|
To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
|
bet | 39/155 | Sana | 14.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #137061 |
Bog'liq Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing -fayllar.org (1)To‘plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soha ajratiladi:
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni kategoriya bo‘yicha, ularni tahrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Kategoriya bo‘yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tahrirlash deganda ishlash imkoniyati ko‘rinishga ega bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tushuniladi. Ko‘rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jadval ko‘rinishida ko‘rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi.
Shkalalashtirish aniq o‘lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni klassifikatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shkala, tartibli shkala va son shkalalari qo‘llaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko‘proq: trend tizimi, regressiya va korrelyasiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo‘llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina texnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qo‘yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko‘ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Marketing axboroti tizimini tuzilishi qanday?
Marketing axborotini asosini nimalar tashkil etadi?
Amaliyotda axborot to‘plashni qanday uslublari qo‘llaniladi?
Axborot to‘plashni imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz?
Axborotlarni tahlil qilish qanday olib boriladi?
Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan foydalaniladi?
Axborot manbalari nimalardan iborat?
Dala tadqiqotlari deganda nimani tushunasiz?
|
| |