Psixolog faoliyatining etik muammosi




Download 413,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana15.05.2024
Hajmi413,09 Kb.
#236295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixologning kasbiy o\'zlikni belgilashning etikaviy tamoyillari. 6

1.2 Psixolog faoliyatining etik muammosi 
Etika bu - xulq-atvor me’yorlarining yig‘indisi, jamiyat ma'lum guruhlarining 
axloqi. Har qanday kasbiy guruh ish faoliyatida, ish yuritishning qonun-qoidalari 
ishlab chiqiladi, mana shu qoidalaming yig£indisi kasbiy etikani tashkil qiladi. 
Xuddi 
shunday, 
shifokorlik 
etikasi, 
ilmiy 
etika 
to‘g‘risida 
aytish 
mumkin. Ko‘pchilik shifokorlik etikasi muhimligini biladi. 
Qadimgi yunon faylasufi va shifokori Gippokrat shifokorlar etik qoidalarini 
belgilab bergan. Endilikda bu Gippokrat qasami deb nomlanadi, va tibbiy etika 
asosini tashkil qiladi. Psixologning kasbiy ish faoliyati bu insonning ichki dunyosi, 
shaxsiyati bilan ishlashdan iborat. Bu ish faoliyati etikaning o‘zgacha qonun va 
prinsiplariga bo‘ysunishni talab etadi. Psixologiya shunday imkoniyatlarga egaki, 
bularni qoilash juda ehtiyotkorlikni talab etadi. 
Psixolog kasbiy etikasining muhim prinsiplarini ko‘rib chiqamiz: 
l)Kasbiy Iayoqatlik prinsipi. 
Psixolog o‘z xaq-huquqini va majburiyatini, imkoniyat va chegarasini bilish 
kerak. U o‘zining kasbiy imkoniyatini yaxshi bilishi kerak va ish kasbiy 
tayyorgarchiligi chegarasida faoliyat olib borishi lozim. Rivojlantiruvchi, 
to‘g‘riiovchi, konsultativ dastur qo‘liayotganda psixolog uning nazariy asoslarini 
bilishi va uni olib borishning texnologiyasini uqib olishi kerak. 
Layoqatli va butunlikcha psixologik yordam tashkil etish uchun psixolog 
kasbdoshlari va yondosh mutaxassislik vakillari ya'ni psixiatrdar, shifokor 
psixoterapevtlar, neyropsixologlar bilan aloqa o‘rnatish kerak. Mijozga “Yo‘q men 
bu savollar bilan shug‘ullanmayman, boshqa mutaxassisga murojat qiling” degan 
javob uning layoqatlilik ko‘rsatkichi bo‘ladi. 


11 
Shaxsiy layoqatlilik prinsipi psixologdan faqatgina biladigan, shu savolni yechish 
uchun amaliy ish metodlariga ega boigan holat kirishishi mumkinligini talab etadi. 
Psixologik masalalarni yechishda psixolog nazariy ko‘rsatmalar va amaliy tajribaga 
suyanishi kerak. 
2)Insonga zarar yetkazmasiik prinsipi 
Psixolog o‘z ish faoliyatini avvalo buyurtmachining foydasidan kelib chiqqan 
holda olib boradi. Lekin shu bilan birga zarar yetkazmasiik prinsipiga amal qiladi, u 
yoki bu darajada amaliy tajribalarga qo‘shilgan mijozlar mas’uliyat sezishi kerak. 
Ko‘pgina psixologik jarayonlar orqaga qaytmasligini nazarda tutisb kerak. 
Gippokrat tomondan tuzilgan bu zarar yetkazish etikaviy qoida nafaqat shifokorlar, 
psixologlar uchun ham juda muhim. Psixologning olib borgan psixologik jarayonlari 
insonning sog‘ligiga, jamiyatdagi o‘miga, qiziqishlariga zarar yetkazmasligi lozim. 
Bundan tashqari, psixologik tahlil javoblaridan xabari bor insonlar ham 
tekshiriluvchiga zarar yetkazmasliklarini ta'minlash zarur. Buning uchun psixolog 
o‘z takliflarini shakllantirib, ularni saqlanishini tartibga soladi. 
3)Obyektivlik prinsipi 
Psixolog har qanday insonga nisbatan boshqacha qarashga yo‘l qo‘ya olmaydi. 
Har qanday sharoitda ham obyektiv bo‘lish, boshqalar fikri ta'siriga tushmasligi 
kerak. Tajriba olib borilayotgan insonning yuridik va jamoatdagi o‘mi, 
boshqalaming unga nisbatan ijobiy yoki salbiy qarashiari psixolog fikriga ta'sir 
etmasiigi lozim. Ish davomida olingan javoblar har doim ilmiy asoslangan, 
tekshirilgan va har tomonlama o‘ylab ko£rilgan bo‘lishi kerak. 
Psixolog bilan quyuq shaxsiy aloqalar bo‘lish ehtimoli qoidalarga to‘g‘ri 
kelmaydi. Psixolog chetdan, hissiyotga berilmasdan mijozning muammolariga 
qarab, qaror qabul qiladi. 
4)Mijozni xurmat qilish prinsipi 
Psixolog tajriba qilinayotgan mijozni qarashlarini hurmat qilishi, u bilan aloqada 
rostgo‘y, haqqoniy boMishi talab qilinadi. Psixolog bilan muloqot davomida mijoz 
unga nisbatan ishonch, moyillik, va qoniqish hissini sezishi kerak. 


