40
bozorlar topish yo‗li bilan, tovar xususiyatlarini o‗zgartirish yoki yanada samarali
aloqalar (kommunikatsiya) o‗rnatish bilan tovar etkazib berishni rag‗batlantirish
mumkinligi aniqlanadi. Bu erda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan
talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy
yondashish lozimligini
unutmaslikdir.
5. Doimiy bo‗lgan talab. Ko‗pchilik korxonalarda tovar etkazib berish
mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy
fondlarini kam yoki ko‗p yuklash muammosini tug‗diradi. Masalan, jamoa
transportining asosiy qismida «tig‗iz vaqtda» yo‗lovchilar haddan ziyod ko‗p
bo‗ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifasi - o‗zgaruvchan (egiluvchan) narxlar
yordamida, rag‗batlantirish va boshqa ta‘sir qilish usullari orqali talabning vaqt
bo‗yicha tebranishini tekislash yo‗llarini izlashi lozim.
6. To‗laqonli talab. Bu talab to‗g‗risida tadbirkorlar o‗z savdo tushumlaridan,
foydalaridan to‗liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar.
Marketing vazifasi
iste‘molchilarning tovarni ustun ko‗rishi va raqobatning kuchayishiga qaramasdan
talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitida
tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko‗rsatishni yaxshilash,
tovarning
iste‘molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o‗ringa chiqadi.
7. Haddan tashqari yuqori bo‗lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin
bo‗lgan darajadan talab darajasi yuqori bo‗ladi. Bu holda marketingning vazifasi -
talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo‗lini izlab topishdir. Bu
vaziyatda
narxlarni
ko‗tarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan
rag‗batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan
tashqari yuqori bo‗lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda
marketingning maqsadi - talabni butunlay yo‗q qilish emas, balki faqatgina uning
darajasini pasaytirishdan iborat.
8. Noratsional talab. Tovarga bo‗lgan talabga qarshi harakat qilish, sog‗liqqa
zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli
harakatlarni talab qiladi,
tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar
o‗tkaziladi. Marketingni vazifasi mahsulot zarari to‗g‗risida ma‘lumotlar tarqatish,
41
narxlarni ko‗tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste‘molchilarni
o‗z odatlaridan voz kechishga ishontirish.
Shunday qilib, talabning 8 holatiga to‗xtalib o‗tdik. Mana shu holatlarning har
biriga to‗g‗ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda keltirilmoqda.