• Marketingda tarmoq yondashuvi
  • Marketing-miks (marketing majmuasi)
  • Marketingni rejalashtirish
  • Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi




    Download 0,65 Mb.
    bet149/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik ko‘rsatkichi. Natural va qiymat shaklida o‘lchanadi.
    Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat ikki tomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko‘ptomonlama o‘zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar o‘zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, chunki
    resurslar o‘zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi buziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmog‘i a’zolari o‘rtasida resurslar ayirboshlash «qaramlik» va «xokimlik» manbai hisoblanadi. Marketing tarmog‘i uchta o‘zaro bog‘liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.
    Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2) marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi.
    Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing strategiyasi tanlash bilan bog‘liq jarayon.
    Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslashuvchanlikni modifikatsiya qilishga asoslangan marketing xizmati asosiy bo‘linmalarining o‘zaro harakatlari sxemasi turlari. Funksional, mahsulot, bozor va matritsa tuzilmalari va ularning modifikatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
    Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita firmaning o‘ziga va uning mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga munosabatlariga taalluqli kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan ifodalanadi.
    Motivatsiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda individuumlar harakatini faollashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar.

    Download 0,65 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi

    Download 0,65 Mb.