12 
Amaliy psixolog va mijoz o‘rtasida tenglikka asoslangan muloqot amalga oshsa, 
bu ish jarayoni optimal olib borilayotganidan darak beradi Mijoz o‘zini psixologning 
to‘laqonli hamkoridek sezishi kerak. Amaliy psixolog mijozning harakatlariga 
nisbatan baholovchi gaplar aytishdan o‘zini tiyishi va unga keraksiz maslahatlar 
berishdan o‘zini qaytarishi kerak. 
Buyurtmachiga psixolog tarafdan beriladigan yordam maslahat ko'rinishida 
boiishi kerak, uning kasbiy ishbilarmonligiga hurmat bilan qarab, ehtiyotkorona fikr 
bildirishi kerak. 
5)Kasbiy konfidensiallikka rioya qilish 
Psixolog psixodiagnostik metodikalami maxfiyligini saqlay bilishi lozim. Bu 
shuni bildiradiki, kasbiy metodikalar professional bo'lmagan insonlar qo‘liga 
tushmasligi kerak. Psixolog psixodiagnostik tajribalaming natijalarini maxfiyligini 
saqlab, javoblami bexos yoki atayin tarqalib ketishini oldini olish uchun xizmat 
qiladi. Mijoz to‘g‘risidagi ma'lumotlar hech qanday holatda ochiq munozaraga 
qo‘yilishi kerak emas. 
Tajriba qilinayotgan mijoz o‘zining psixologik ko‘rinishini bilishga qiziqishi 
mumkin. Bunday holatda psixolog ma'lumotning ma'lum bir qismini ko‘rsatishi 
mumkin. G. Lessing fikriga ko‘ra “Mijozga faqat haqiqatni va faqat haqiqatni aytish 
kerak, lekin hammasini emas”. 
 
Psixodiagnostika – bu psixologning kasbiy faoliyatidagi murakkab va juda 
ma'suliyatli sohadir. Shuning uchun ham psixodiagnostikaga bir qator ijtimoiy-
axloqiy talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular quyidagilardir: 
Ø Psixodiagnostika sirlarini saqlash. 
Ø Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi. 
Ø Sinaluvchiga ziyon etkazmaslik. 
Ø Xulosalarning ob'ektivligi. 
Ø Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi. 
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan talablarning, har birini psixodiagnostikaning 
tamoyillari sifatida alohida ko‘rib chiqamiz. Psixodiagnostikaning sir saqlash 
tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e'lon qilmaslik, bu birinchi 


13 
navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at 
yoshiga etmagan bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e'lon qilish uchun ota-
onalarning, bolalar uchun ma'naviy va huquqiy mas'ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati 
bo‘lishi shart. Faqat ba'zi hollarda ilmiy maqsadda, ya'ni eksperimental tadqiqotning 
bir qismi sifatida e'lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-
shariflarini bayon etish tavsiya qilinmaydi. 
Psixodiagnostik metodikalarning 

Download 413,09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 413,09 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Psixolog faoliyatining etik muammosi

Download 413,09 Kb.
Pdf ko'rish