• 3.2 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi
  • -rasm. Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

    3.1-rasm. Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari 
    Marketing tadqiqotlarining klassifikatsiyasi quyidagi rasmda o‗z ifodasini 
    topgan. 
    Kabinet tadqiqotining maqsadi ikkilamchi axborotlarni to‗plash va qayta 
    ishlash bo‗lib hisoblanadi. 
    Dala tadqiqoti – ―axborotni topish joyi bo‗yicha‖ axborotlarni to‗plash va 
    qayta ishlash usulini o‗zida mujassamlashtiradi. 
    To‗liq tadqiqotlarda bozor to‗liq qamrab olinadi. 
    Tanlanma tadqiqotlar ayrim tovarlar, bozorlar yoki hududlar bo‗yicha 
    o‗tkaziladi.
    Qidiruv tadqiqotlari marketing faoliyatini amalga oshirishda muammoni eng 
    yaxshisini aniqlashda o‗tkaziladi. 
    Tushuntirish 
    tadqiqotlari 
    marketing 
    muammolarini, 
    bozorlarni 
    muammolarini ochib berishga yo‗naltirilgan. 
    Sabab-oqibat tadqiqotlari sabab-oqibat aloqalariga nisbatan gipotezalarni 
    qidirishda o‗tkaziladi. 
    Marketing 
    tadqiqotlarining 
    vazifalari 
    raqobat muhiti 
    tahlili 
    bozor 
    konyunkturasi 
    tahlili 
    dastur va 
    strategiyalarni 
    asoslash 
    marketing 
    funksiyalarini 
    samaradorligini 
    baholash 
    iste'molchilar 
    fikrini aniqlash 
    boshqaruv 
    qarorlarini 
    qo'llab - 
    quvvatlash 


    48 
    3.2 - rasm. Marketing tadqiqotlari klassifikatsiyasi 
    Testli tadqiqotlar qabul qilingan marketing qarorlarini to‗g‗riligini 
    tekshirishga yo‗naltirilgan. 
    Prognoz tadqiqotlar ob‘ektning kelgusi holatini baholash bilan bog‗liqdir. 
    Marketing tadqiqotlarining yo‗nalishlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: 
    iste‘molchilarni, bozorni, makro muhitni, firmaning ichki muhitini, 
    raqobatchilarni, sotishni, siljitishni, narxni, tovarni o‗rganishdir. Ularning maqsadi 
    esa, ya‘ni iste‘molchilarni o‗rganishda bozorni segmentlash, maqsadli bozorni 
    tanlash, bozorni o‗rganishda – bozor sig‗imini baholash, makromuhitni 
    o‗rganishda tashqi imkoniyat va tazyiqlarni baholash, raqobatchilarni o‗rganishda 
    firmaning raqobatli ustunligini ta‘minlash, sotishni o‗rganishda samarali sotish 
    tarmoqlarini tuzilishini, siljitishda axborot bilan ta‘minlash darajasini va firmaga 
    va uning tovarlariga nisbatan sodiqligini oshirish, narxni o‗rganishda narxni 
    optimallashtirish; tovarni o‗rganishda tovarning raqobatbardoshligini oshirishdan 
    iborat bo‗ladi. 
    Marketing tadqiqotlarining asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, 
    shakllanish va rivojlanishning ob‘ektiv sabablari, zarurati bilan belgilandi hamda 
    uning maqsadi nihoyatda keng va murakkab masalalarni hal qilishga karatilgandir. 
    U ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga 
    O'tkazish joyi 
    bo'yicha 
    kabinet 
    dala 
    qamrab olish darajasi 
    bo'yicha 
    to'liq 
    tanlanma 
    maqsadi bo'yicha 
    qidiruv 
    tushuntiruv 
    sabab-oqibat 
    test 
    prognoz qilish 


    49 
    erishgan holda, uni tashkil etgan korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. 
    Bunga erishish uchun marketing kuyidagi muhim vazifalarni hal etmog‗i lozim: 

    xaridorlar (iste‘molchilar) ehtiyojini o‗rganish; 

    tovarlarga bo‗lgan ichki va tashqi talablarni o‗rganish; 

    korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 

    talab va taklif to‗g‗risidagi olingan ma‘lumotlar asosida bozorni 
    o‗rganish; 

    tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga 
    qiziqishini oshirish; 

    tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona tadqiqotlarini amalga oshirish 
    uchun ma‘lumotlar to‗plash va tahlil qilish; 

    tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‗g‗risida ma‘lumotlar 
    olish; 

    to‗ldiruvchi tovarlar va urnini bosuvchi tovarlar to‗g‗risida axborotlar 
    yig‗ish; 

    tovarlarga bo‗lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat 
    qilishdan iboratdir.
    Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy 
    hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Bularsiz sotishning maqbul darajasini 
    belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig‗ida 
    hisoblab chiqiladi. 
    Marketingning qo‗llashdan oldin avvalambor sharoitni, eng asosiy ijtimoiy – 
    iqtisodiy tarakkiyot darajasini hisobga olish lozim. CHunki marketing – murakkab, 
    harakat va sabr toqat talab qiluvchi, shu bilan birga tez samara beruvchi ishdir. U 
    bir tomondan aholining etarli darajada yuqori bo‗lgan ehtiyoji va talabiga, uning 
    xarid qobiliyatiga, ikkinchi tarafdan tovar va xizmatlarni tanlashdagi erkinlikka 
    javob berish kerak. Bozor harakatining katta radiusini ta‘minlash uchun tovar 
    assortimentini tez o‗zgartirish, uni ommaviy ravishda o‗zlashtirishga javob 
    beradigan berishi lozim. Bularning barchasi talab va taklifni muvozanatlashtirishga 
    imkon beradi. Bundan tashkari, marketingli faoliyat yuritish uchun, korxonani 


