2
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………...…….3
I.BOB.PSIXOLOGNING KASBIY O'ZLIKNI BELGILASHNING
ETIKAVIY TAMOYILLARI.
1.1.
Psixologning kasbiy faoliyati haqida umumiy tushuncha.................................5
1.2
.Psixolog faoliyatining etik muammosi ………………..…………...……........10
II.BOB.PSIXOLOGNING O’ZIGA XOS SHAXSIY SIFATLARI VA
KASBIY ETIKASINI SHAKILLANTIRISH
2.1
Psixolog kasbiy faoliyat turlari……………………………..……..….………20
2.2
.Shaxsiy sifat va etikani shakillantirish……………………………...….……..27
XULOSA …….......…………………………………………………………....…36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………...…….…..…...38
3
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi.
Psixologiya fanini muayyan sohalarga bo’lishda
aniq, yaqqol faoliyatining psixologik tomoni, insonning
jamiyatga nisbatan
psixologik munosabati, taraqqiyotining psixologik jabhasi asos qilib olingan.Quyida
psixologiya sohalarining tavsifiga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Umumiy psixologiya
- umumiy psixologik qonuniyatlar,
mexanizmlar, murakkab ichki bog’lanishlar,
nazariy va metodologik printsiplar,
ilmiy tadqiqot metodlar, psixikaning filo va
ontogenetik o’zgarishlarini, ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini
amaliy va nazariy jihatdan tadqiqot qiladigan soha.
Umumiy psixologiya boshqa
sohalar kabi shartli ravishda qabul qilingan nomdan iboratdir. Psixologiya fanining
ilmiy tushunchalarini, kategoriyalari (shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala, ong)ni,
tadqiqot metodlarini umumiy psixologiyada umumlashtirish uchun uning boshqa
sohalaridagi tekshirish natijalarini mavhumlashtirish maqsadga muvofiq.
Shuning
bilan birgalikda umumiy psixologiyaning tadqiqot natijalari psixologiyaning boshqa
sohalari uchun asos bo’lib xizmat qiladi.