• 2. Marketing tashqi xabarnoma
  • Tashkilot ichki hisoboti tizimi




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    1. Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy 
    xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig‗i, mavjud va kelishi 
    kutilayotgan xaridorlar, ta‘minlovchilar ko‗lami va boshqa marketing faoliyatiga 
    bog‗liq bo‗lgan axborotning o‗z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan 
    foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi 
    quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun so‗ngida firma 
    do‗konidagi savdo zalida har bir tovar guruhi miqyosida qanday zahiralar qoldi, bir 
    kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta‘minlovchilarga 
    buyurtma berish kerak va shunga o‗xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo 
    bo‗ladi. Bu erda muhim o‗rinni ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida 


    54 
    yig‗ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul 
    qilishda samarali ahamiyat kasb etadi. Demak, axborotga bo‗lgan ehtiyojni o‗z 
    o‗rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini 
    avvalroq belgilab olish lozim.
    2. Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi marketing va tijorat 
    faoliyatiga xos bo‗lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar 
    natijalaridan tashkil topadi.
    Kundalik matbuot (ro‗znoma va maxsus jurnallar), ta‘minotchi va 
    iste‘molchilar bilan bo‗lgan muloqot natijalari, reklama e‘lonlari va boshqalar 
    bevosita xabarnomani olish manbai bo‗lishi mumkin. Ushbu sohaga oid xabarlar 
    va tahliliy ma‘lumotlarga bo‗lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar hatto 
    shu sohaga ixtisoslashadilar. Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi 
    tizimi - tashkilotning marketing muhitdagi o‗zgarishlar va holatlar xususida 
    to‗plangan axborot manbai bo‗lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo‗sinda 
    ushbu muhitga ta‘sir etish imkonini beradi. 
    3. Marketing xususida to‗plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda 
    qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror 
    qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida 
    qabul qilinayotgan qarorlar ma‘lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan 
    bo‗lishi tabiiydir. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish