Populyatsiya — evolutsiyaning boshlang'ich birligi




Download 134.5 Kb.
bet2/13
Sana30.03.2023
Hajmi134.5 Kb.
#47743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Berdiyorova N
Diskretlabaratoriya, Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), Adabiyot. 6-sinf. 2-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov), So\'rovlarni optimallashtirish masalasi har doim ma\'lumotlar baza, lGDeBzYb6VciGc4WoLCPd2aVJGDA1iKOLUBCwXYA, OILA PE. O\'QITISH METODIKASI, Xusanov Islomjon Jasur o‘g‘li, multimedia tizimlari, 4-tajriba analog, “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org, 15-top, DRIVES, 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1 (1), 7a8d233a-41cb-401b-b05f-1ff3151ac2f1
Populyatsiya — evolutsiyaning boshlang'ich birligi. Har bir turga kiruvchi organizmlar areal doirasida bir xil tarqalmagan. Arealning ba'zi joylarida siyrak, boshqa joylarida esa ular zich joylashgan. Masalan, qayin G'arbiy Sibiming o'rmon-dashtida kichik-kichik daraxtzor holida uchraydi. Bir turga kiruvchi individlaming arealda bir xil tarqalmasligi turli yerlarida hayot sharoitining har xil bo'lishi bilan ifodalanadi.
Populyatsiya deganda, bir tur tarqalgan arealning muayyan joyida uzoq muddat mavjud bo'lgan, erkin chatisha oladigan, ayrim belgi-xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan individlar yig'indisi tushuniladi.
Populyatsiya evolutsiyaning boshlang'ich birligi deyilishiga sabab shuki, u tur doirasidagi mustaqil evolutsion rivojlanish mumkin bo’lgan organizmlarning kichik yig'indisidir. Tur doirasida organizmlar oila, gala, poda bo'lib yashaydilar. Lekin ular uzoq muddat shunday holatda boimay, tezda tarqalib ketishlari mumkin. Shunga binoan ular evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'la olmaydi. Turning arealda egalla-gan joyiga qarab, unda populyatsiyalar soni har xil boiadi. Keng arealda va sharoiti xilma-xil joylardagi turlarda populyatsiyalar soni ko*p bo'lib, tor arealda tarqalgan turlarda populyatsiyalar soni kam boiadi. Har xil turga kiruvchi populyatsiyalar bir-biridan awalo egallagan areal hajmi bilan farq qiladi. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o'simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog'liq. Chunonchi, tok shilliqqurtining harakatlanishi bir necha o'n metr radiusga, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho'ziladi.
Populyatsiyadagi organizmlar soni ham har xil turlarda turlicha boiadi. Ochiq yer-larga tarqalgan hasharotlar, o'simliklarning ba'zi populyatsiyalarida individlar soni juda oz boiadi. Masalan, uzoq Sharqda tarqalgan yoibars, O'zbekistonda ilvris populyat-siyasi hozirgi vaqtda 300—400 individdan iborat, xolos.
Organizmlarni bir oopulvatsivaga birlashtiruvchi omil awalo ularning erkin_ chatishuvidir. Bir populyatsiyaning individlari barcha belgi va xususiyatlari bilan o'zaro nisbatan o'xshash. Shunga ko'ra, populyatsiya ichida chatishish imkoni qo'shni pop­ulyatsiyalar bilan chatishishiga qaraganda yuqoridir. Bir turga mansub populyatsiyalar aralashib ketmasligiga turli to'siqlar xalaqit beradi. Bular asosan 2 xil: geografik va biologik to'siqlardir. Populyatsiyalarni tavsiflash bo'yicha yuqorida bayon etilgan ta'rif-lar asosan chetdan changlanadigan, ikki jinsli organizmlarga taalluqlidir. Jinssiz, vege-tativ va o'z-o'zidan changlanadigan turlardagi populyatsiyalar hali to’la o'rganilmagan.

Evolutsiyaning boshlang'ich materiali


Evolutsiyaning boshlang'ich materiali mutatsion va kombinativ, rekombinativ o'zgaruvchanlik hisoblanadi. Mutatsiyalar gen, xro mosoma. genom va sitoplazmatik xillarga bo'linadi.


Gen tushunchasi sizga sitologiya, genetika asoslaridan ma'lum. Gen tarkibidagi nukleotidlar sonining ortishi, kamayishi yoki o'rin almashishi mutatsion o'zgaruv-chanlikni keltirib chiqaradi. Mutatsion o'zgaruvchanlik tasodifan va ahyon-ahyonda uchraydi. Gen mutatsiyalarining takrorlanishi 106—10* ga teng.
Xromosoma mutatsiyasi ayrim xromosomalarni biror qismi uzilib qolishi yoki ortishi, o'rin almashishi tufayli yuzaga keladi. Agar bir xromosomada bir nechta yuz ming genlar borligini e'tiborga olinsa, u holda xromosoma mutatsiyalari juda katta o'zgarishlarga olib keladi, deb tasawur etish mumkin. Gen, xromosoma mutatsiyalarga qaraganda genom mutatsiyalar juda kam hollarda ro'y beradi.
Sitoplazmadagi organoidlarda ham mutatsion o'zgaruvchanlik sodir boiadi. Bunday mutatsiyalar hujayraning boiinayotgan paytda irsiyatning moddiy asoslarini qayta tiklanishida «xatolik»lar yoki tashqi muhit omillari, xususan, kimyoviy, fizik omillar ta'siri ostida boiadi.
Mutatsiyalarning ko'pchiligi uzoq tarixiy davrda tarkib topgan tur genofoidi uchun zararli bo'lishi tabiiy bir hoi. Bunday o'zgarishga ega individlar tabiiy tanJanish orqali bartaraf etiladi. Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda foydali bo'lishi mumkin. Bunday hollarda mutatsiyalar organizm urchiyotganda kelgusi bo'g'inlarga beriiadi. Urchish natijasida asta-sekin ko'paya boradi. Irsiy o'zgarish jin-siy urchish paytida ota-onaning gen, xromosomalarning avlodlarda ayri boshlanishi natijasida ham ro'y beradi. Chunki, yangi avloddagi har bir organizm xromosomalar, genlarning yarmini ota, yarmisini ona organizmidan oladi. Har qanday foydali muta-tsiyaga ega bo'lsa ham yakka organizm hech bir payt evolutsion jarayonni hosiJ eta olmaydi.

Download 134.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 134.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Populyatsiya — evolutsiyaning boshlang'ich birligi

Download 134.5 Kb.