• 3.3-rasm. Marketing axborotlari turlari
  • Axborot turlari va ularni turkumlash




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/195
    Sana10.01.2024
    Hajmi3,14 Mb.
    #134246
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195
    Bog'liq
    1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

     
    3.3.Axborot turlari va ularni turkumlash 
    Marketing tadqiqoti uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar va axborotlar ko‗lami 
    juda keng bo‗lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan 
    foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvurga ko‗ra bozor, xaridor, raqobatchi va 
    mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda 
    ularga tayanib ish ko‗rish samarali hisoblanadi. 
    Marketing xususidagi to‗plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va 
    ikkilamchi turlarga bo‗lish mumkin. Birlamchi ma‘lumotlarga tayinli maqsad 
    uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma‘lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi 
    ma‘lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig‗ilgan, qayta ishlangan, 
    turli manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo‗lgan 
    axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma‘lumotlarni to‗plash manbalari tegishli 
    tashkilotlarga taalluqli bo‗lish yoki bo‗lmasligiga ko‗ra, o‗z navbatida ichki va 
    tashqi turlarga bo‗linadi. 
    Ichki ikkilamchi ma‘lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy 
    buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‗rsatkichlar kiradi. 
    Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzahiralari, iste‘molchilar 
    ko‗lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar. 
    Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o‗z imkoniyatidagi hisobotlar va 
    ma‘lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma‘lumotlar tizimini ishlab chiqadi. 
    Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat ulchov birliklarida sotuvchi 


    57 
    hajmi, narxlarning yil davomida o‗zgarishi, xaridorlarning joylashuv haritasi, tovar 
    zahiralarining o‗zgarishi va shu kabi muhim ma‘lumotlarni tashkilot bevosita 
    o‗zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
    3.3-rasm. Marketing axborotlari turlari 
    Tashqi ikkilamchi ma‘lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi 
    kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‗lgan ma‘lumotlarni o‗z ichiga 
    oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‗llanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha 
    ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi ma‘lumotlarni umumiy 
    jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 
    1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. 
    Ushbu manbalar o‗z mohiyatiga ko‗ra ikki kichik guruhga bo‗linadi. 
    a) Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik 
    yilnomalar, sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‗yicha qisqacha statistik 
    sharh», «Shaharlar va okruglar bo‗yicha statistik yo‗riqnoma», «Amerika sanoati 
    istiqbollari» sharhnomasi kabilar shular jumlasidandir. «Marketing axboroti 
    yo‗riqnomasi» oylik maxsus nashr bo‗lib, unda marketingga oid barcha 
    xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi. 

    Download 3,14 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   195




    Download 3,14 Mb.
    Pdf ko'rish