Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy, moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning majmui bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo‘naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, texnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakkab tizimdir.
Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad va tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning texnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning to‘g‘ri va murakkabligi darajasiga qarab o‘zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyusiya o‘zgarishlari va tashqi muhit bilan o‘zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo‘naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni 4 ta bosqichdan iborat:
bozor imkoniyalarini tahlili;
maqsadli bozorni tanlash;
marketing kompleksini ishlab chiqish;
marketing chora-tadbirlarini hayotga tatbiq etish. Bu quyidagi rasmda o‘z ifodasini topgan.
5.6-rasm. Marketingni boshqarish jarayoni
Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti, marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chakana savdo tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozor tanlashda esa talab hajmini o‘lchovi, bozorni segmentlash jarayonlari ko‘rib o‘tiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqishda esa, tovar ishlab chiqarish, tovarga narx o‘rnatish, tovarlarni tarqatish va sotish usullari, kommunikativ siyosati ustida ishlar olib boriladi.
Keyingi bosqichda marketing chora – tadbirlarini amalga oshirishda strategik va taktik rejalashtirish, marketing faoliyatini nazorat qilish, korxonaning tashkiliy tuzilishi kabilar to‘liq yoritib beriladi.
|