GURUHNING SOSIAL – PSIXOLOGIK JIHATDAN O‘Z – O‘ZINI
JAMOA SIFATIDA ATTESTATSIYA QILISH METODIKASI
Mazkur metodika guruhdagi munosabatlarning rivojlanish darajasini aniqlashga
mo‘ljallangan. U 75 ta hukmdan iborat. Sinaluvchilar har bir hukm guruhning
qancha a’zosiga taalluqli ekanini belgilaydilar.
Ko‘rsatma. «Quyida 75 ta hukm berilgan. Siz har bir hukmning mazmuni bilan
tanishib, so‘ngra u guruhingizning qancha a’zosiga tegishli ekanligini quyida
berilgan ballardan foydalanib belgilang: 0 ball – hechch kim, 1 ball – deyarli hech
kim, 2 ball – kamchilik, 3 ball – yarmi, 4 ball – ko‘pchilik, 5 ball – deyarli barcha,
6 ball – barcha, « » - bir narsa deyishim qiyin».
1. O‘z so‘zini ish bilan isbotlaydilar.
2. Xudbinlik va individualizmni qoralaydilar.
3. Qarashlari bir xil.
4. Bir- birining muvaffaqiyatiga xursand bo‘ladilar.
5. Boshqa guruhlarga va o‘z guruhining yangi vakillariga yordam beradilar.
36
1. Bir- biri bilan kelishgan, uyushgan holda ishlaydilar.
2. Guruh oldidagi vazifalarni biladilar.
3. Bir- birlariga talabchanligi yuqori.
4. Barcha masalalarni kelishib hal etadilar.
5. Guruh oldidagi muammolarni baholashda hamfikrdirlar.
6. Bir- biriga ishonadilar.
7. Boshqa guruhlar va o‘z guruhining yangi vakillari bilan tajriba almashadilar.
8. Nizoga yo‘l qo‘ymay vazifalarni o‘zaro taqsimlaydilar.
9. Guruh faoliyatining natijalarini yaxshi biladilar.
10. Hech qachon, hech narsada adashmaydilar.
11. O‘z yutuq va muvaffaqiyatsizliklarini to‘g‘ri baholaydilar.
12. Shaxsiy manfaatlarini guruh manfaatlaridan yuqori qo‘ymaydilar.
13. Umumiy xobbilar /qiziqishlar/ga egalar.
14. Bir birlarini himoya qiladilar.
15. Boshqa
guruhlar
va
o‘z guruhining yangi vakillari
manfaatlari
bilan hisoblashadilar.
16. Zarurat tug‘ilganda guruhiy ishda bir- birining o‘rniga ishlab turadilar.
17. Guruh ishining ham ijobiy, ham salbiy tomonlaridan xabardordirlar.
18. Guruh oldidagi vazifalarni bajarish uchun sidqidildan mehnat qiladilar.
37
19. Guruh manfaatlariga ziyon yetsa, bunga befarq qarab turmaydilar.
20. Vazifalarni o‘zaro taqsimlashda tez kelishib oladilar.
21. Bir- birlariga ko‘mak beradilar.
22. Nafaqat o‘z guruhlariga, balki boshqa guruhlarga ham, o‘z guruhining nafaqat
faxriy a’zolari, balki yangi a’zolariga ham adolatli munosabatda bo‘ladilar.
23. Guruh ishidagi kamchiliklarni mustaqil aniqlaydilar va bartaraf etadilar.
24. Guruh ichida o‘zlarini qanday tutishni yaxshi biladilar.
25. Hech qachon, hech narsada shubhalanmaydilar.
26. Boshlagan ishlarini chala qoldirmaydilar.
27. Guruhda qabul qilingan xulq- atvor me’yorlari va qoidalarini qattiq himoya
qiladilar.
28. Guruh manfaatlarini bir xilda to‘g‘ri baholaydilar.
29. Guruhdoshlarning muvaffaqiyatsizliklaridan samimiy qayg‘uradilar.
30. O‘z guruhining ham, boshqa guruhning ham, guruhdagi faxriy a’zolarning
ham, yangi a’zolarning ham ishini to‘g‘ri baholaydilar.
31. Guruhda vujudga keladigan nizolarning oldini olishni va bartaraf etishni
biladilar.
32. O‘z vazifalarini va majburiyatlarini yaxshi biladilar.
33. Ongli ravishda intizomga rioya qiladilar.
38
34. O‘z guruhiga chin dildan ishonadilar.
35. O‘z guruhining muvaffaqiyatsizlarini bir xilda to‘g‘ri baholaydilar.
36. Bir- biriga bo‘lgan munosabatda o‘zlarini juda madaniyatli tutadilar.
37. Hech qachon o‘z guruhlarini boshqa guruhlardan, o‘z guruhidagi faxriy
a’zolarni yangi a’zolardan ustun qo‘ymaydilar.
38. Bir- birlari bilan tez til topisha oladilar.
39. Guruhdagi faoliyatda o‘zaro qanday munosabatda bo‘lish kerakligini yaxshi
biladilar.
