• BOB. MARKETING FAOLIYATINI REJALASHTIRISH
  • Nazorat va mulohaza uchun savollar




    Download 0,65 Mb.
    bet45/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    Nazorat va mulohaza uchun savollar

    1. Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz?


    2. Korxonada marketingni tashkil etish jarayoni qanday amalga oshiriladi?


    3. Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat?


    4. Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz?


    5. Ichki muhit omillariga nimalar kiradi?


    6. Marketingni qanday turlarini bilasiz?


    7. Makro va mikro marketing nima?


    8. Marketingni boshqarish jarayonini takomillashtirish yo‘llari nimalardan iborat?


    9. Innovatsion marketing va xolistik marketing deganda nimani tushunasiz?


    10. Bozor tamoyili asosida marketing faoliyatini tashkil etish qanday amalga oshiriladi?


      1. BOB. MARKETING FAOLIYATINI REJALASHTIRISH




        1. Marketing faoliyatini rejalashtirish

    Marketingni rejalashtirishni qo‘llamaydigan korxonalar bozorda yo‘nalishni yo‘qotishi va ziyon ko‘rishi mumkin. Aksincha, marketingni rejalashtirish tizimi yo‘lgan qo‘yilgan korxonalar to‘laligicha vaziyatni nazorat qiladi, ularning ishi bozor samaradorligi va iqtisodiy samaradorlik darajasining yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Marketingni rejalashtirish quyidagilarni belgilab beradi:



    • butun korxona va uning bo‘linmalari aniq maqsadlarini;


    • korxonaning bozordagi aniq yo‘nalishini;


    • korxona ahvolini barqarorlashtirish va o‘sish yo‘llarini;


    • korxona resurslarini alohida faoliyat yo‘nalishlari o‘rtasida optimal taqsimlashni;


    • optimal assortiment va tovarlarni tarqatish shartlarini;


    • korxonaning marketing faoliyatini baholash tartibi va mezonlarini.


    Marketingni rejalashtirish bu – korxona imkoniyatlarini bozor talablariga mos holga keltirishga qaratilgan korxonaning bozordagi harakatlarini tahlil qilish, ishlab chiqish va nazorat qilish uzluksiz jarayonidir. Keng ma’noda marketing rejasi bu – korxonaning marketing faoliyati vositasi, boshqaruv marketing qarorlari qabul qilish va amalga oshirish usulidir. Amaliy jihatdan bu – korxonaning bozordagi maqsadlari, ularga erishish yo‘llari va chora-tadbirlaridan iborat bo‘lgan hujjat.


    Sotsialistik reja asosidagi iqtisodiyot yillarida mavjud bo‘lgan buyruqbozlik rejalaridan farqli ravishda, marketing rejalari bajarilishi majburiy emas, chunki tashqi sharoitlar muntazam ravishda o‘zgarib turadi. SHu sababli marketingni rejalashtirishning vazifasi eng avvalo, kelajakni bashorat qilishdan emas, balki korxona menejerlarining e’tiborini mavjud bozorning asosiy jihatlariga va yuzaga keladigan imkoniyatlardan foydalanishga jalb qilishdan iborat. Marketingni rejalashtirish yordamida boshqaruvchilar korxona o‘z maqsadlariga erishish uchun bozorda qanday pozitsiya egallashi lozimligini tushunishi mumkin.
    Marketingni rejalashtirish tamoyillari quyidagilardan iborat:


    1. Tizimli yondashuv. Korxona rejasi bu – bir qator o‘zaro bog‘liq rejalarni birlashtiradigan tizim bo‘lib, ulardan biri marketing rejasi hisoblanadi.
    2. Korxonalar, ularning maqsadlari, chiqaradigan mahsulotlari xilma-xilligi tufayli marketingni rejalashtirishga individual yondashuv.




    3. Ko‘p variantli xarakter.


    4. Dinamiklik: korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha o‘zgarishlarning zudlik bilan rejaga kiritilishi.


      1. Download 0,65 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nazorat va mulohaza uchun savollar

    Download 0,65 Mb.