• 5.3-rasm. Xaridorlar bozori turlari
  • 5.4-rasm. Aloqa(kontakt) auditoriyalari turlari 10
  • Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish
  • -rasm. Korxonaning asosiy mikromuhit sub’ektlari




    Download 0,65 Mb.
    bet43/155
    Sana14.01.2024
    Hajmi0,65 Mb.
    #137061
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)

    5.2-rasm. Korxonaning asosiy mikromuhit sub’ektlari

    Logistik firmalarga – ombor va transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda tovarlarni ishlab chiqarish joyidan sotish joyiga etkazishni ta’minlovchi tashkilotlar kiradi.


    Marketing agentliklariga – korxonaning tovar va xizmatlarini maqsadli bozorlarda siljitishga yordam beradigan marketing tadqiqotlari korxonalari, reklama agentliklari, konsalting firmalari va boshqa tashkilotlar kiradi.
    Moliya vositachilariga – banklar, kredit va sug‘urta tashkilotlari kiradi. Korxonalar o‘zlarining xaridorlarini diqqat bilan o‘rganishlari lozim. Quyidagi

    5.3-rasmda bozorlarning oltita turi keltirilgan.


    5.3-rasm. Xaridorlar bozori turlari

    Aloqa(kontakt) auditoriyalariga – korxona faoliyatiga qiziqish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish bildiradigan va uning maqsadlariga erishish bo‘yicha imkoniyatlariga ta’sir o‘tkazuvchi har qanday insonlar guruhidir (5.4-rasm).


    5.4-rasm. Aloqa(kontakt) auditoriyalari turlari10

    Makromuhit – bu korxonaning makromuhitiga ta’sir o‘tkazuvchi kuchli omillardir. Ularga demografik, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnik, siyosiy va madaniy omillar kiradi.



    5.5-rasm. Korxonaning asosiy makromuhit omillari11




    10,11 Котлер Ф., Армстронг Г., Вонг В., Сондерс Дж. Основы маркетинга.–М.: ООО “И.Д.Вильямс”, 2012.- 752 с.
    Korxonaning tadbirkorlik faoliyati yuritishiga imkoniyatlar yaratuvchi va unga xavf – xatarlar etkazuvchi makromuhit omillar ta’sir qiladi.

      1. Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish

    Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshqaradigan idoralarning tashkiliy ko‘rinishi bo‘lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun bo‘ysunish va javobgarlikni belgilaydi.

    Marketingni tashkil qilish - korxonada bir necha yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:

    1. Funksional-bunda javobgarlik taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi.


    2. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillarga, yana bir tovar markasi uchun boshqaruvchilar qo‘shiladi.


    3. Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etish. Unda funksional tamoyillariga, yana bir qo‘shimcha, ya’ni hudud bozorlari va iste’molchilar turi bo‘yicha boshqaruvchilar qo‘shiladi.


    Funksional tashkil etishning yutuqlari, bo‘linmalarning boshqarishdagi soddalik, bajariladigan funksiyalarga yuqori javobgarlikdan iboratdir. Lekin bu tuzilishning qator kamchiliklari ham mavjud:


    • tovarlar bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;


    • bozorning hududiy segmentlari bo‘yicha maxsus bo‘limlarning yo‘qligi;


    • bozor talablarining o‘zgarishi va iste’molchilar talabiga operativ reaksiyaning sustligi;


    • marketing tashkilotlari tadbirlarning moliyalashtirish masalalarini hal etishning qiyinlashganligi.


    Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruhlari bo‘yicha bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bo‘lgan firmalarga to‘g‘ri keladi.


    Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish shakli ham, shuningdek kamchiliklarga ega. Boshqarishning bu kabi tizimi marketing faoliyatining o‘ziga xos tomonlarini doim ham e’tiborga olmaydi. Tovarlar bo‘yicha guruhlar ishchilari o‘z majburiyatlarini samarali bajarish uchun etarlicha huquqlarga ega emas, boshqaruv apparatida katta sonli guruh va guruhchalar paydo bo‘lishi bilan ularni ushlab turish katta xarajatlar talab qiladi.
    Bozor tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z tovarini xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadi. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar ustunliklariga ega bo‘lgan hollardagina bozor tamoyiliga ko‘ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun marketing xizmati bo‘limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi.

      1. Download 0,65 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155




    Download 0,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Korxonaning asosiy mikromuhit sub’ektlari

    Download 0,65 Mb.