• Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi
  • Marketing majmuasi (marketing - miks)
  • Marketing modellari
  • Marketing o‘zaro aloqalari
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari




    Download 0,65 Mb.
    bet146/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan marketing tadbiri yoki tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi sub’ekt va ob’ektlariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish.
    Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab variantlari orasidan tanlab
    olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2) marketing vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
    Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikatsiya siyosati sohasida (4R:Product, Price, Place, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o‘tkazishni talab qiladi.
    Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko‘rsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya, regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil bo‘lish modeli, reklama modeli va h.k.).
    Marketing o‘zaro aloqalari - 1) xizmat ko‘rsatish tadbirkorligining tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub’ektlari bilan aloqalarni rejalashtirish, tashkil tatbiq boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va resurslarni qamrab olishga yo‘naltirilgan istiqbolli konsepsiyasi. Mijoz bilan uzoq muddatli o‘zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomonlar maqsadlarini qondirishga yo‘naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish mas’uliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari bo‘yicha marketingni tashkil etish usuli.

    Download 0,65 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari

    Download 0,65 Mb.