• Gomologik organlar. Bajaradigan funksiyasidan qatiy nazar, tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga oxshash organlar gomologik organlar deb ata-ladi.
  • Ayrim hollarda turli sistematik guruhlarga mansub organizmlarning ming yillar mobaynida bir xil sharoitga moslanishi tufayli ham evo-lutsion jarayon yuz beradi. Bu jarayon konvergensiya
  • EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA SOLISHTIRMA ANATOMIK FAN DALILLARI




    Download 134.5 Kb.
    bet9/13
    Sana30.03.2023
    Hajmi134.5 Kb.
    #47743
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    Berdiyorova N
    Diskretlabaratoriya, Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), So\'rovlarni optimallashtirish masalasi har doim ma\'lumotlar baza, lGDeBzYb6VciGc4WoLCPd2aVJGDA1iKOLUBCwXYA, OILA PE. O\'QITISH METODIKASI, Xusanov Islomjon Jasur o‘g‘li, multimedia tizimlari, 4-tajriba analog, “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org, 15-top, DRIVES, 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1 (1), 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1
    EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA SOLISHTIRMA ANATOMIK FAN DALILLARI


    Anatomiya faqat odamning ichki tuzilishini emas, balki barcha ko'p hujayrali o'simliklar va hayvonlarning organlar sistemasini va ular tarkibiga kiruvchi organlarning ichki tuzilishini ham o'rganadi.
    Makroevolutsiyani isbotlashda, ayniqsa, gomologik, anologik, rudiment organlar, shuningdek atavizm hodisasining ahamiyati benihoyat katta.
    Gomologik organlar.
    Bajaradigan funksiyasidan qat'iy nazar, tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o'xshash organlar gomologik organlar deb ata-ladi.
    Masalan, umurtqali hayvonlarning quruqlikda, havoda, suvda tarqalgan vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish. uchish, suzish vazifasini bajaradi. Lekin ularning ham-masi yelka, bilak, tirsak. kaftust, kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Gomologik organlar o'simliklarda ham uchraydi. Chunonchi, no'xatning gajaklari, zirk va kaktus-ning tikanlari shakli o'zgargan bargdir (34-rasm).
    Anologik organlar deyilganda, bajaradigan funksiyasi jihatidan o'xshash, ammo kelib chiqishi jihatdan liar xil organlar tushuniladi.
    Kaktusning tikanlari barg, do'lananing tikanlari poya, atirgul va malinaning tikan-lari esa epidermis o'simtalarining o'zgarishidan hosil bo'lgan. Xuddi shuningdek boshoyoqii mollyuskalarning ko'zi bilan umurtqali hayvonlarning ko'zi ham analogik organlarga misoldir. (35-rasm). Chunki, boshoyoqii moilyuskalarda ko'z ektoderma qavatining cho'zilishidan, umurtqalilarda bosh miya yon o'simtasidan rivojlanadi.
    Ayrim hollarda turli sistematik guruhlarga mansub organizmlarning ming yillar mobaynida bir xil sharoitga moslanishi tufayli ham evo-lutsion jarayon yuz beradi. Bu jarayon konvergensiya belgilarining o'xshashligi deb nomlanadi.
    Konvergensiyaga misol tariqasida baliqlardan — akula, suv muhitida mezazoy erasida yashab so'ng qirilib bitgan sudralib yuruvchilardan — ixtiozavr, sutemizuvchi-lardan delfinning tashqi tuzilishi, harakatlanish organlari o'xshashligini olish mumkin. Sutemizuvchilar sinfiga kiruvchi xaltalilar va yo'ldoshlilar kenja sinf vakillari bo'lmish xaltali krot, oddiy krotning tashqi qiyofasi o'zaro o'xshashligi ham konvergensiya nati-jasidir (36-rasm).



    Download 134.5 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 134.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA SOLISHTIRMA ANATOMIK FAN DALILLARI

    Download 134.5 Kb.