40. Doim har narsada haqlar.
41. Shaxsiy manfaatlarini guruhning boshqa a’zolari manfaatidan ustun
qo‘ymaydilar.
42. Guruh uchun foydali bo‘lgan tashabbuslarni faol qo‘llab – quvvatlaydilar.
43. Axloq haqida o‘xshash tasavvurlarga egalar.
44. Bir- birlariga do‘stona munosabatda bo‘ladilar.
45. Nafaqat o‘z guruhlariga, balki begona guruhlarga ham, nafaqat o‘z guruhidagi
faxriy a’zolarga, balki yangi a’zolarga ham munosabatda o‘zlarini madaniyatli
tutadilar.
46. Zarurat tug‘ilsa, guruhga rahbarlik qilishni o‘z qo‘llariga olishlari mumkin.
47. Bir- birining huquq va majburiyatlarini yaxshi biladilar.
48. Guruhning moddiy boyligiga o‘zinikiday munosabatda bo‘ladilar.
49. Guruhdagi ezgu g‘oyalarni, tadbirlarni qo‘llab- quvvatlaydilar.
39
50. Guruhning har bir a’zosi qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi lozimligi haqida
o‘xshash qarashlarga egalar.
51. Bir- birlarini hurmat qiladilar.
52. Boshqa guruhlar bilan, o‘z guruhining yangi a’zolari bilan faol hamkorlik
qilishga intiladilar.
53. Zarurat tug‘ilganda guruhdoshlar vazifalarini o‘z zimmalariga oladilar.
54. Bir- birlarining xarakter xususiyatlarini yaxshi biladilar.
55. Hamma narsani biladilar.
56. Har qanday ishni mas’uliyat bilan bajaradilar.
57. Guruh jipsligiga putur yetkazuvchi har qanday narsaga faol qarshilik qiladilar.
58. Guruh a’zolari o‘rtasidagi rag‘bat taqsimotini bir xilda to‘g‘ri baholaydilar.
59. Qiyin damlarda bir- birini qo‘llab- quvvatlaydilar.
60. Boshqa guruhlarning, o‘z guruhidagi yangi a’zolarning muvaffaqiyatidan
samimiy xursand bo‘ladilar.
61. Qiyin vaziyatlarda uyushgan holda, kelishib, harakat qiladilar.
62. Bir-birining individual qiziqishlari va odatlarini yaxshi biladilar.
63. Butun guruh uchun foydali bo‘lgan ishda faol qatnashadilar.
64. Guruh muvaffaqiyatlari haqida shaxsan qayg‘uradilar
65. Guruh a’zolari yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun oladigan jazolarini to‘g‘ri
baholaydi.
40
66. Bir- biriga e’tiborli munosabatda bo‘ladilar.
67. Nafaqat o‘z guruhlari, balki boshqa guruhlarning ham, o‘z guruhining nafaqat
faxriy a’zolari, balki yangi a’zolarining ham muvaffaqiyatsizligidan samimiy
qayg‘uradilar.
68. Nizolarsiz tezgina hamma rozi bo‘ladigan qilib vazifalarni taqsimlay oladilar.
69. Bir- birlarining ishlari qanday ekanini yaxshi biladilar.
70. Hamma savollarga to‘g‘ri javob bera oladilar.
Javob varaqasi
1. 2.
3.
4.
5.
6.
7.
8. 9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
16. 17.
18.
19.
20.
21.
22.
23. 24.
25.
26.
27.
28.
29.
30.
31. 32.
33.
34.
35.
36.
37.
38. 39.
40.
41.
42.
43.
44.
45.
46. 47.
48.
49.
50.
51.
52.
53. 54.
55.
56.
57.
58.
59.
60.
61. 62.
63.
64.
65.
66.
67.
68. 69.
70.
71.
72.
73
74.
75.
41
Hukmlarning 70 tasi ishchi bo‘lib, 5 tasi nazoratchi hukmdir. Nazoratchi hukmlar
javoblarning chinligini aniqlash uchun ishlatiladi. Agar nazoratchi hukmlar
yuzasidan berilgan javoblar samimiy javobni bildiruvchi variantda bo‘lsa, ishchi
hukmlarga berilgan javoblar ishonchli bo‘lib, hisoblanadi, aks holda ular ishonchsiz
Muloqotchanlik – guruh a’zolarining o‘zaro muloqotga, shaxsiy – emosional
munosabatlarga kirishuvchanligi; 5. Ochiqliq – boshqa guruhlarga va guruhning
yangi a’zolariga ijobiy munosabatda bo‘lish; 6. Tartib – intizomlilik guruh faoliyati
samaradorligi yo‘lida uning tarkibiy to‘zilishini tez o‘zgartira olish, yangidan to‘za
olish; 7. Axborotga egalik – guruh ishlari va guruh a’zolari haqidagi ma’lumotni
bemalol qo‘lga kiritish imkoniyatining mavjudligi.