    50 
    boshqarish va rejalashtirish tizimidan, taqsimot, ichki bozordagi va tashki 
    savdodagi aloqalar, yuqori darajada jihozlangan bozor kanallari orkali sotishdan 
    iborat tashkiliy masalalarni xal qilish zarur. 
    Bugungi kunda barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste‘molchilar va shu 
    bilan birga boshqa soha xodimlari ham marketing nuqtai nazaridan fikrlay olishlari 
    va undan samarali foydalanishlari lozim.
    Mamlakatimizda bugungi kunda oziq-ovqat sanoati korxonalari eksportini 
    kengaytirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 
    Korxonalar eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga tayyor raqobatbardosh 
    mahsulotlar bilan chiqish, eksportda qo‗shimcha qiymatga ega bo‗lgan tovarlar 
    ulushini ko‗paytirish hamda jahon bozorida mustahkam o‗rin egallash bo‗yicha
    iqtisodiy islohotlar jadal olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 7 
    fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‗zbekiston 
    Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar 
    strategiyasining uchinchi yo‗nalishida eksportni oshirish bo‗yicha, ―...eksport 
    faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibi va geografiyasini 
    diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini 
    kengaytirish va safarbar etish‖
    7
    bo‗yicha ulkan vazifalar belgilangan. 
    Aynan, innovatsion iqtisodiyot sharoitida oziq-ovqat sanoati korxonalari, 
    xususan ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ xoding kompaniyasiga qarashli korxonalarning
    mahsulotlari eksportini kengaytirish, korxonalarning tashqi bozorga chiqish 
    bo‗yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat 
    kasb etmoqda. 
    Bozor raqobati sharoitida mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar savdo 
    hajmini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi. 
    SHuning uchun ham bu o‗rinda korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun 
    marketing tadqiqotlarini olib borish va ular asosida raqobat bo‗yicha ustunlikka 
    erishishi zarur. 
    7
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ―2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон 
    Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси‖ 
    тўғрисидаги ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. 
    www.lex.uz. 


    51 
    2015 yilda mamlakatimizning eksport hajmi 12 507,6 mln. dollarni tashkil 
    etgan bo‗lsa, 2016 yilga kelib eksportning hajmi 12 570,2 mln. dollarni tashkil etdi 
    va o‗tgan yilga nisbatan o‗sish sur‘ati 100,5 foizni tashkil etdi. Undan oziq ovqat 
    mahsulotlarini eksport hajmi 2016 yilda 1 069,8 mln. dollarni tashkil etib, undan 
    meva-sabzavot mahsulotlarini eksporti 1 003,7 mln. dollarni tashkil etdi. Meva-
    sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‗yicha eksport hajmi 56,1 mln. dollarga 
    etib, bu ko‗rsatkich 2015 yilda 35,9 mln.dollarni tashkil qilgan edi. O‗tgan yilga 
    nisbatan o‗sish sur‘ati 156,4 foizni tashkil etgan
    8
    . Bundan ko‗rinib turibdiki, 
    mamlakatimizda 
    meva-sabzavot 
    mahsulotlarini 
    qayta 
    ishlash 
    sanoatini 
    rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bundan xulosa qilish mumkinki, 
    ―O‗zbekozoqovqatxolding‖ xolding kompaniyasi tizimi korxonalari meva-savzavot 
    mahsulotlarini qayta ishlashga, ularda marketing tadqiqotlarini olib borishga, 
    logistik xizmatlarni tashkil etishga, meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga alohida 
    ahamiyat berishi zarurligini ta‘kidlash mumkin. 
    Bu o‗rinda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrda 
    ―Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, 
    quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‗llab-quvvatlash 
    bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ gi qarori o‗z vaqtida qabul 
    qilingan muhim me‘yoriy hujjat bo‗lib, ushbu qaror bilan xo‗jalik yurituvchi 
    sub‘ektlarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi tartib taomillarini 
    yanada soddalashtirish, jismoniy shaxslar tomonidan ularni ishlab chiqarishni 
    rag‗batlantirish nazarda tutilgan. Qarorda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport 
    qilish sohasida infratuzilmalarni yaratish va zamonaviy texnologiyalarni joriy 
    etishga alohida e‘tibor qaratilgan. Ushbu qaror orqali tashqi iqtisodiy faoliyatni 
    yanada liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari, 
    uzum, poliz, dukkakli ekinlar shuningdek quritilgan sabzavotlar va mevalarning 
    hajmini ko‗paytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish, 
    mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini 
    oshirishga erishiladi. 
    8
    Davlat statistika Qo‘mitasining 2016 yilgi ma‘lumotlari. 


    52 
    Hammamizga ma‘lumki, ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar
    asosiy e‘tiborni mahsulot sifatini yaxshilashga qaratishi lozim, bu esa o‗z 
    navbatida, mahsulotga bo‗lgan talabning ortishiga, raqobatbardoshlik darajasini 
    ortishiga, sotish hajmini ko‗payishiga, korxonaning tashqi bozordagi mavqeini 
    mustahkamlanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifalari

    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish