Madaniy g'o'zalar shaxsiy rivojlanishida yowoyi g'o'zalarning tarixiy taraqqiyoti qisqacha takrorlanadi




Download 134.5 Kb.
bet8/13
Sana30.03.2023
Hajmi134.5 Kb.
#47743
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Berdiyorova N
Diskretlabaratoriya, Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), So\'rovlarni optimallashtirish masalasi har doim ma\'lumotlar baza, lGDeBzYb6VciGc4WoLCPd2aVJGDA1iKOLUBCwXYA, OILA PE. O\'QITISH METODIKASI, Xusanov Islomjon Jasur o‘g‘li, multimedia tizimlari, 4-tajriba analog, “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org, 15-top, DRIVES, 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1 (1), 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1
Madaniy g'o'zalar shaxsiy rivojlanishida yowoyi g'o'zalarning tarixiy taraqqiyoti qisqacha takrorlanadi.
Lekin shaxsiy rivojlanishda ajdod organizmlarning tarixiy rivojlanishini barcha bosqichlari emas, balki ayrimlari takrorlanadi xolos, boshqalari tushib qoladi. Bu holat ajdodlar tarixiy rivojlanishining million yillar davom etganligi, shaxsiy rivojlanish esa juda qisqa muddatda o'tishi bilan izohlanadi.
Ontogenezda ajdodlarning yetuk formalari emas, balki embrion bosqichlari qayta-riladi. Filogenez ontogenezga ta'sir ko'rsatar ekan, ontogenez filogenezga ta'sir ko'rsatmaydimi degan savol tug'ilishi tabiiy. Shuni qayd etish lozimki, filogenezda kuzatilmagan organlarning rivojlanishi ontogenezda ro'y berishi mumkin. Ontogenezda bunday yangi ro'y bergan o'zgarish sabablarini birinchi marotaba rus olimi A.N.Seversov o'zining filembriogenoz nazariyasi bilan isbotlab berdi.
Ma'lumki, mutatsion o'zgaruvchanlik individning embrional va postebrional rivoj­lanishining turli bosqichlarida sodir bo'ladi. Agar mutatsion o'zgaruvchanlik individ uchun zararli bo'lsa, bunday o'zgaruvchanlik organizmni halokatga olib keladi. Mabodo, hosil bo'lgan mutatsion o'zgaruvchanlik foydali bo'lsa, bunday organizmlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda g'olib kelib, foydali mutatsiyalarni nasldan-naslga berib, oqibatda filogenez borishini o'zgartirib yuboradi. Masalan, akulasimon baliqlarda epidermis va uning ostidagi biriktiruvchi to'qima hujayralari tashqariga bo'rtib chiqib, qirrali yoki uchi o'tkir tangachalarni hosil qiladi. Keyinchalik tan-gachalar ustki qavati emal bilan qoplanadi.
Sudralib yuruvchilarda tangachalarning hosil bo'lishi dastlab baliq tangachalari sin-gari bo'lsa ham, lekin ular tashqariga bo'rtib chiqishdan to'xtab shoxsimon moddani o'ziga singdirishi tufayli sudralib yuruvchilar tangachalariga aylanadi.
Shunday qilib, sudralib yuruvchilar tangachalarida baliq tangachalarning tarixiy rivojlanish bosqichi dastlab takrorlansa ham keyinchalik u boshqa yo'nalishda davom etadi va oqibatda sudralib yuruvchilar tangachasiga aylanadi.



Download 134.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 134.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Madaniy g'o'zalar shaxsiy rivojlanishida yowoyi g'o'zalarning tarixiy taraqqiyoti qisqacha takrorlanadi

Download 134.5 Kb.