18
psixologiya sohasi hali ham o‘rganilayotgan va qarimaydigan sohalardan biri
hisoblanadi. Ularning usullari ham takomillashib bormoqda.
3.
Shaxs xususiyatlari uning kasbiy faoliyatida yaqqol ko‘rinadi. Bu esa kasb va
shaxs uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.
4.
Kasb bu tarixiy rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. “professiya” so‘zi
lotinchadan olingan bo‘lib "barchaning oldida gapirmoq" so‘zini beradi. Kasbning
o‘zi insonlarning yashash sharoitlariga qarab o‘zgaradi. Asosan, psixologiya kasbi
mashhur bo‘lgan shaxslarning hayoti bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan.
5.
Psixologiya
kasbi reallikdir, bu sub’ektning o‘zini shakllanish imkoniyatini
yaratadi. Demak, psixologiya kasbida insonlarning hatti-harakati orqali xulosaga
kelishi mumkindir. Bunda yo‘riqnomalar ish bermasligi mumkin.
Psixologiya
sohasida insonlarga yordam berish holati eng ustun jihatlardan biri bo‘lib
hisoblanadi. Kasb tushunchasidan tashqari yana bir nom mavjud, bu mutaxassislik
hisoblanadi. Masalan, psixologiya sohasi ijtimoiy psixologiya mutaxassisligi
bo‘lishi mumkin. Umuman olganda kasb o‘z ichiga quyidagi tavsiflarni kiritadi:
1.
Bu mehnatning chegaralangan ko‘rinishi bo‘lib, psixolog uchun boshqa
mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqdir.
2.
Bu kasb doimiy maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan holat bo‘lib,
bunda
mutaxassislar doimiy tarzda malakalarini oshirishlari talab qilinadi.
3.
Bu ma’lum bir maqtovlar, taqdirlash usullari kerak bo‘lgan kasblardan biri
hisoblanadi.
4.
Jamiyat uchun foydali bo‘lgan kasblardan biri hisoblanadi.
Bu kasb insonlarga ma’lum bir statusni berishi mumkin.
Psixologiya zamonaviy
insonning kundalik hayotida alohida o'rin tutadi, bu hayotning ijtimoiy va iqtisodiy
sohalaridagi o'zgarishlar va jamiyat rivojlanishi, ushbu o'zgarishlarni
keltirib
chiqargan madaniy o'zgarishlar.