Natijalarni qayta ishlashga tayyorlash.
Javob varaqalaridagi natijalar qayta ishlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi
kerak: 1) 15, 30, 45, 60, 75 hukmlarga qo‘yilgan ball «0» bo‘lishi (verbal bahoda
«hech kim» degan javob berilgan bo‘lishi) kerak. Eslatma: Ko‘p hollarda javob
varaqasida nazorat savollariga (15, 30, 45, 60, 75) berilgan javoblar orasida to‘g‘ri
va noto‘g‘ri javob variantlari birgalikda mavjud bo‘ladi. Bunday vaziyatda nazorat
savollariga noto‘g‘ri javob berilgan satr va undan oldingi satr o‘chiriladi va
natijalarni hisoblashda inobatga olinmaydi; 2) Hukmlarga javoban qo‘yilgan ballar
kamida uch xil (masalan, 1, 4, 6 yoki 1, 3, 4) bo‘lishi kerak.
Ushbu ikki talab bajarilgandagina natijalarni qayta ishlash jarayonini boshlash
mumkin. Natijalar statistik qayta ishlanishi uchun quyidagicha tayyorlanadi.
.
42
Xulosa
Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson
muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u
suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi
zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik
ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi
talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan
psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning
shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo‘lishi talab
qilinadi.Psixologik bilimlar haqida so‘z ketar ekan, albatta mutaxassis psixolog va
qiziquvchi psixologlar o‘rtasida tafovutlar mavjuddir. Insonlar qiziqish doirasida bir
biriga yordam qo‘lini cho‘zishlari mumkin, bu esa yaxshigina samara berish
imkoniyati hisoblanadi. Unda mutaxassis psixologlarning nima zarurati mavjud. Bu
savol hammaga berilishi mumkin. Ko‘pincha birinchi va ikkinchi kurs talabalari
o‘zini psixolog sanash mumkinligi yoki yo‘qligi haqida o‘ylanib qolishadi.
Mutaxassis psixolog va qiziquvchi psixologlarning orasida bir qator farqlar
mavjuddir.Agar psixolog nazariyotchi - psixologlarning seminarlariga doimo
qatnashib, turli xil psixologik assostiastiyalarga a’zo bo’lsa, bularning bari uning
mutaxassis sifatida o’sishiga, maktab hayotidagi odatiy faktlarga yangicha
qarashning shakllanishiga olib keladi. Maktab psixologi nashr qilingan ishlarni
o’qib, eksperimental tadqiqot natijalari bilan qiziqib tanishishi mumkin. Maktab
amaliyotiga yaqin faktlarni bilish dunyoqarashni kengaytiradi, maktabdagi ishlarni
va o’z muvaffaqiyatlarini to’g’ri baholash imkoniyatini beradi. Psixodiagnostika
bilan shugullanuvchi psixologga qo‘yiladigan talablar:
1.Psixodiagnostikaning metodik vositalarini bilish.
2.Axloq qoidalariga amal qilish.
3.Zarur kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega bo‘lish.
4.Psixologik muammoni qo‘ya bilish.
5.Sinaluvchilardan zarur ma’lumotlami ola bilish.
6.01ingan ma’lumotlami sinaluvchi qiziqishlariga mos tarzda qo'llay bilish.
43
Psixodiagnostika mutaxassisi ega bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar:
■ Empatiya qobiliyati
■ 0 ‘z-o‘zini nazorat qilish
■ Kasbiy odoblilik(takt)
■ Mas’uliyatni his qilqish
■ Refleksiya qobiliyati
Psixologning kasbiy ish faoliyatining ajralmas va muhim jihati bu-
psixodiagnostika qilish sanaladi. Bunday faoliyatda psixolog shaxsining ma'naviy
axloqiy tomoniga katta e'tibor beriladi. “Axloq” va “ma'naviyat” tushunchalari
shunday meyor va prinsiplami o‘z ichiga oladiki, ular individlaming o‘zaro va
jamiyat o‘rtasida qiziqishlarini tartibga solish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu meyorlar
insonlaming yaxshilik va yomonlik tushunchalariga mos ravishda xulqlarini tartibga
solishga yo‘naltirilgan va shaxsiy fikr, urf-odatlar, tarbiya, jamiyat fikri bilan qo‘llab
quwatlanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu tushunchalar
shaxsning kasbiy ish faoliyatida o‘zini tutishi va fikrini tartibga solib turadi. Shaxsiy
prinsiplar u yoki bu kasbning ma'lum sharoiti va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqadi va asosan mutaxassislarga nisbatan axloqiy kodeks talablar bilan
ifodalanadi.
Psixologning kasbiy etikasi uning kasbdoshlari bilan, ilmiy jamiyat bilan o‘zaro
aloqasi, shuningdek, tekshirayotgan shaxslar, respondentlar (psixologik yordam
so‘rab kelsak) bilan o‘zaro munosabatlarida ko‘rinadi. “Psixologning etika kodeksi”
bu etikaning asosi bo‘lib kelgan.
|