marketing faoliyati konsepsiyasi) – bu shunday yo‗l
yoki yondashuvki, uning asosida korxona o‗zining marketing faoliyatini yurgizadi.
Marketing kompleksi – bozorga ta‘sir etish choralari va amaliy vositalar
yig‗indisi sifatida bozor holatiga firmani moslashuvidir.
YAxshi marketing
kompleksi firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi.
Marketing-miks keng qo‗llanadigan shaklda 4 ta marketing submiksini o‗z
ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommunikativ miks,
taqsimot miksi. Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog‗liq
bo‗lgan chora-tadbirlarni o‗z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni
bezatilishi, mahsulot sifati, o‗rovi, xaridorlrga xizmat ko‗rsatish,
kafolat xizmati
siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar.