ilmiy asoslanganlik tamoyilida
metodikaga
validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya'ni olingan natijalarga to‘liq ishonch
imkonini bersin.
Ziyon etkazmaslik tamoyilida
psixologik tashxis natijalaridan hech qachon
tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik
nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili
test o‘tkazayotgan odamning sub'ektiv
ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy
asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi
shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta
taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif
qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya
fanining
predmeti,
vazifalari,
bosqichlari,
eksperimentator shaxsiga qo’yiladigan talablar, psixologik tadqiqotning asosiy
metodologik tamoyillari bilan tanishdik.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog
o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.
Psixolog maktabda engib o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu maktabning
pedagogik jamoasiga qo’shila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga
qo’shilib keta olmasa, o’z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.
Psixolog adaptastion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo’ladi.
Ko’pincha o’qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday
14
yashashni o’rgatuvchi inson sifatida ko’rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan
salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’z- o’ziga ishonchi sust bo’lgan
o’qituvchilar psixologni go’yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida
idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning
maktab sharoitiga tez ko’nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit
beradi.
Amaliy psixolog statusiga ega bo‘lishni istagan insonga bir qator
talablar qo‘yiladi ularning birinchisi u oliy ma’lumotli psixolog bo‘lishi zarur.
Bunday diplom oliy o‘quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali
olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya,
patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika,
sotsiologiya, huquq fanlaridan xabardor bo‘lishi talab qilinadi. U albatta bolalar
bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. Amaliy psixolog albatta psixologik maslahat
sirlaridan habardor bo‘lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda
ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo‘ladi va shu bilan birga
u hammaga hamdard bo‘la oladigan inson bo‘lishi talab qilinadi. U mijoz bilan
suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta’minlashi zarur
bo‘ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta
psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab
qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab
qilinadi. Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson
muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u
suhbatga kirisha olishi va insonlarni o‘ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi
zarur bo‘ladi. U o‘zida ishonch uyg‘ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik
ta’sir o‘tkaza olishi zarur bo‘ladi. Demak bo‘lajak amaliy psixologlar uchun birinchi
talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan
psixolog o‘z ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning
shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo‘lishi talab
qilinadi. Ularning axloqiy jihatlari quydagilarni hisobga olishi kerak:
1. Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli
bo‘lishi zarur. 2. Amaliy psixolog o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u
15
atrofdagilarning so‘zlariga qarab o‘zgarmasligi zarur. 3. Psixologning vazifasi
mustaqil va avtonom tarkibga ega, u hech kimga bo‘ysunmaydi. Uning psixologik
nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo‘lishi zarur. 4. Psixologning qarorini
inkor qilish huquqiga faqat maxsus komissiya ega ular yuqori malakali
mutaxassislar hisoblanib ularga bunday huquqlar berilgan. 5. Psixolog haqqoniy va
samimiy bo‘lishi zarur. 6. Unda kasbiy mas’uliyat hissi bo‘lishi lozim. 7. Psixolog
himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin, u o‘z mijozlarining psixologik
holatlarini himoya qiladi. 8. U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga
oshirayotgan vaqtida ehtiyotkor bo‘lishi zarur. 9. Agar psixolog mijozining haq-
huquqlar poymol qilinayotgan bo‘lsa, u buni yuqori tashkilotlarga yetkazish
imkoniyatiga egadir. 10. U siyosiy g‘oyalardan, ijtimoiy g‘oyalardan, falsafiy
fikrlardan xoli bo‘lishi zarur. 11. Amaliy psixolog psixodiagnostik, psixokorreksion,
psixterapevtik natijalarni mutaxassis bo‘lmaganlarga ko‘rsatish huquqiga ega emas.
12. U insonlarga zarar ko‘rsatadigan holatlardan uzoqroq bo‘lishi talab qilinadi. 13.
Psixolog o‘zining qila olmaydigan ishlari haqida mijozga va’da bermasligi kerak.
14. Psixolog ota-onaga, yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida
tafsilotlarni bermasligi zarur. 15. U o‘rganilmagan metodikalarni mijozlarida
qo‘llash huquqidan mahrumdir. 16. Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur, u
mijozining sirini xech kimga aytmasligi zarur. 17. Psixologik maslahatda albatta o‘z
me’yorlariga amal qilishi talab qilinadi. 18. Agar psixolog shu me’yorlarni buzsa
albatta uning hatti-harakatlari amaliy psixologlar kollegiyasida ko‘rib chiqiladi va
tegishli jazo qo‘llaniladi.
Buning oldini olish uchun psixolog o’qituvchilar bilan o’zaro teng
munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o’zini bilag’on qilib ko’rsatmasligi, eng
muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki,
o’qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida
qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat
doirasiga nimalar kirmas-ligini,mo’jizalar ko’rsatish uning qo’lidan kelmasligini
tushuntirishi lozim.
16
O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik
muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan
qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota-onalar bilan aloqa o’rnatish
juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi murojaat qilgan
ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va
soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:
1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan
munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.
2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash
ekanini doim yodda saqlashi.
3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan
diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni
tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi. Jahon psixologiyasi
fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy
ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan.
O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan
mamlakatlarda psixologik muammolarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi.
Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar jalb qilingan. Har bir sohada psixolog
maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda.
Inson qalbini qanday tushunmoq kerak? Nima uchun insonlar turli xil
qobiliyatlarga egalar? Ruh nima va uning tabiati qanday? Bunday savollar insonlarni
asrlar davomida qiynab kelgan, ular o‘zlarining savollariga javob topa boshlashgan.
Insonni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning yana bittasi B.G. Ananev
tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u inson psixikasini o‘rganishda yangi metodologik
uslubni ishlab chiqqan. U insonga xos bo‘lgan to‘rtta asosiy sifatlarni ajratgan:
individ, sub’ekt faoliyati, shaxs va individullik.
17
Umuman, bugungi kunda xalq orasida psixologlar haqida turli xil mulohazalar
uchramoqda. Biz ularni ba’zilarini tahlil qilishga harakat qilamiz:
1.
|